Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov 127
Bez’e asbobi yordamida maksimal aniqlik va maksimal ratsionallik bilan ixtieriy
konturni yaratish mumkin. Bu asbob foydalanuvchini grafik dizaynda barcha narsani
hal kiluvchi Forma yaratuvchisiga aylanishiga imkon beradi.
To‘g‘ri chiziqli segmentlar tuzish. To‘g‘ri chiziq yaratish uchun Bez’e asbobi qulay keladi. Buning uchun Bez’e
asbobini tanlash kerak. Kursorni boshlang‘ich nuqtaga olib kelish va sichqonchaning
chap tugmasini bosish kerak. Tugma bosilgan joyda segmentning boshlang‘ich
tayanch nuqtasini ifodalovchi qora nuqta paydo bo‘ladi. U keyingi nuqta yaratilgunga
qadar aktiv bo‘lib turadi . So‘ng kursorni keyingi nuqta joylashadigan yangi joyga
olib o‘tish kerak . Ikki nuqta to‘g‘ri chiziq bilan tutashadi.
Tayanch nuqtalarning turlari. Bir necha segmentlarning tutashishida tayanch nuqtalari Sorel Draw dasturida uch
tipli bulishi mumkin :
1. Ikki egri chiziqni "bukilishda" tutashtiruvchi tayanch nuqtasi - burchak tayanch
nuqtasi deyiladi . (cups node) Bunday tayanch nuqtasida boshqaruvchi chiziqlar ham
yunalishi, ham uzinligi buicha mustaqildir.
2. Ikki egri chiziqni sinishsiz tutashtiruvchi tayanch nuqtasi -siliq tayanch nuqtasi
deyiladi (smooth node). Bunday tayanch nuqtalarda boshqaruvchi chiziqlar bir-biridan
faqat o‘lchami bilangina mustaqil, yo‘nalishi bo‘yicha esa umumiy tutaShuvchi to‘g‘ri
chiziqni tashkil kiladi .Boshqaruvchi chiziqlarni birining o‘rin almashishi ikkinchi
ham o‘rin almashishiga olib keladi.
3. Sinishsiz va bir xil qiyalik bilan tutashgan tayanch nuqtasi simmetrik tayanch
nuqtasi deyiladi (symmetrcal node). Bunday tayanch nuqtalarda boshqaruvchi chiziqlar
bir-biriga ham yo‘nalishi, ham kaligi bilan bog‘liq.
II topshiriqlar 1.Universitetimiz xaritasi corel drawda chizing .
2.O’zingiz uchun birorta logotip yarating.
3. Dastur yordamida murakkab tuzilishga ega bo‘lgan bezakli shakllarni yarating.