Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə10/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi


Partiya № 112

Urug’ni massasi 58 g

Inkubatsiya qoidasiga binoan bitta inkubatoriyada turli zot yoki turli duragaylarni, birorta zot bilan duragay urug’larni bir joyda jonlantirmasligi kerak. Agar bitta inkubatoriyada turli zot yoki duragaylarning urug’larini jonlantirishga majbur bo’linsa, xonadagi etajerkalarning bittasiga ma’lum bir zot yoki duragayning urug’i qo’yiladi, ikkinchisiga esa boshqa zot yoki duragayning urug’i joylashtiriladi.

Odatda ikki quti urug’ (bir quti urug’ 29 g) bitta qutichaga to’kiladi. Agar inkubatoriyada 50 qutidan kamroq urug’ jonlantiriladigan bo’lsa, bitta qutichaga bir quti urug’ to’kiladi. Urug’larni qutichaga to’kishda quticha devorchalari bilan urug’lar orasida 1,0-1,3 sm ochiq joy qoldirilishi lozim. Inkubatsiya qoidasiga binoan 1 g uruqqa 18 sm2 joy talab etilgan bo’lsa, bitta qutichaga to’kilgan 58 g urug’ uchun esa 1044 sm2 joy zarur bo’ladi. U holda quticha ichidagi umumiy maydon 1196 sm2 ga teng bo’ladi (8-jadval).

So’rilarning yuqorigi va pastki qavatlarida havo harorati 1-2 darajaga farq qiladi. SHuning uchun ham qavatdagi urug’larga bir xil sharoit yaratish va qurtlarni bir muddatda ochib chiqishini ta’minlash maqsadida qutichalarning joyi almashtirib turilishi kerak. Har kuni bir marta yuqori qavatda joylashgan qutichalarni pastki qavatga, pastki qavatdagisini yuqori qavatga olib turish lozim. Qutichadagi urug’lar bir joyga to’planib qolmasligi uchun bu ishni maxsus taxtachalar yordamida bajarish tavsiya etiladi. Pechka yoki boshqa isitkichlarga yaqin joylashgan urug’ni ham tez-tez almashtirib turish zarur.

Inkubatoriyaga jonlantirish uchun qo’yilgan urug’ va uning murtagini (embrion) yaxshi va bir tekis rivojlanishi uchun xonadagi havo harorati va namligini, yorullik hamda havo almashinish jarayonini ahamiyati kattadir.

Urug’ni jonlantirishga qo’ygan vaqtda inkubatoriya havosining harorati urug’ni inkubatoriyaga qo’yishdan oldin saqlangan zavod binosining haroratidan 1-20 yuqori bo’lishi kerak. Agar urug’ jonlantirishdan oldin necha daraja haroratda saqlangani ma’lum bo’lmasa, inkubatoriyaning boshlanlich harorati tashqaridagi soya joyning o’rtacha bir kecha-kunduzgi haroratidan 20 yuqori bo’lishi, ammo 12-130S dan past bo’lmasligi kerak. Bunday keyingi kunlarda xonaning harorati urug’ni jonlantirish usuliga va zaruriyatga qarab ko’tariladi.

Ipakchilik sanoat asosiga ko’chirilgan joylarda monovoltin (bir yilda bir marta nasl beradigan) zotlar va ulardan hosil bo’lgan duragaylarning urug’lari ikki usulda jonlantiriladi:




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin