Muaommoning o’rganilganlik darajasi. Zamburug‘larning hamma turini aniqlash qiyin, ammo taxminlarga ko‘ra zamburug‘lar 1 milliondan 2,7 milliongacha bo‘lgan xilma-xil turlarga ega bo‘lib, ularning faqat bir qismi ajratilgan (Xoksuort va Rossman (1997) va Myuller va Shmit (2007). Ta’riflangan turlarning ko‘pchiligining asosiy ahamiyati shundaki, ular biologik faol ikkilamchi metobolitlarning serhosil ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Zamburug‘ ikkilamchi metobolitlari terapevtik vositalar ( masalan, lovastatin va penitsillin) sifatida foydali ta’sir ko‘rsatishi uchun katta e’tiborga ega bo‘lib, farmatsevtika rivojlanishi uchun muhim mahsulot va qurilish materiallari manbai sifatida ishlab chiqarishda davom etmoqda. Boshqa tomondan, ikkilamchi metobolitlarga mikotoksinlar (masalan, AF va fumonisinlar) kabi oziq-ovqat va ozuqa ekinlari hamda yopiq muhitda keng tarqalganligi sababli odamlarga va hayvonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi uchun katta e’tibor berishdi. Zamburug‘lar ikkilamchi metobolitlarning bir qator tarkibiy sinflarini ishlab chiqaradi, jumladan poliketidlar (PK), ribosomal bo’lmagan peptidlar (NRP) ( Keller va boshqalar, 2005). Deyarli barcha holatlarda ushbu ikkilamchi metobolitlarning ishlab chiqarilishi uchun javob beradigan genlar gen klasteri sifatida tashkil etilganganligi natijasida yanada kuchaygan.
Zamburug‘larda hosil bo‘ladigan ikkilamchi metobolitlarni o‘rganishda Butunrossiya o‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutida professor A.A. Dalinova ilmiy ish olib borgan va Alternaria Sonchi S-102 zamburug‘ida hosil bo‘ladigan ikkilamchi metobolitini ajratib olib qushqo‘nmas o‘simligiga ta’sirini o‘rgangan.
Mamlakatimizda o‘simliklarda hosil bo‘ladigan ikkilamchi metobolitlar o‘rganilgan bo‘lib bularga fenol birikmalari, terpenlar, flavonoidlar va tanninlar kiradi. Mamlakatimizda fenol birikmalarini o‘rganishni boshlab bergan olim akademik S.Yu. Yunusov hisoblanadi. S.Yu. Yunusov tashabbusi bilan mamlakatimiz va MDH da yagona O‘simlik moddalari kimyosi ilmiy tadqiqot institute tashkil qilingan.
M.N. Zaprometovning (1996) ma’lumotlariga qaraganda fenol birikmalari nisbatan ko‘proq choy o‘simligining yosh nihollar barglarida bo’ladi. Choy o‘simligi fenol birikmalari asosini katexin va proantostionidlardan tashkil topgan flavonoidlar kiradi. Flavon va flavonollarning eng muhim vazifalaridan biri bu o‘simlik to‘qimalarini quyoshning ultrabinafsha spektrlaridan himoya qilishdir.
Respublika Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya institutida, professorlar Q.D. Davronov va T.Yu. Yusupovlar rahbarligida Bac. Thuringiensisning mahalliy shtammlari asosida biopreparat ishlab chiqarish texnologiyasining ilmiy asosi yaratilgan. N.A. Xo‘jamshukurov tomonidan kolorado qo‘ng‘izi lichinkalariga qarshi Bac. Thuriengiensis entomopatogen bakteriyasining mutant shtammlari asosida “Biokristall” insektitsid biopreparati yaratildi va preparatning dastlabki nusxalari labaratoriya va dala sharoitida sinovdan o‘tkazilib muvaffaqiyatli deb topildi.
“Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’g’risida” dagi O’zbekiston Respublikasi prezidentining PQ-4899 25.11.2020 dagi qaroriga ko‘ra:
Biotexnologiyalar sohasida 2020-2024-yillarda bajariladigan ustuvor ilmiy-tadqiqiot ishlarini amalga oshirishda dastur tasdiqlandi. Bunga ko’ra “Biotexnologiya mahsulotlari va biotexnologiya xavfsizligini baholash, inson salomatligi hamda atrof-muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan biotexnologiya mahsulotlarini ishlab chiqish , muomalaga kiritish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining genetik modifikatsiyalangan navlari to‘g‘risida milliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish, GMO mahsulotlari xavfsizligini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilash, qishloq xo‘jaligida innovatsion biotexnologiya mahsulotlarini o ‘zlashtirish va joriy etish uchun tajriba-sinov korxonalarini tashkil etishni birgalikda moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish va sohaga oid boshqa chora-tadbirlar belgilab berildi.
Dostları ilə paylaş: |