9-mavzu. O‘zbekiston florasini xilma-xilligi va dorivor o‘simliklar resursshunosligi
Respublikamizda olib borilgan resursshunoslik ishlarini taxlil qilib, tabiiy dorivor o‘simliklarga boy 5 ta viloyatlar ajratib olingan: bularga Samarqand, Jizzax, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari kiradi. Naf beradigan (ishlatiladigan), istiqbolli, kelajakda ishlatiladigan (ma’lum izlanishlardan so‘ng) dorivor o‘simliklar. Maxsus yoki yo‘l-yo‘lakay ekspeditsiyalar tashkil qilinib ma’lumotlarni to‘plash. Ilmiy tibbiyotda qo‘llanilib kelinayotgan o‘simliklarni yanada chuqurroq o‘rganish. YAngi dorivor o‘simliklarni botanik qardoshligiga asoslangan holda qidirib topish (Filogenetik usul).“Elak” usulini qo‘llash.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. blits, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: A1; A3; A5; A6; Q6; Q7; Q8; Q9;
10-mavzu. O‘rmon dorivor o‘simliklarini muxofaza etishning xuquqiy asoslari va ularning biologik zahiralaridan oqilona foydalanish
Dorivor o‘simliklarini zaxiralari. Ularni ilmiy asosda o‘rganish. Tabiatni muhofaza kilish va bionazorat faoliyati. Dorivor o‘simliklar xom ashyosini tayyorlashga ruxsatnoma rasmiylashtirish. O‘zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan dorivor o‘simliklar. Ularni muhofaza qilish chora tadbirlari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. blits, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; A5; Q5;. Q7; Q8; Q9
3.2. AMALIY MASHG‘ULOT BO‘YICHA KO‘RSATMA VA TAVSIYALAR
Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiy ro‘yxati
1 - mavzu. O‘zbekiston florasiga mansub tabiiy o‘rmon dorivor o‘simlik turlari va ularning, tarqalish areallari
O‘zbekiston florasidagi tabiiy dorivor o‘simliklar. Tog‘, adir, tekkislik cho‘l, to‘qay va b.q. mintaqalarda uchraydigan dorivor o‘simliklar. Asosiy dorivor o‘t o‘simliklar tog‘ rayxon, kiyik o‘ti, kuchala, ferula, daraxt va buta o‘simliklari- na’matak, zirk, chakanda, irg‘ay, chetan, do‘lana, kalina, efedra, qayin, eman, tog‘jumrut, achchiq bodom, chilonjiyda o‘simlik turlari bilan tanishish va tarqalishi va resurslarini o‘rganish ..
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. blits, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.
Dostları ilə paylaş: |