Toshkent davlat agrar universiteti


 Jamoaning shakllantirish va unda shaxsni tarbiyalash faoliyati



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix15.06.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#130481
1   2   3   4   5   6   7
jamoani-shakillantirish-uslubiyati

5. Jamoaning shakllantirish va unda shaxsni tarbiyalash faoliyati 
Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol 
o‘ynashi to‘g‘risida fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davridayoq 
bildirilgan. Jamoada uning a‘zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli 
yuzaga keladi. Bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta‘minlaydi. 
Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator 
belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan 
har qanday guruhlaridan ajratib turadi. 
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va 
kishilik munosabatlarining barcha me‘yorlari o‘z ifodasini topadi. Zero, jamoa 
jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va 
ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o‘zaro birlik uzviy maqsadga muvofiq tashkil 
etadi.
Shu bois jamoa hayotining bir yagona maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy 
g‘oyaviy yoo‘nalganligi uning yetakchi belgisi hisoblanadi. 
Har bir jamoa boshqa bir jamoa bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Uning har bir 
a‘zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan 
birgalikda ishtirok etadi. Jamoani tushunish, uni his etish hamda shaxsni 
shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay olish umumiy va xususiy 
maqsadning qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatning birligini namoyon etadi hamda 
bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umummilliy jamoaning 
uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish 
xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyatning 
ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan jamoa navbatidagi muhim xususiyatidir. 
Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishi ham jamoaning faoliyati 
mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir. 
Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhning yagona ijtimoiy tizimini 
o‘rnata olishdagi usuli, ya‘ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblanadi. 


Pedagogik jihatdan maqsadga maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa 
faoliyati natijasida jamoa a‘zolari o‘rtasidagi ishchanlik, bir-biri uchun 
g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun javobgarligi hissi qaror topadi. 
Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun mas‘uliyat hissini uyg‘ota 
borib, jamoa a‘zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoaga mansublik hissini paydo 
bo‘lishini uyg‘otadi, jamoa bilan munosabatda bo‘lishi ehtiyojini oshiradi. Jamoa 
a‘zolari o‘rtasida o‘zaro guruhiy yaqinlik, hissiy birlik yuzaga keladi. Ushbu 
munosabat ko‘pincha o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi hamda ular pedagogik ta‘sir 
ko‘rsatish uchun qo‘l keladi. Ruhiy va hissiy birlik jamoa a‘zolarining birgalikdagi 
faoliyati mazmuniga ular orasidagi hosil bo‘lgan ishchilik faoliyatining xarakteriga 
bevosita bog‘liqdir. 
Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan 
farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli 
ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda 
tutiladi. Mazkur tuzilma bir tomondan jamoa a‘zolari qo‘shilgan ishchanlik 
munosabatlarini ifoda etsa, ikkinchi tomondan rahbarlik vazifasini bajaruvchi 
tarbiyachilar hamda jamoa a‘zolari o‘rtasidagi mavjud boshqarish munosabatlari 
mazmunini ifoda etadi. 
Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a‘zolari o‘rtasidagi shaxslararo 
ma‘naviy psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhini tashkil 
etuvchi ayrim a‘zolar o‘rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. 
Jamoaning har bir a‘zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni 
egallaydi. Tarbiyalanuvchi shaxsning jamoadagi o‘rni uning shakllanish jarayoniga 
ta‘sir ko‘rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga 
muvofiq bo‘lganda, jamoaning rasmiy va norasmiy yetakchilari norasmiy 
munosabatlari tizimda ko‘zga ko‘ringan o‘rnini egallagan holdagina chinakam 
jamoa bo‘la oladi. Shuningdek, norasmiy guruhlar (ijroguruhlar) umumjamoa 
ijtimoiy manfaatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lgandagina jamoa o‘zini 
chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin. 


Yashash joylarida o‘zaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik ahil va inoq 
munosabatlar zaminidan tashkil topgan bo‘lmasin haqiqiy jamoa bo‘la olmaydi. 
Chinakam jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olish, jamoa 
a‘zolar o‘rtasida ijtimoiy ahamiyatli faoliyat, maqsad, ishchanlik xarakteridagi 
aloqa va munosabatlarini o‘rnata olishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga 
pedagogik rahbarlikning bo‘lishidir. 
Shunday qilib, jamoa – kishilarning shunday muayyan guruhi bo‘lib, u 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirish 
uchun yo‘naltirilgan kuchni tashkil etadi. Ushbu guruh a‘zolari o‘zaro birlik, 
a‘zolarning munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish va bir-
biriga bo‘ysunishi, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi asosida muayyan 
faoliyatni olib boradilar. 
Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatning maqsadi hisoblanadi. 
Ayni ko‘rsatish, uni ko‘rsatish vositasi bo‘lib, uning yordamida jamoaning barcha 
yoki har bir a‘zosining tarbiyalash yaxshi samaralar beradi. 
Jamoaning yetakchi tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash, 
unda ijobiy sifatlarni hosil qilish, mustahkam hayotiy pozisiyani qaror taptirishdan 
iboratdir. ( 18 ) 
O‘quvchilar jamoasi pedagogik – tarbiyachilar va bolalardan iborat 
jamoaning murakkab birlashmasi, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini boshqarish 
jarayonini tashkil etuvchi mustaqil tizim, shuningdek, o‘zining psixologik 
muhitiga, an‘analariga ega guruh hisoblanadi. 
Demak, yuksak darajada uyushtirilgan jamoa o‘zida bir necha xususiyatlarni 
namoyon etadi. Ular quyidagilardir: 
1. Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi. 
2. Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi. 
3. Majburiy mas‘uliyatli munosabatning yo‘lga qo‘yilishi. 
4. Saylangan umumiy rahbar organga egalik. 
Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq 
muddatli, murakkab jarayondir. Jamoaning vujudga kelishi uchun 4 bosqich zarur. 


Jamoaning shakllanish bosqichlari dastlab pedagog butun guruhga talab qo‘yadi, 
so‘ngra jamoa faollari jamoa a‘zolariga talab qo‘yadi, so‘ngra butun jamoa alohida 
shaxsdan muayyan tartibda olib borishni talab qiladi va nihoyat, shaxs o‘z-o‘ziga 
talab qo‘yadi. Ushbu jarayonni sxema tarzda quyidagicha bayon etish mumkin. 
Yosh avlodni hayotga va mehnatga tarbiyalashda, ularda oliy axloqiy sifatlarni 
shakllantirishda jamoa ruhida tarbiyalash alohida o‘rinni egallaydi. O‘quvchi 
maktab davrida jamoa bo‘lib o‘qiydi, hamjihatlikda ishlaydi, demak, 
jamoatchilikning dastlabki tamoyillari bilan tanishadi va ularni o‘rganib boradi. 
Quyida, asosan, jamoatchilik tushunchasiga doir ayrim masalalar ustida fikr 
yuritamiz. 
«Jamoatchilik» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, jamoaviy, umumiylik, 
birlik degan ma‘noni bildiradi. Jamoatchilik tushunchasi dastavval jamoa bo‘lib 
ishlash, xalq uchun mehnat qilish, shaxsiy manfaatni umum manfaatiga 
bo‘ysundirish, bir-biriga beg‘araz, o‘rtoqlarcha yordam berish degan tamoyilni 
anglatadi. Jamoatchilikni shaxsning asosiy xususiyati deb qarash lozim. Chunki 
jamoa hissi, bir tomondan, shaxsni rivojlantirishga ta‘sir ko‘rsatadi, ikkinchi 
tomondan, shaxsning tarbiyalanishida o‘zaro dialektik munosabatni vujudga 
keltiradi. 
Shaxsni 
shakllantirishning 
vositalaridan 
biri 
jamoatchilikdir. 
Jamoatchilik shaxsni shakllantirishning mohiyatini ochishda, jamoa va shaxsning 
o‘zaro munosabat va aloqasini anglashda muhimdir. Shaxsning rivojlanish 
faoliyatida jamoatchilikning tutgan o‘rni va ahamiyati katta ekanligini va uning 
mazmuni hamda xususiyatini ifodalash ma‘quldir. Bu ilgari shaxsni qanday 
tushunganliklarini va hozir psixologlar, pedagog va faylaso‘flar qanday 
tushunayotganliklarini aniqlash uchun zarurdir. 
Jamoatchilik tushunchasini tor ma‘noda va keng ma‘noda anglash mumkin. 
Tor ma‘noda jamoa ma‘lum guruh kishilar yig‘indisi, sinf jamoasi va boshqalardir. 
Jamoatchilikni keng ma‘noda tushunish bu, dastavval, uning obyektiv asoslarini 
bilishdir. Shaxsning asosiy xususiyati jamoa bo‘lib, u obyektiv asosda shakllanadi. 
Bu esa, dastavval, jamiyat taraqqiyoti va hayot sharoitiga bog‘liqdir. 


Jamoatchilik nazariyasining bu obyektiv qonuniyligini, albatta, hisobga olish 
zarur. Jamoatchilik bunday tarixiy taraqqiyotni kuzatish hozirgi jamiyatda 
jamoatchilikning mohiyati nimadan iborat ekanligini, shuningdek, jamoatchilik 
mohiyati nima bilan xarakterli ekanligini bilish taqozo etadi. Bizning 
qarashimizcha, jamoatchilik shaxsning asosiy xususiyatigina emas, balki butun 
g‘oyasi hamdir. Ayrim olimlar jamoatchilikni nazariy jihatdan inkor etadilar yoki 
bu ikkiyuzlamachilik, yolg‘onchilik, munofiqlik qiladilar. 
Jamoatchilikning rivojlanish dialektikasi, bir tomondan, obyektiv asosni 
ko‘zlasa, ikkinchi tomondan, jamoaning rivojlanishi, nazariy psixologiyasi sifatida 
obyektiv moddiy asoslarni aks ettiradi. Jamoatchilik masalasiga nazariy va ijtimoiy 
nuqtai nazardan qarash, har bir shaxsda jamoatchilikni shakllantirishning obyektiv 
asoslarini ifodalash zarurdir. 
Shuni e‘tirof etish kerakki, jamoa va shaxsni shakllantirishning obyektiv 
asosi va psixologiyasi bo‘lishiga qaramay, jamoani shakllantirishda jiddiy xatolik 
va kamchiliklar mavjuddir. Yana shuni ta‘kidlash lozimki, mamlakatimizda 
mehnatkashlar uchun moddiy, ma‘naviy va ideologik sharoitlarning 
yaratilganligiga 
qaramay, 
ayrim 
kishilarda 
jamoa 
manfaatlariga, 
umummanfaatlariga nisbatan shaxsiy manfaat va qiziqishlarni ustun qo‘yish hollari 
kuzatiladi. Ayrim yoshlar jamoatchilik so‘zini biladilar va bu haqda ko‘p 
gapiradilar-u, amalda buning aksini qiladilar. Yuqoridagi fikrlar shuni ko‘rsatadiki, 
shaxsning jamoatchilik xususiyatlarini shakllantirish nazariy va amaliy jihatdan 
juda qiyin jarayondir. Mehnatkashlarda jamoatchilikni shakllantirish ular ongiga 
eskilik sarqitlaridan to‘la xalos etishning muhim vositasidir. 
Jamoatchilikda shaxsiy va jamoa manfaati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Jamoatchilik manfaati shaxsiy qiziqishni ham 
ko‘zlaydi, shaxsiy manfaat, o‘z navbatida, umummanfaatni ham ko‘zlaydi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, jamoatchilik o‘zining mohiyati bilan o‘zining 
igoizm 
va 
individualizm 
ideologiyasiga 
qarama-qarshidir. 
Egoizm 
va 
individualizm ham uning obyektiv va ideologik asoslariga egadir. Agar jamoatchi 
ma‘lum guruh, jamiyatni va uning manfaatini o‘zida ifoda etsa, individualchi bir 


kishininggina manfaat va qiziqishini ifoda etadi. Bu yuqorida keltirilgan 
jamoatchilikning shakllantirish jarayoni, ruhiy tabiatini ma‘lum darajada ochish 
maqsadga muvofiqligini taqozo etadi. 
Bizning fikrimizcha, jamoatchilik kishilarda irodaviy, aqliy va hissiyot 
jarayonidir. Jamoa hissiyot bo‘lib, kishilarning bir-biriga va atroflariga bo‘lgan 
munosabatlarida hamda ichki kechinmalarida namoyon bo‘ladi. Biz jamoa hissi 
haqida gapirganimizda, kishilarning ichki his-tuyg‘ularini, o‘z jamoasining yutuq 
va kamchiligi to‘g‘risidagi ichki kechinmalarini tushunamiz. Shaxsdagi aqliy 
jarayon bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham, kishilardagi jamoa hissini 
shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Yoshlarda jamoatchilikni 
shakllantirish bilan bir vaqtda, ularning aqliga, hissiyotiga ta‘sir ko‘rsatiladi. 
Har qanday hissiyot tushunchasining natijasidir. Tushunish bilan bilib olish 
natijasida yoqimli va yoqimsiz hissiyotlar paydo bo‘ladi. Demak, jamoatchilik 
mazmunini tushunish va bilish orqali kishilarda yoqimli, go‘zal va ijobiy tuyg‘u-
hissiyotlar yuzaga keladi. Bu, o‘z navbatida, kishilarga jamoani to‘g‘ri tushunish 
va baholashga imkon beradi. 
Jamoatchilik insonga xos bo‘lib, ichki kechinma natijasida go‘zallikka baho 
berish natijasi bo‘lsa, individualizm yakka kishiga xos bo‘lib, ichki kechinma 
asosida go‘zallikka baho berish demakdir. Shunday qilib, bu ikki qarama-qarshi 
ideologiyani boshqa kishilardagi jamoatchilikni baholab qolmay, balki kishilar 
xulqiga imkoniyatlar ham yaratadi, uning xulqiga individualizmga qarshi hissini 
uyg‘otadi. ( 13 ) 
Demak, kishilarda jamoatchilikni shakllantirish dialektik jarayon bo‘lib, shu 
shakllantirish bilan bir vaqtda individualizmga qarshi kurashiladi. Bu kurashda 
yoshlarning ongi, psixikasi individuallikni e‘tirof etadi. Bu psixikaning dialektik 
taraqqiyoti hisoblanadi. Kishi o‘zida jamoa hissi paydo bo‘lishi bilan 
individualizmni inkor etadi. Individualizm inkor etish jarayoni psixik va amaliy 
tajribada ma‘lum darajada qiyinchilikni vujudga keltiradi. Bu qiyinchilik bilan 
kurashish, so‘zsiz irodaviy jarayonga bog‘liqdir. Shuning uchun ham 


jamoatchilikni shakllantirishda irodaviy jarayon birinchi darajali ahamiyatga 
egadir. 
Individualizm xususiy mulkchilik va raqobat negizi, jamoatchilik esa 
ijtimoiy 
mulkchilik 
negizida 
vujudga 
keladi. 
Ammo 
jamoatchilikning 
individualizm ustidan to‘la g‘alabasi uchun siyosiy tuzum o‘zgarishi shart. 
Shunday qilib, jamoatchilik kishilarning umumiy maqsad yo‘lida birgalikda qilgan 
mehnat va kurash jarayonidagi birlashuvi, jipslashuvi, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordami 
va birodarligi demakdir. 
Lekin ayrim kishilarda eski individualistik axloq ko‘rinishlari hamon 
mavjud bo‘lib kelmoqda. Bunday kishilar umumxalq mulkiga o‘z shaxsiy 
mulkidek 
munosabatda bo‘lmaydilar, xalq boyligini oshirish uchun 
qayg‘urmaydilar. Kuchi bilan yaratilgan texnika, qurilish materiallari qarovsiz 
tashlab yuborilsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ochiqda qolib nobud bo‘lsa va 
boshqa shu kabi zararlar keltirilsa, tashvishlanmaydilar. Bunday kishilarda egoizm 
va individualizm ko‘rinishlari bizning turmushimizga mutlaqo begona bir narsadir. 
Kishilarda bir necha asrlar davomida shakllangan munosabatlar va odatlarni 
albatta, birdan yo‘q qilish uchun kishilarni tizimli ravishda jamoa ruhida tarbiyalab 
borish, ulardagi individualistik ko‘rinishlarga qarshi kurashish, ularda o‘rtoqlarcha 
o‘zaro yordam munosabatlarini shakllantirish zarurdir. Individualistik sarqitlarni 
tugatishda va jamoa ruhida tarbiyalashda asosiy masala barcha kishilarda onglilikni 
yangi jamiyatimiz qurilishi talablari darajasiga ko‘tarishdan iboratdir. 
Yuqoridagilarga asoslanib yoshlarni jamoa ruhida tarbiyalashning asosiy omillari 
sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
1. 
eng ilg‘or korxona jamoalarining ish tajribasidan, ahillik, hamjihatlik, 
jamoa va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordamlashishda ibratli oilalar, ota-onalar hayotidan 
misollar keltirish; 
2. 
kishilarning hayotida jamoa bo‘lib, bir-birlari bilan do‘stona 
birodarlarcha munosabatda bo‘lib yashashlari, mehnat va ijod qilishlari, hayot va 
turmushlarining doimo go‘zal va xushchaqchaq o‘tishiga katta yo‘l ochib berishini 
har tomonlama misollar asosida tushuntirish. Aksincha, kishilar o‘z hayotida 


jamoaga va uning qo‘ygan talablariga to‘g‘ri baho bermay hayot kechirsalar, 
turmushi ko‘ngilsiz, shirasiz va ma‘naviy boyliksiz o‘tishini uqtirish. 
Jamoatchilikning bu xususiyatlari va tamoyillari falsafiy va pedagogik 
jihatdan keng va teran sharhlab beradi. Ayniqsa, bu tizimda pedagog olim to‘g‘ri 
ko‘rsatganidek, jamiyat va shaxs munosabatlari muhim ahamiyatga ega. Uning 
uqtirishicha, odam va shaxs boshqa-boshqa tushunchalardir. Odam – tirik 
organizm, gavda, jismdir. Ya‘ni, u tabiat farzandi sifatida barcha jonli mavjudotlar 
kabi tabiat qonunlari bo‘yicha o‘sadi, yashaydi, ulg‘ayadi. Bu jihatdan oadmning 
to‘rt muchasi sog‘ bo‘lsa, Imom Zaynuddir G‘azzoliy «Kimiyoi saodat» asarida 
aytganidek u hayvonot bilan teng mavjudotdir. 
Odamning shaxsligi esa, uning o‘zga odamlarga, jamiyatga, vataniga, butun 
insoniyatga munosabati bilan bog‘liqdir. Demak, odam biologik tushuncha, shaxs 
ijtimoiy tushuncha. Insonlarning tabiiy ehtiyojlari qoralab, faqat ijtimoiy 
mexanizmga aylantirilishi, tabiatni ham siyosiylashtirish, mafkuraviy shaqatsiz 
tayziq insonni qadrsizlantirishi ham sho‘rolar jamiyati misolida ko‘rib turibmiz. 
Jamoaning umumiy manfaati bilan bolaning shaxsiy manfaati birlashib, 
uyg‘unlashib ketadi va shu holda bola shaxsiy manfaatiga nisbatan jamoaning 
maqsadi va manfaati muhimroq ekanligiga, bir kishi hammasi (o‘z jamoasidagi 
hamma odamlarni) o‘ylashi, hamma (butun jamoa) esa, shu jamoadagi har bir 
odamni o‘ylashi, g‘amxo‘rlik qilishi zarurligini tushunish bolaning ongini o‘stiradi. 
Yanada muhimrog‘i, jamoa a‘zolarining o‘zaro hurmati do‘stlikka aylanadi. 
Endi bola yoki o‘smir do‘stlarisiz hayot juda zerikarli, mazmunsiz o‘tishini 
anglaydi. Chin do‘stlar davrasining tug‘ilishi va shakllanishi buyuk fransuz adibi 
Aleksand Dyumaning «Uch mushketyor» asarida juda qiziqarli tarixiy voqyealar 
va ayrim shaxslar do‘stlarining boshlaridan o‘tgan ajoyib-g‘aroyib voqyealar 
asosida, goh quvnoq, goh ma‘yus, goh mayin, goh shiddatli bo‘yoqlar va 
ohanglarda tasvirlab berilgan. 
«Jamoatchilik (birdamlik) axloqning asosiy tamoyili sifatida, - deb yozadi 
Ashurmat Axmedov, - individ (yakka odam)larning bir-biriga bo‘lgan 
munosabatini, shaxsga va jamoaga bo‘lgan munosabatini va, o‘z navbatida, 


jamiyatning shaxsga bo‘lgan munosabatini ifoda etadi. Jamoatchilik o‘zining 
axloqiy qiymatiga ham ega, ya‘ni shaxs, individ jamoa oldidagi o‘z burchini 
anglashi, jamoaning manfaati uchun ongli ravishda xizmat qilish, o‘zaro yordam 
va hamkorlikka asoslanishi, o‘ziga talabchan bo‘lishi va jamoaga ishonishi kerak». 
Alisher 
Navoiy, 
Jomiy, 
Yan 
Amos 
Komenskiy, 
N.G.Chernishevskiy, 
A.S.Makarenkoning pedagogik merosini yaxshi bilgan olim Ashurmat Axmedov 
bu yerda jamoatchilikning ilmiy ta‘rifini bergan. Bu ta‘rifda aytilgan har bir 
tamoyil haqida keng va teran fikrlarni aytish mu 


Xulosa 
«Ta‘lim to‘g‘risida qonun» va ―Kadrlar tayyorlash milliy dastur‖i 
talablarini amalgam oshirish jarayonida yuqori malakali o‘qituvchilarni 
tayyorlash muhum muammo sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. 
Shunday ekan ushbu talablardan kelib chiqqan holda bilimdon, mustaqil 
fikrlovchi , ijodiy izlanuvchan , yuqori malakali , turli soha egalarini tayyorlash
kasb – hunar ta‘limi oldiga qo‘yiladigan talablarga mutonosib insonlar qilib
shakllantirish ular shaxsiga yangicha yondashish hozirgi ijtimoiy taraqqiyotning
zaruriy talablaridan biridir. Ayniqsa mehnat va kasb ta‘limi sohasida bilim olgan 
bo‘lajak mehnat va kasb ta‘limi o‘qituvchilari mehnat faoliyatini, mahoratini 
oshirish oily ta‘limning asosiy vazifalaridan biridir. Bu muammoni hal 
qilishning birdan bir yo‘li mehnat va kasb ta‘limi o‘qituvchilari mahoratini, 
faoliyatini oshirish eng avvalo pedagogik shart- sharoitlar hamda oily ta‘lim 
muassasidagi barcha imkoniyatlardan kelib chiqib, o‘ziga xos xususiyatlarni
hisobga olinganligini ham nazarda tutadi.
Hammamizga ma‘lumki mehnat va kasb ta‘limi o‘qituvchisining kasbiy 
mahorati eng avvalo talabalarni o‘qitish, bilim berish, ko‘nikma va malakalarni 
hosil qilish ta‘lim beruvchilar saviyasi bilan belgilana 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin