17
olinadi. Masalan, «Materiallar» sintetik schyotida butun moddiy resurslardan
foydalanish natijalari ko‘rsatiladi.
Analitik schyotlarda sintetik schyotlarning ma’lumotlari detallashtiriladi.
Masalan, «Materiallar» sintetik schyotning ma’lumotlari alohida material turlari
bo‘yicha tuzilgan analitik schyotlarda detallashtiriladi.
Sintetik va analitik schyotlardan tashqari yana subschyotlar bo‘lishi mumkin.
Ulardan
ham
sintetik schyotlarning ma’lumotlarini detallashtirish uchun
foydalaniladi. Lekin subschyotlar analitik schyotlardan farq qiladi.
Subschyotlar rasmiy ravishda schyotlar rejasida keltiriladi, analitik schyotlar esa
schyotlar rejasida keltirilmasdan korxona tomonidan hisobga kiritilib,
ularda
buxgalteriyaning birlamchi ma’lumotlari hisobga olinadi.
Balans va buxgalteriya schyotlari to‘g‘risida gap borar ekan, shuni e’tiborga
olish kerakki, balans moddalarining nomlari buxgalteriya schyotlarining nomlariga
to‘g‘ri
kelmaydi.
Lekin
buxgalteriya
schyotlaridagi
o‘zgarishlar
balans
moddalarining
o‘zgarishida o‘z aksini topadi. Buxgalteriya schyotlaridagi
o‘zgarishlar quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
Birinchi guruh o‘zgarishlar korxona mablag‘lari va ularning manbalarini
ko‘paytiradi. Demak, balans valutasi ko‘payadi.
Ikkinchi guruh o‘zgarishlar korxona mablag‘lari ularning manbalarini
kamaytiradi, natijada balans valutasi ham kamayadi.
Uchinchi guruh o‘zgarishlar balans valutasini o‘zgartirmasdan, balans bir xil
mablag‘
moddalarini kamaytirib, boshqa moddalarini ko‘paytirishi mumkin.
Masalan, korxona omboridan tayyor mahsulot iste’molchilarga jo‘natildi va korxona
hisob-kitob schyotidan naqd pul olinib kassaga topshirildi.
Pirovardida to‘rtinchi o‘zgarishlar ham balans valutasini o‘zgartirmaydi, lekin
korxona mablag‘larining bir xil manbalarini kamaytiradi, boshqa manbalarining
qoldiqlarini ko‘paytiradi. Masalan, bankdan kredit olib, ta’minlovchilar bilan sotib
olingan xomashyo bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Ma’lumki, tuziladigan balanslarning shakllari juda ko‘p.
Ular quyidagi nuqtai
nazardan tuzilishi mumkin: tuzish vaqti; manbalar; ma’lumotlar hajmi; faoliyatni
ifodalash; mulk shakllari; ob’yektni ifodalash; tozalanganlik.
Tuzish vaqti nuqtai nazardan balans: kirish, joriy, tugatish-tarqatish, bo‘lish,
birlashtirish balanslari bo‘lishi mumkin.
Kirish balansi korxonaning paydo bo‘lib, faoliyat boshlashiga tuziladi hamda
korxona o‘z faoliyatini qancha mablag‘lar bilan va qanday mablag‘lardan
foydalanib
boshlayotganini ko‘rsatadi.
Joriy balanslar — korxonalar butun faoliyati mobaynida tuziladi, ular yillik va
choraklik bo‘lishi mumkin.
Tugatish balansi korxona tugatilishi munosabati bilan tuziladi, bo‘lish va
birlashtirish balanslari esa korxonalar bo‘linayotganda, birlashtirilayotganda tuziladi.
Balans tuzish manbalari nuqtai nazaridan balanslar uch xil yo‘l bilan tuziladi:
- inventar balanslar — ilgari faoliyat kechirgan korxona asosida uning mol-
mulkini invertizatsiya qilib, yangi korxona barpo etishda,
korxonaning mulk va
xo‘jalik yuritish shakllari o‘zgartirilganda tuziladi;
- kitob balanslar — buxgalteriya kitoblarida aks etilgan ma’lumotlar bo‘yicha
18
tuziladi;
- bosh balanslar — korxonalarning mol-mulklarini inventarizatsiya qilish va
buxgalteriya kitoblarida aks ettirilgan ma’lumotlarga asoslanib tuziladi.
Foydalanilgan ma’lumotlarga nisbatan balans yolg‘iz va yig‘ma bo‘lishi
mumkin. Yolg‘iz balans alohida korxonalar uchun tuziladi, yig‘ma balanslar esa bir
qancha korxonalar balanslarini umumlashtirish asosida hamma korxonalar uchun
yagona balans sifatida tuziladi. Korxonalar faoliyati nazarda tutilsa,
balanslar
korxonaning asosiy faoliyati bo‘yicha va noasosiy, ya’ni korxonaning qo‘shimcha
faoliyati bo‘yicha balanslar tuzilishi mumkin. Asosiy faoliyat bu korxonaning
nizomida ko‘rsatilgan faoliyat shaklidir.
Bozor munosabatlari davrida mulki har xil shaklda bo‘lgan korxonalar barpo
etiladi. Davlat korxonalari bilan birga xususiy, shirkat, aktsiyadorlar, qo‘shma
korxonalar faoliyat olib boradi. Demak, mulk shakllari nuqtai nazaridan ham
balanslar tuzilishi mumkin. Haqiqatni aks
ettirish nuqtai nazaridan esa, balanslar
mustaqil va bo‘lak balanslar bo‘lishi mumkin. Mustaqil balanslar yuridik shaxs
sifatida faoliyat kechirayotgan korxonalar bo‘yicha tuziladi. Bo‘lak balanslar esa, bu
korxonalar tarkibidagi alohida bo‘lak korxonalarning — ishlab chiqarishi bo‘yicha
tuziladi.
Buxgalteriya balansida o‘z ifodasini topgan korxona mablag‘lari har xil bo‘lishi
mumkin. O‘z navbatida bu mablag‘larning manbalari ham har xil bo‘lishi ehtimoldan
holi emas.
Avvalambor, korxona mablag‘lari immobilizatsiya shaklida, ya’ni uzoq
muddatli aktivlar shaklida va harakatchan aylanma aktivlar shaklida bo‘lishi hamda,
ular o‘z navbatida har xil turlarga bo‘linishi mumkin. Bular quyidagi ko‘rinishga ega:
Dostları ilə paylaş: