86
Biznes-reja tuzish ko’p vaqt talab qiladi. Uning sifati menejerlar tajribasi va
olgan bilimlariga bog’liq bo’ladi.
U yetarli darajada to’liq bo’lishi va xar qanday investorga korxona xaqida
barcha ma’lumotlarga ega bo’lishi imkonini beradi. Bundan tashqari biznes-reja
menejerlarga korxona faoliyatini boshqarishda yordam ham berishi kerak. Biznes-reja
tuzishga kirishgan xar qanday menejer o’zidan katta kuch va uzoq vaqt talab qilishini
xis eta bilishi kerak. Ushbu jarayonni korxona faoliyatini taxlili jixatidan qayta
baholashni o’z ichiga olishni bilishi lozim.
Xozirgi kunda jaxon amaliyotida biznes-rejalarning besh bo’limlardan tortib 18
bo’limgacha tuzib chiqilgan ko’rinishlari mavjud. Biznes-rejalar tarkibi odatda biznes
mazmuni, moxiyati, doirasi va darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Aniq tasavvur
xosil qilish maqsadida, ayrim misollar keltiramiz.
Biznes-rejalar taxminiy tuzilishi.
1-bo’lim. Firma imkoniyatlari (kirish).
2-bo’lim. Tovarlar (xizmatlar) turlari.
3-bo’lim. Tovarlarni (xizmatlar)sotish bozorlari.
4-bo’lim. Sotish bozorida raqobat holati.
5-bo’lim. Marketing rejasi.
6-bo’lim. Ishlab chiqarish rejasi.
7-bo’lim Tashkiliy reja.
8-bo’lim. Firma faoliyati xuquqiy ta’minoti.
9-bo’lim. Tavakkalchilikni baholash va sug’urta.
10-bo’lim. Moliya bo’limi.
11-bo’lim. Moliyalashtirish strategiyasi.
Investitsiya loyihasi bo’yicha mahalliy va xorijiy tajribalarni hisobga olgan
holda biznes-rejani tuzish va uni texnik-iqtisodiy asoslashning quyidagi tuzilishini
ko’rib chiqamiz:
Dostları ilə paylaş: