122
16.1-rasm. Corel Draw 10 dasturining asosiy oynasi.
Animatsiyali tugmalar yaratish.
O‘z ko‘rinishini o‘zgartiradigan tugma yaratish
tartibini ko‘rib o‘tamiz. Dastlab tugma bosilgan
va bosilmagan holatlarini
ko‘rsatuvchi ko‘rinishlarni yaratish lozim bo‘ladi. Atroflari yoysimon to‘rtburchak
yaratamiz va uni qora rangga bo‘yaymiz. Ushbu to‘rtburchak nusxasini undan sal
Yuqori va chaproqda joylashtiramiz, so‘ngra uni oq rang bilan bo‘yaymiz. Uning
ichiga
yozuv yozamiz, yozuv atrofini qora rang, uning
ichini esa oq rang bilan
bo‘yaymiz. Bosilmagan holatdagi tugma ko‘rinishi tayyor bo‘ldi. Endi ulardan
foydalanib o‘zgaruvchi ob’ektlar yaratish mumkin.
16.2-rasm. Ob’ektlarga soyalar berish.
Tugma
rasmini tanlang va menyudan
Effects Rollover Create Rollover
(Bosilgan tugma harakatlari yordamida yangi bosiladigan
tugma harakatlarini
yaratish) bo‘limiga kiring. Tugmaning tashqi ko‘rinishi o‘zgartirilmaydi, balki bir
nechta ob’ektlar o‘rniga bitta oddiy holatda bosiladigan tugma mavjud bo‘ladi,
buni holat satridagi Rollover [NORMAL] (Bosiladigan tugma [ODDIY]) yozuvi
bildiradi.
Tasvir variantlari ro‘yxatidan
Down
(Bosish) qismini tanlab tugma ko‘rinishi
chiziladi. Birinchi tuzilgan tugma ko‘rinishidan foydalanamiz. Matnni qora rangga
bo‘yab, konturni o‘chiriladi. Matnni va oq to‘rtburchakni past o‘ngroqqa surib,
qora to‘rtburchakni esa qarama-qarshi tomonga suriladi. Bosilgan tugma ko‘rinishi
hosil bo‘ladi.
Tugma yaratish amalini tugatish va dasturning boshlang‘ich ish rejimiga o‘tish
uchun «Finish Editing Rollover» tugmasini bosiladi. Endi esa yaratilgan ob’ekt
ko‘rinishini ko‘rish mumkin. «Edit Rollover» tugmasini
Internet panelidan
bosiladi. Tugma animatsiyasini ko‘rish mumkin. Sichqoncha ko‘rsatkichini
yaratilgan tugmaga o‘rnatilganda uning rasmi o‘zgaradi.