Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


-Mavzu: Havo almashinishini ipak qurtiga ta’siri



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə8/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

4.2-Mavzu: Havo almashinishini ipak qurtiga ta’siri.

Reja:

  1. Havo almashinishini ipak qurtiga ta’siri

  2. Qurtxonada havo almashinuvi.

Hayvon organizmi bilan tashqi muhit o’rtasida boradigan moddalar almashinuvining muhim jarayonidan biri gazlar almashinuvidir. Organizm bilan muhit o’rtasida bu jarayon nafas olish va nafas chiqarish, ya’ni havo almashinish orqali sodir bo’ladi.

Havo almashinish natijasida qabul qilingan kislorod organizm uchun ozuqa kabi muhim va zarur bo’lib, u barcha fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi va har qanday tirik mavjudotni hayot faoliyatini va rivojlanishini ta’minlaydi. SHuning uchun organizm yashayotgan joyda havo almashinish jarayonini to’g’ri tashkil etish, ya’ni sof havo /kislorod/ bilan ta’minlab, to’planib qolgan karbonad angidrid gazini chiqarib yuborish muhim ahamiyatga ega, chunki xonada kislorodni kamayib, karbonad angidrid gazini me’yoridan ortib ketishi organizmning o’sishi va rivojlanishi uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi, ba’zan halokatga ham olib keladi.

Ipak qurti havo tarkibidagi karbonad angidrid kontsentratsiyasiga kam sezuvchan bo’ladi, lekin atmosferadagi karbonat angidrid gazi 5% bo’lganda uning rivojlanishi to’xtaydi.

Qurt boqish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, qurt tuxumini jonlantirish va jonlangan qurtlarni boqish uchun yaroqli binolarni tanlashdan boshlanadi. CHunki tut ipak qurti, ekologiya qismida ta’kidlab o’tganimizdek sovuqqonli poykilotermli hayvonlar sinfiga mansub, ularni yaxshi rivojlanishi uchun mo’tadil harorat, namlik, havo harakati va yorug’likni ta’minlovchi binolar kerak. Qurt tuxumini jonlantirish uchun kerakli binolar – inkubator xonalar – inkubatsiya fanida berilgan. Qurt boqish uchun foydalaniladigan xonalarga qurtxonalar deb ataladi.

Qurtxonalardagi karbonat angidrid gazining miqdorini, Goldan gazaanalizatori bilan aniqlanadi va amalda, shamollatish yoki havo almashtirish orqali me’yoriga keltiriladi.

Havo almashinuvi jarayoni tashqi muhitning gigrotermik sharoitiga va shamollatish usuliga bog’liq bo’lib, ipak qurtining biologik ko’rsatkichlari va pillaning texnologik xususiyatlariga ta’sir etadi /4 jadval/.

4-jadval

Isitilmagan 85 m3 hajmdagi qurtxona havo almashinish muddatini ichki va tashqi harorat va namlik hamda shamollatish usullariga bog’liqligi



SHamollatish usuli va vaqti

SHamollatish

gacha bo’lgan



SHamollatishdan keyingi

Tashqaridagi

Havoning to’liq almashinishi uchun ketgan vaqt, minut

Harorat

0S

Namlik

%


Harorat

0S

Namlik

%


Harorat0S

Namlik

%





Ertalab:

Derazani ochib

7,30

9,0

13,0

66

11,0

75

105

Eshikni ochib

7,30

9,0

13,0

66

11,0

75

121

Deraza va eshikni ochib

7,30

9,0

13,0

66

11,0

75

90

Kunning o’rtasida:

Derazani ochib

13,0

15,0

16,5

56

24,0

30

80

Eshikni ochib

16,0

18,0

18,0

49

24,0

30

96

Deraza va eshikni ochib

15,0

16,0

18,5

50

24,0

30

67

Kechqurun:

Derazani ochib

19,5

21,0

15,5

60

16,0

59

95

Eshikni ochib

19,5

21,0

15,5

60

16,0

59

105

Deraza va eshikni ochib

19,5

21,0

15,5

60

16,0

59

80

N.Axmedovning kuzatish natijalari shuni ko’rsatadiki, isitilmagan qurtxonada havoning to’liq almashinishi xonani shamollatish usuli va vaqtiga uzluksiz bog’liq bo’ladi.

Qurt boqish davrida qurtxonadagi harorat va namlik ko’rsatkichlari shamollatish usullari va havo harakati tezligiga bog’liq /5 jadval/ bo’ladi.

Bunda qurtning barcha yoshlarida qurtxonadagi havoni almashtirishning qaysi usulini qo’llashidan qat’iy nazar, qurtxonadagi harorat va namlik shamollatilgunga qadar bir xil bo’lgan, ammo havoni almashtirgach, harorat va namlik turlicha darajada pasayadi. Demak, qurtxonadagi harorat va namlikning o’zgarishi shamollatish usuliga bog’liq bo’ladi. Masalan qurtxona havosi elektr ventilyator yordamida 0,12-0,15 va 0,22-0,25m/sek. tezlik bilan almashtirilganda qurtxonadagi harorat 0,5-0,60Sga, namlik esa 2-3%ga pasaygan bo’lsa, bu ko’rsatkich qurtxonani oddiy usulda shamollatilganda harorat kichik yoshlarida 1,5-1,70S, katta yoshlarida 1,0-1,30Sga, havo nisbiy namligi esa 12-15%ga pasayishi ro’y berdi. Bunda harorat va namlikni oldingi holiga keltirish uchun tajriba variantlarida o’rtacha 15-16 minut sarflangan bo’lsa, qiyoslovchi variantda bu raqam 35-40 minutga teng bo’ladi yoki 2,5-3 baravar ko’p vaqt sarflandi.

Demak, qurt boqish davrida qurtxonani yangi usulda shamollatilganda nafaqat, havo to’liq almashinadi, balki undagi harorat va namlik oddiy usuldagiga qaraganda sezilarsiz darajada pasayadi. Bundan tashqari xonadagi harorat va namlik shamollatish davrida pasayishi tashqaridagi ob-havoga deyarlik bog’liq bo’lmaydi. Bunga aksincha, eshik yoki derazani ochib shamollatilganda tashqaridagi ob-havo qanchalik past bo’lsa qurtxonadagi harorat va namlik shamollatish davrida shunchalik pasayib ketadi. Natijada xonadagi harorat va namlikni oldingi holiga keltirish uchun shuncha ko’p vaqt sarflanadi.

Qurtxonani shamollatish usulini qurtxona havosi tarkibiga qurtlik davriga, hayotchanligiga va pilla miqdori hamda sifatiga ta’sirini 6,7,8 va 9 jadvallarda ko’rish mumkin. /N.Axmedov/. Ipak qurtlari nafas olish jarayonida kislorodni qabul qilib karbonat angidrid gazini chiqaradi. Bu to’g’rida o’tkazilgan tadqiqotlarimiz natijalari 8-jadvalda berilgan.

6-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, qurtxonani oddiy usulda (eshik yoki derazani har 2-3 soatda kichik yoshlarida 15-20 minut, katta yoshlarida 25-30 minut ochish yo’li bilan) shamollatilganda qurtxona havosi tarkibidagi karbonat angidrid gazining miqdori qurtning yoshdan yoshga o’tishi bilan ortib bordi. Masalan, qurtning birinchi yoshida qurtxonani shamollatishdan oldin uning miqdori 0,32% bo’lsa, uchinchi yoshida 0,35% ni tashkil etdi. Uchinchi uyqudan keyin, ya’ni qurtlar katta yoshga o’tishi bilan SO2 gazining miqdori yanada orta borib, 045%, beshinchi yoshida 0,60% ga yetdi. Kislorod miqdori aksincha yoshdan yoshga kamayib bordi. Jumladan, qurtlarning birinchi yoshida 19,20% dan, beshinchi yoshiga kelib 19,10% ga teng bo’ldi. Pilla o’rash davriga kelib karbonat angidrid gazi miqdori bir oz kamayib (0,45%), kislorod miqdorining ko’payishi (19,25%) ro’y berdi.




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin