Respublikada ipakchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari.
Pillachilik tarmog’ining eng dolzarb muammosi yuqori navli raqobatbardosh pilla hamda ipak tolasi ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishdir. Sohadagi ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 3-yanvardagi 01-03-26-1 sonli qarorida fermer xo’jaliklarida 3 gektar va undan ortiq tutzorlar tashkil etib, ularning yonida 15 qutiga mo’ljallangan qurtxonalar qurish to’g’risida, hamda 2012 yil 12 noyabrdagi “O’zpaxtasanoat” uyushmasi tizimidagi paxta punktlarida pilla yetishtirish va aholiga xizmat ko’rsatish shaxobchalarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida qarorlar qabul qilindi. Ushbu qarorlarga asosan “Uzpaxtasanoat” uyushmasi tizimidagi paxta zavodlari va ularning 196 ta paxta qabul qilish maskanlarida 50-70 qutidan ipak qurti boqib pilla yetishtirish yo’lga qo’yish va qurtxonalar yonida intensiv texnologiyali tutzorlar tashkil qilish uchun 5 gektardan yer maydoni ajratish bo’yicha tegishli idoralarga topshiriqlar beriladi. Hozirgi kunda yuqoridagi topshiriqlar asosida 196 ta paxta qabul qilish maskanlari ichida yoki yonida 72 x 12 sxemada 70 quti ipak qurti boqish uchun qurtxonalar qurilib, tutzorlar tashkil qilish uchun Xitoydan tut ko’chatlari keltirilib ekildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi PF-4947-sonli Farmoni imzolnadi. Shunga muvofiq Pilllachilik sohasida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarari imzolandi.
Hozirgi vaqtda Respublikamizni barcha viloyatlari va tumanlarida tashkil etilgan “Agropilla” MCHJ larda o’z tumanlariga tumanlashtirilgan tut navlaridan ehtiyojlari uchun yetarlicha ko’chatlar tayyorlanmoqda. "O’zbekipaksanoat" uyushmasi tomonidan 2017- 2021 yillarda tut plantatsiyalarini tashkil etish rejalashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyulda Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida PQ – 5178 sonli qarori imzolandi.
Dostları ilə paylaş: |