Toshkent davlat agrar universiteti s. M. Aminov, S. I. Muxamadiyev, S. Sh. Rasulov axborot kommunikatsion


Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov



Yüklə 15,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/74
tarix14.10.2023
ölçüsü15,83 Mb.
#155463
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
kommunikacion tehnologijalar 2020 j

Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov 
123 
Harakatlanuvchi tugma ajratilgandan so‘ng Internet panelidan «Extract Rollover 
Obj ect» tugmasi bosilganda barcha qismlar bir-biriga joylashgan alohida ob’ektlar 
ko‘rinishda ajratiladi. Ularni sichqoncha orqali boshqa qismga ko‘chirib bunga 
amin bo‘lish mumkin. Tayyor rasmni Internetdagi ko‘rinishini ko‘rish uchun 
Internet panelida «Internet» tugmasini bosiladi. Natijada ekranda muloqot oynasi 
hosil bo‘lib, unda Internet - hujjat formati o‘zgartiriladi. Xotirada saqlanganda esa 
faqatgina rasmlar yaratilmasdan, balki WWW -sahifalarda ob’ektlar ko‘rinishlarini 
o‘zgartirish mumkin bo‘lgan kodlar ham hosil qilinadi. 
Ob’ekt soyalarini yaratish.
Ob’ekt soyasini unga hajm o‘rnatish orqali ham hosil 
qilish mumkin bo‘lsada, maxsus uskuna yordamida unga soya o‘rnatish 
qulayroqdir. Bunda yarim shaffof bo‘lgan, turli tomonlar bo‘yicha tushib turgan 
soyalarni hosil qilamiz. Yordamchi paneldagi interaktiv uskunalardan «Interactive 
Drop Shadow Tool» ni tanlab, siqchoncha ko‘rsatkichini tuzilgan ob’ekt markaziga 
o‘rnatish, so‘ngra tugmasini bosib turib sichqonchani chetga ko‘chirish lozim. 
Ekranda soya konturlari va sozlash vektori hosil bo‘ladi

Sichqoncha tugmasini 
qo‘yib yuborganda ob’ekt soyasi chizilgan bo‘ladi
.
 
16.3-rasm. Matnlarga soyalar berish.
Soya tushish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun vektor oxirini ko‘chirib, sozlash 
vektori markazida joylashgan konturli to‘rtburchakni vektor oxiriga yaqin qismga 
ko‘chiriladi, bunda soya Yanada to‘q tuslanadi. 
Property 
Soyani o‘chirish uchun 
Property Bar 
(Xususiyatlar) panelida «Clear» tugmasini 
bosish lozim. 
Uch o‘lchovli o‘zgartirishlar.
Rastrli grafiklar bilan ishlaganda hajmiy 
ko‘rinishlarni beruvchi imkoniyatlardan foydalanish mumkin. Buning uchun 
menyudan 
Bitmaps/3D Effects 
(Rastrrli tasvirlarda uch o‘lchovli o‘zgartirishlar) 
buyrug‘i tanlanadi. 
 
16.3-rasm. Uch o‘lchovli o‘zgartirishlar. 
O‘rnatilgan menyuda bir necha ko‘rinishdagi o‘zgartirish amallari mavjud 
bo‘lib, ular tasvirlar ustida uch o‘lchovli o‘zgartirish amallarini bajaradi. Misol 
sifatida qush uyasi rasmidan foydalanamiz
 
va unga turli xildagi harakatlar qo‘llaymiz. 
Barcha keyingi ko‘riladigan misollar faqat Shu suratdan foydalanib quriladi. 


124 
16.4-rasm. Uch o‘lchovli harakatlar.
Uch o‘lchovli aylanma harakat menyudagi 
3D 
Rotate 
(uch o‘lchovli harakat) 
buyrug‘i orqali amalga oshiriladi. Buyruq berilgandan so‘ng ekranda harakatni 
boshqarish muloqot oynasi hosil bo‘ladi. Harakatlarni o‘rnatish muloqot oynas ishlash 
tamoyili Yuqorida ko‘rib o‘tilgan rangni o‘rnatish oynasi bilan bir xil bo‘lib, unga 
ortiqcha izoh Shart emas. Tasvirni o‘zgartirish amali sichqoncha ko‘rsatkichi 
yordamida yoki muloqot oynasi satriga qiymatlarni kiritish orqali bajarilishi 
mumkin.Maxsus belgi yordamida o‘rnatilayotgan silindr diametri, Ya’ni rasm egriligi 
belgilanadi. Manfiy qiymatlar botiq silindrni, musbat qiymatlar esa - qavariq silindrni 
aniqlaydi. O‘zgartirishlar natijasida rasm markazi juda siqilgan yoki yoyilgan bo‘lib 
chekka qismlari o‘zgAРMAy qoladi. Bir xil rangda qoplangan tasvirlar
Emboss 
(Qoplama) orqali yaratiladi. Harakatni o‘rnatish muloqot oynasida chiziqlar qalinligini 
Depth 
(Qalinlik), qavariqlik darajasini esa Level (Daraja) yordamida belgilash mumkin. 
Hajmiy ko‘rinishni hosil qiluvchi yorug‘likning tushish burchagi quyida berilgan. 
Muloqot oynasining o‘ng qismida qoplash rangini tanlash
mumkin. Qog‘oz varag‘ining bukilishni hosil qilish amali menyudagi 
Page Curl 
(Varaq bukilishi) buyrag‘i orqali bajariladi. Hosil bo‘lgan muloqot oynasida bukilishi 
lozim bo‘lgan varaq burchagi tanlanadi, shimga mos ravishda muloqot oynasining 
chap qismidan foydalaniladi. 
Direction 
(Yo‘nalish) tugmasi esa gorizontal yoki 
vertikal bukilish yo‘nalishini belgilaydi.
16.5-rasm. Perspektiva ko‘rinishni hosil qilish.
Hosil bo‘lgan muloqot oynasida perspektiva ko‘rinishni hosil qilish uchun tasvir 
burchaklaridan tortiladi. Qarama-qrashi tomonlar esa bir-biri bilan bog‘langan holda 
bo‘ladi. Bunda bir tasvirning bir tomonini o‘zgartirganda, ikkinchi tomon mos 



Yüklə 15,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin