62
moliyalashtirish manbalari va xatarlarni baholashdek o’z maqsadiga ega bo’ladi»
10
,
deb ta’kidlab o’tadi.
TIAning mohiyati va mazmuni bo’yicha yuqorida bildirilgan fikrlarni
umumlashtirib, unga quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir: loyihani
amalga oshirishga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish asosida
loyihaning maqsadiga erishishning samarali yo’llarini aniqlovchi moliyaviy,
iqtisodiy, texnik va unga oid hujjatlar to’plamiga texnik-iqtisodiy asoslash deyiladi.
TIA loyihani amalga oshirishning imkoniyatlarini asoslaydi va bir muncha optimal
bo’lgan qarorni tanlashga imkon beradi. U loyihaning barcha jihatlarini ochib
berishini hisobga oladigan bo’lsak, uni ishlab chiqishdan oldin, loyiha tashabbuskori
yoki loyihani ishlab chiquvchi u bo’yicha barcha ma’lumotlarni to’plashi lozim.
Ma’lumotlar manbai bo’lib, qarz oluvchining faoliyatiga bevosita taaluqli hujjatlar,
shuningdek, turli iqtisodiy adabiyotlar hamda shaxsan o’zining tajribasi xizmat
qiladi.
TIA – bu loyihaning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini ko’rishga
imkon beruvchi boshlang’ich ma’lumotlar, shuningdek, asosiy texnik va tashkiliy
qarorlar,
hisob-smeta,
baholash
va
boshqa
ko’rsatkichlarni
o’zida
mujassamlashtiruvchi hisob-analitik hujjatlar to’plamidir. TIAni loyihaning
maqsadliligi yuzasidan olib boriladigan texnik-iqtisodiy tadqiqotlar sifatida ifodalash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: