3. Debitorlik, kreditorlik qarzlari ko‘rsatkichlari
Bozor munosabatlari davrida debitorlik va kreditorlik qarzlarining tutgan o‘rni
tubdan o‘zgaradi. Sobiq Ittifoq davrida korxonalarning faoliyati markazlashtirilgan
bo‘lib, butun korxonalarning faoliyat muammolari markazlashtirilgan boshqaruv
orqali yechilar edi.
Korxonalarni resurslar bilan ta’minlash davlat limitlari bilan, mahsulot ishlab
chiqarishga xalq xo‘jalik rejalari bilan, mahsulotlarni sotish davlat tomonidan
tasdiqlangan mintaqalararo, respublikalararo, tarmoqlararo kooperatsiyalashtirish
rejalari bilan aniqlanardi. Natijada debitorlik va kreditorlik qarzlar alohida korxonalar
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmay, tashqi, xalq xo‘jaligi aloqalari va muammolari bilan
aniqlanar edi.
Bozor munosabatlari davrida korxonalarga formal emas, real iqtisodiy
mustaqillik beriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi
Qonunida ta’kidlanganki, bozor munosabatlari shakllanish paytida «Davlat
korxonalarga javob bermaydi», «Korxonalar davlatga javob bermaydi». Korxonalar
o‘z vaqtida tasdiqlangan soliq va to‘lovlarni berib turishi kerak. Davlat esa ilgarigi
dotatsiya va subsidiyalarni kamaytirib, korxonalar ustidan umumiy boshqaruvni
saqlaydi.
Bu vaziyatda debitorlik va kreditorlik qarzlar korxonalarning bozorga oidligini
ifodalovchi katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlarga aylanadi. O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi o‘zining maxsus buyrug‘i bilan debitorlik va kredi-
torlik to‘g‘risidagi hisobotni moliyaviy tahlilning asosiy moliyaviy manbalaridan biri
sifatida tasdiqlagani tasodifan emas.
Debitorlik qarz — «boshqalarning menga qarzi», kreditorlik qarz — «mening
boshqalarga qarzim» deb ifodalash mumkin. Debitorlik va kreditorlik qarzlar
korxonalararo iqtisodiy aloqalarni, o‘zaro hisob-kitoblarni ifodalab, ular bozor
munosabatlari davrida korxonalarning ishlab chiqarishga, moliyaviy holatiga,
bozorga oidligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biriga aylanadi.
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida ilgari shakllangan korxonalararo iqtisodiy
aloqalar tarqalib ketdi. Bu aloqalarni yangi shart-sharoitlarda yangichasiga tubdan
o‘zgartirib shakllantarish zaruriyati paydo bo‘ldi. Natijada korxonalararo aloqalar
murakkablashdi va debitorlik-kreditorlik qarzlar ko‘paya boshladi, ishlab chiqarishga
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi muammoga aylandi.
Korxona va tashkilotlarning moliyaviy holatini yaxshilash, xalq xo‘jaligidagi
77
iqtisodiy hisob-kitoblarni tezlashtirish, bu borada korxona va tashkilotlar rahbarlari
javobgarligini oshirish maqsadida 1994 yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Xalq xo‘jalikda hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borishda korxona va
tashkilot rahbarlarining javobgarligini oshirish to‘g‘risida», 1996 yil 24 yanvarda
«To‘lov intizomini va o‘zaro hisob-kitoblarni mustahkamlash to‘g‘risida», 1997 yil
11 martda «Qishloq xo‘jaligida hisob-kitob tizimini tubdan takomillashtirish
to‘g‘risida»gi Farmonlari qabul qilindi.
Demak, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishda debitorlik va
kreditorlik qarzlarini tahlil etishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Debitorlik qarzlari — korxonalar mablag‘laridan bir qismini ularning
faoliyatidan chetga chiqarish, ularning moliyaviy holatini og‘irlashtirish hisoblanadi.
