16.8-rasm. Ko‘pburchak asboblari
Ko‘pburchakni, kerakli tomonlarga ega bo‘lgan geometrik ob’ekt sifatida
tushunish mumkin. Ko‘pburchakning bir varianti sifatida
yulduzchani olish mumkin,
bunda ichki chizilgan ko‘pburchakni maydonini kesib o‘tadi. Ko‘pburchakni yoki
yulduzchani chizish to‘rtburchak chizishdan farqi yo‘q. Slgl tugmasini bosib turgan
holda muntazam ko‘pburchak chiziladi. Ko‘pburchak parametrlarini ob’ekt
xossalari
paneli orqali o‘zgartirish mumkin.
Ko‘pburchak vkladkasini tanlab ushbu panelda tomon qirra maydonida
ko‘pburchakning qirralar sonini kiritish mumkin. Qirralar o‘tkirligi maydonida Shartli
birliklarda qirraning o‘tkirlik darajasini kiritish mumkin. Ko‘pburchak
va yulduzcha
tugmachalari ko‘pburchaklarni tanlash imkonini beradi. Barcha ushbu maydon va
tugmachalar xossalar asboblari qatorida qaytariladi.
Shuni aytib o‘tish kerakki dasturda ba’zi kelishmovchiliklar ham bor. Masalan,
parametrlar muloqot oynasida ko‘pburchakning yulduzcha shaklidagi Yana bir turi mavjud.
(Ro1ugon as Star)
Koordinata qog‘ozli asbob berilgan parametrli reshyotka yaratish imkonini beradi.
Bunday reshyotkani grafiklar yoki diagrammalar uchun koordinatali
asos qilib olish
mumkin. Bu instrument parametrlarini, parametrlar muloqot oynasida koordinatali qog‘oz
bo‘limida o‘zgartirish mumkin. Yacheykalar soni maydonida eniga (Number of cells wide)
bo‘yiga (Number of cells high) ko‘ra Yacheykalar mikdorini o‘zgartirish mumkin. Kvadrat
Yacheykali reshyotkalarni tayyorlash uchun
tugmasini bosib turish kerak.
Chizish asboblari istalgan chiziqlarni chizish uchun mo‘ljallangan. Bu asbob ishi
natijasida vektorli kontur hosil bo‘lib, bu kontur tayanch nuqtalari dastur yordamida
avtomatik qo‘yiladi. Bu konturlar ustida erkin tahrirlash imkoni mavjud.
Bu asboblarda chizayotgan paytda liniyalar qalinligi va obvodkalar rangini
o‘zgartirish mumkin. Chizib bo‘lingan chiziqni istalgan paytda davom ettirish
mumkin. Buning uchun kursorni uning oxirgi nuqtasiga olib kelib (kursorning egri
chiziqlari ko‘rsatkichga aylanadi), sichqoncha tugmasini bosgan holda chiziqni davom
ettirish hamda chizish asboblari yordamida to‘g‘ri chiziq chizish mumkin.