Kirish (Magistirlik dissertasiyasi annotsiyasi)
Mavzuning dolzarbligi va zaruriyati: Bugungi kunda o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishda oson va tezkor usul sifatida kimyoviy usul qo‘llanilmoqda. Ammo bu usulni ekologik va iqtisodiy tomondan afzal deb bo‘lmaydi. Hozir yer kurrasida kishilarning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq holda atmosferaga har yili 5 mln. Tonna atrofida oltingugurt gazi , sulfid oksidi, azot oksidi, karbonat angidridi va pestitsidlar chiqarilmoqda. Qishloq xo‘jaligida pestitsidlarni ko‘plab ishlatish oqibatida havoga chang, tutun, qurumlar, zaharli moddalar tarqaydi. Pestitsidlarning bir qismi havoga chang, mayda zarrachalar ko‘rinishida yoki erib bug‘ga aylangan holda atmosfera havosini zaharlamoqda. Shu sababli so‘nggi yillarda o‘ta zaharli va parchalanishi qiyin bo‘lgan kimyoviy moddalar kam ishlab chiqarilmoqda. Amudaryo va Sirdaryo suvlarining og‘ir metallar, pestitsid, gerbitsid kabi kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va sho‘rlanishi natijasida ularning suvi ichimlik suvi sifatida foydalanib bo’lmasligini mutaxassislar isbot qilib berishdi. Pestitsidlardagi geksaxloran, DDT kimyoviy o‘g‘itlaridagi nitrat va nitritlar suvi sabzavot, meva va har xil o‘simliklarni zaharlab, ularni iste’mol qilgan chorva mollari parranda va hatto odamni ham oz-ozdan zaharlab kasal qiladi. Pestitsid va gerbitsidlar tarkibidagi dioksin hozirgi kunda Orol bo‘yi xalqlarining qonida ham uchrayotgani sir emas. Chunki bu yerda yashayotganlar o‘zlarining yerlariga sepayotgan zahardan tashqari, Amudaryo va Sirdaryoning yuqori va o‘rta qismida ifloslanib kelayotgan suvdan iste’mol qiladilar o‘simliklarni kasalliklardan himoya qilish uchun mikrobiologiya sanoatida patogen mikroorganizmlar asosida preparatlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Shu sababli o’simliklarni himoya qilish, yuqori hosil olish va olingan hosil yuqori darajada sifatli bo’lishi uchun o’simliklarni yetishtirishda tabiiy, zararsiz usullarni qo’llash bugungi kun talabiga aylandi va bu jarayonda mikroorganizmlar asosiy o’rin tutishi barchamizga ma’lum. Hozirgi paytda turli xil mamlakatlarda 30 dan ortiq mikrobiologik entomopatoogen preparatlar ishlab chiqarilmoqda. Bu preparatlar o‘zining yuqori darajada spetsifikligi (faqat ma’lum bir turdagi hasharotlargagina ta’sir qilishi) va odamlarga, issiq qonli hayvonlarga va qushlarga, foydali hashorotlarga umuman zararsizligi bilan xarakterlanadi. Tabiiy ajratib olingan mikroorganizmlar asosida olingan va mikrobli patogen preparatlar ko’rinishida yana qaytadan tabiatga tashlanadigan entomopatogen preparatlar biotsenozga hech qanday salbiy ta’sir qilmaydi va regiondagi ekologik holatni buzmaydi. Mikroorganizmlar biologik faollikka ega ko‘plab birikmalar hosil qiladi. Hozirgacha mikroblardan olingan 22500 biologik faol birikmalarning 40% ga yaqini zamburug‘lar tomonidan ishlab chiqariladi. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni davolash uchun antibiotiklar va boshqa dorilarni ishlab chiqarishda mikroorganizmlarning o‘rni juda katta. Ikkilamchi metabolitlar-bu organizmning hayotiy faoliyati yoki ko‘payishida bevosita ishtirok etmaydigan, past molekulyar og‘irlikdagi birikmalar. Mikroorganizmlarning ikkilamchi metobolitlari keng biologik faollikka ega-fitotoksik, antimikrobial, fungitsid, sitotoksik, insektitsid hisoblanadi (Jenke-Kodama va boshqalar, 2008; Spitellar 2015; Demain 2013;).
Mikroorganizmlarning ikkilamchi metobolitlari biologik faol birikmalarning bitmas- tuganmas manbai sifatida fanning turli soha mutaxassislarini qiziqtiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki 1993-yildan 2001-yilgacha zamburug‘lardan ajratilgan 1500 ta birikmaning yarmidan ko‘pi antibakterial, antifungal faolligini ko‘rsatdi. 2009-yildan 2013-yilgacha kash etilgan zamburug‘larning ikkilamchi metobolitlari zamburug‘larning ulkan imkoniyatlarini tasdiqlaydi. Zamburug‘larning ikkilamchi metobolitlari- dori- darmonlarni kashf etishga bo‘lgan qiziqish so‘nggi 10 yil ichida genomlar ketma ketligi, bioinformatik algoritmlar, filogenetik siljish va zamburug‘li genom manipulyatsiyasining osonlashishi rivojlanganligi natijasida yanada kuchaygan.
Dostları ilə paylaş: |