Debitorlik qarzlari korxonalarning naqt pulga va moddiy aylanma mablag‘larga
bo‘lgan ehtiyojini chegaralaydi. Bu ehtiyojlarni qoplash uchun korxonalar tashqi
mablag‘larni safarbar etishga majbur bo‘ladilar. Debitorlik qarzlarning ko‘payib
borishi korxona aylanma mablag‘larining aylanishini sekinlashtiradi. Demak,
moliyaviy holatini og‘irlashtiradi.
Respublikada 1997 yildan boshlab qabul qilingan buxgalteriya balansiga binoan
debitorlik qarzlar o‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: sotib oluvchilar va buyurtmachilar
bilan hisob-kitoblar; avans (bo‘nak) to‘lovlar; budjet bilan hisob-kitoblar; korxona
xodimlari bilan hisob-kitoblar; shu’ba korxonalar bilan hisob-kitoblar; assotsiatsiya
qilingan korxonalar bilan hisob-kitoblar; ta’sis etuvchilar bilan hisob-kitoblar; boshqa
debitorlik qarzlari.
Kreditorlik
qarzlari
tarkibiga
qabul
qilingan
buxgalteriya
balansida
ko‘rsatilganidek quyidagilar kiradi: mol yetkazib beruvchilarga qarzlar; budjet
bo‘yicha qarzlar; mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar; ijtimoiy sug‘urta va ta’minot
bo‘yicha qarzlar; mulkiy va shaxsiy sug‘urtalar bo‘yicha qarzlar; budjetdan tashqari
to‘lovlar bo‘yicha qarzlar; shu’ba korxonalariga qarzlar; uyushma korxonalariga
qarzlar; boshqa kreditorlarga qarzlar.
Kreditorlik qarzlar ham korxonalararo hisob-kitoblarni o‘z vaqtida o‘tkazmaslik
natijasida paydo bo‘ladi. Lekin kreditorlik qarzlar mablag‘larni korxonalar
faoliyatidan tashqariga chiqarish emas, aksincha, korxonalar faoliyatiga boshqa
korxona va tashkilotlarning mablag‘larini jalb qilish demakdir.
Kreditorlik qarzlari — «boshqa korxonalar hisobidan faoliyat ko‘rsatish» desa
ham bo‘ladi. Chunki ko‘p korxonalar mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qoplash uchun
bank kreditlaridan emas, kreditorlik qarzlaridan foydalanmoqdalar.
Demak, kreditorlik qarzlarining ko‘payishi boshqa korxonalarni og‘ir moliyaviy
holatga
olib
kelsa,
debitorlik
qarzlari
ko‘payishi
korxonalarning
o‘z
majburiyatlaridan qutilish imkoniyatlarini kamaytiradi, aylanma mablag‘larning
aylanishini susaytiradi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlil etilganda ular hajmining o‘zgarishi-
dinamikasi va o‘zaro nisbati aniqlanadi. Bu qarzlarning dinamikasi aniqlaganda ham
debitorlik ham kreditorlik qarzlar bo‘yicha muhlatli va muhlati o‘tgan qarzlar alohida
tahlil etiladi.Debitorlik va kreditorlik qarzlari o‘rtasidagi nisbat har xil, ularning
hajmi esa bir xil bo‘lishi mumkin. Debitorlik qarzlari kreditorlik qarzlaridan,
kreditorlik qarzlari esa debitorlik qarzlaridan ko‘p bo‘lishi mumkin.
78
Debitorlik
va
kreditorlik
qarzlarini
optimallashtirish
muammosi
katta
ahamiyatga egaligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1998
yil 4 avgustda «Debitorlik va kreditorlik qarzlarini solishtirishni o‘tkazish
to‘g‘risida»gi qarorida tasdiqlangan. Bu qarorda debitorlik ua kreditorlik qarzlarini
solishtirish yo‘llari va ularni tahlil qilish uchun foydalanadigan ko‘rsatkichlar tizimi
berilgan.
«Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida dalolatnoma» (20-shakl) va
moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanib, bu qarzlar quyidagicha tahlil qilinishi
mumkin:
Dostları ilə paylaş: |