Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov
85
mastak 10 kg/ga, o‘tlar aralashmasida 32 %, yaylov mastagi 10 kg/ga, o‘tlar
aralashmasida 30% ekiladi. Urug‘ning ekishga yaroqliligi bedada 88,2%, ko‘p
o‘rimli mastak 85,5%, yaylov mastagi 87,3%.
12.Mollarni bog‘lab boqish davri 201 kun. Shu davrda o‘rta hisobda 950 bosh
sigir bog‘lab boqiladi. Sigirlarning yem-xashak yeydigan kuni va talab qilinadigan
yem-xashak miqdorini aniqlash dasturini C++ dasturlash tilida tuzing.
Bitta sigirga
60 kg ko‘kat ozuqa birligi kerak bo‘ladi.
11-amaliy mashg’ulot. Milliy axborot tizimlari bilan tanishish.
Ishdan maqsad:
Axborot tizimlari haqida tushunchalar hosil qilish.
Milliy axborot
tizim imkoniyatlaridan foydalanishni o‘rganish.
I uslubiy ko’rsatmalar
Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro
axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi.
Hozirgi davrda fan va texnikada ko‘p qullaniladigan tushunchalardan biri- tizimdir.
Axborot tizimini ishlab chiqarishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish, texnologik
va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini
oshirishdir.
O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish
sohasidagi davlat siyosati
axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda
takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olga holda, milliy
axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, milliy axborot tizimiga
davlat
organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq va hududiy
axborot tizimlari kiradi. Axborot tizimi esa axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga
ishlov berish hamda undan
foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan
tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa
vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi
elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar
banki, ma’lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni (11.12.2003
yil) 19-moddasida ko‘rsatilganidek, axborot resurslari va axborot tizimlarini
muhofaza qilish avvalambor, shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini
ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur qonunning 20-moddasida: “Axborot
resurslari
va axborot tizimlari, agar ular bilan g‘ayriqonuniy munosabatda bo‘lish
natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga
yohud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lsa,
muhofaza qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari
hamda maxfiy sirlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari va
86
axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart”,
deb alohida
ko‘rsatilgan.
Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- Muayyan davlat organi tomonidan maqsad hamda vazifalarini amalga oshirishga
xizmat qiluvchi tranzaksiyali va hisobdagi mavjud quyi tizimlar;
- Milliy axborot tizimi tarkibidagi, davlat organlari o‘rtasida axborot tizimlari orqali
ma’lumot almashinishga xizmat qiluvchi quyi tizimlar;
- Davlat organi faoliyatida boshqaruv va ish jarayonini
osonlashtirishga xizmat
qiluvchi resurslarni boshqarishning quyi tizimlari;
- Davlat organlari faoliyatida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va tahlil
qilishga xizmat qiluvchi axborot-tahliliy quyi tizimlar;
- Elektron hujjat almashinuvining quyi tizimlari;
- Hujjatlarning elektron arxivini boshqarishga doir quyi tizimlar;
- Ekspluatatsiyani boshqarish(infratuzilma komponentlarini boshqarish tizimlari)ga
oid quyi tizimlar;
- Davlat organi to‘g‘risida Internet yoki boshqa kanallar
orqali axborot yetkazish,
jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydigan quyi tizimlar;
- Axborot xavfsizligini ta’minlaydigan quyi tizimlar;
- Hujjat tayyorlash va axborot almashish maqsadida davlat organi xodimlari
tomonidan foydalaniladigan idoraviy quyi tizimlar.
Dostları ilə paylaş: