Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati


 Moliyaviy tahlilning asosiy talablari va manbalari



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/64
tarix30.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#91434
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

 
1.2. Moliyaviy tahlilning asosiy talablari va manbalari 
Korxonalarning moliyaviy holati bu: 
- kompleks ravishdagi tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga keng ko‘rs atkichlar 
tizimini 
oladi, 
ular 
korxonalarning 
moliyaviy 
resurslari borligini, holatini, 
joylashganligini va ulardan foydalanish darajasini ifodalaydi; 
- korxonalar faoliyatidagi butun ishlab chiqarish va xo‘jalik omillarining 
harakati, ularning o‘zaro aloqadorligi natijasidir;
- korxonalarning mo‘’tadil ishlab chiqarish, tadbirkorlik va boshqa faoliyati 
uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali 
foydalanish ifodasidir; 
- korxonalarning boshqa xo‘jalik sub’yektlari, organlari va tashkilotlari bilan 
o‘zaro aloqalarni haqiqiy aks ettirishidir. 
Korxonalarning ichki va tashqi omillar ta’siri ostida shakllangan moliyaviy 
holati, ularning istiqbolini aniqlash bilan birga, bu korxona bilan aloqada bo‘lgan 
boshqa tashkilotlar va korxonalarning moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Umuman 
korxonalarning ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyatini, jumladan ularning moliyaviy 
holati tahlili asosini bir butun kompleks iqtisodiy fanlar: iqtisodiy nazariya, makro va 
mikro iqtisodiyot, menedjment va marketing, statistika, buxgalteriya hisobi, audit, 
moliya, kredit, pul muomalasi va boshqalar tashkil etadi. Demak, tahlilchi 
mutaxassis-auditorlar keng iqtisodiy ilmga ega bo‘lishlari lozim. 
Iqtisodiy adabiyotda, ma’lumki, “Moliyaviy tahlil” atamasidan foydalaniladi. 
“Moliyaviy tahlil” barcha iqtisodiy tahlilning bir shakli hisoblanadi, ikkinchi shakli – 
bu “boshqaruvlik tahlili”. Demak, mazmunan “Moliyaviy tahlil” va “Korxonalarning 
moliyaviy holati tahlili” – bu har xil mazmunga ega bo‘lgan iboralar. 
Bizning ma’ruzamiz Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishga 
bag‘ishlangan, lekin iqtisodiy adabiyotda qabul qilingandek, qisqa ifodalash uchun 
ma’ruzalarda “Moliyaviy tahlil” atamasidan foydalanilgan. Iqtisodiy adabiyotda 
Korxonalarning moliya holati tahlili jarayoni ham “Moliyaviy tahlil” deb qabul 


12 
qilinayapti.
Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish, ya’ni moliyaviy tahlil — keng 
ko‘rsatkichlar yordamida, kompleks usullaridan foydalanib korxonalarning moliyaviy 
resurslari borligini, holatini, joylashganligi va ulardan foydalanish darajasini 
ifodalashdir. 
Moliyaviy tahlil ko‘p qirrali murakkab jarayon bo‘lib, u tashkil qilinishi, buning 
uchun esa bir qator talablarga asoslanishi kerak. Bu talablar quyidagilardan iborat: 
- mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi aloqalarni borligini bilish; 
- moliyaviy tahlil mobaynida mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlardan birgalikda 
foydalanish; 
- moliyaviy tahlil mantiqiy ravishda amalga oshirilib, u induktiv usulga — 
alohida hodisalardan umumiy hodisalarga o‘tish, moliyaviy holatning bir shakl 
ko‘rinishidan umumiy ko‘rinishga o‘tish va deduktiv usulga — umumiy hodisalardan 
alohida hodisalarga o‘tishga asoslanib tahlil qilish; 
- hamma foydalanilayotgan ko‘rsatkichlar bir xil, asoslangan usulda aniqlanishi 
lozim; 
- moliyaviy holatni tahlil qilishda tahlil qilinayotgan korxona ko‘rsatkichlarini 
boshqa korxonalar, o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlari va ilg‘or korxonalar 
ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash; 
- moliyaviy tahlilning har tomonlama bo‘lishligi va korxonalarning umumiy 
moliyaviy holatiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil etish; 
- moliyaviy tahlilni samarali o‘tkazish uchun kerakli ma’lumotlarni oldindan 
tayyorlash va bu borada asosiy tasdiqlangan moliyaviy manbalar bilan 
cheklanmasdan birlamchi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanish; 
- moliyaviy tahlil ob’yektiv ravishda tashkil qilinib, u korxonalarning moliyaviy 
holati real darajasini ifodalashi lozim; 
- moliyaviy tahlil o‘z vaqtida o‘tkazilib, tahlil yakunlariga asoslanib, moliyaviy 
holatni yaxshilash choralarini o‘z vaqtida amalga oshirishga imkon berish; 
- moliyaviy tahlil kompleks ravishda o‘tkazilib, unda moliyaviy holatning 
hamma shakl va yo‘nalishlari ifodalanishi lozim; 
- moliyaviy tahlil o‘z vaqtida va haqqoniy bo‘lib, u moliyaviy holatni 
ko‘tarishga bag‘ishlangan tadbirlarni ishlab chiqib, ularni amalga oshirishga imkon 
berishi; 
- moliyaviy holatni tahlil qilish shunday vaqtda o‘tkazilishi lozimki, tahlil 
yakunlari 
qo’yilgan 
maqsadni 
amalga 
oshirib, 
korxona 
boshqaruvini 
takomillashtirishga imkoniyat tug‘dirishi lozim; 
- moliyaviy tahlil barcha yig‘ilgan va umumlashtirilgan ma’lumotlarga 
asoslanib, kerakli ko‘rsatkichlardan foydalanib, bu ko‘rsatkichlarning asosliligi 
to‘g‘ri usullarda aniqlanishi lozim, 
Ko‘rinib turibdiki, moliyaviy tahlil ko‘p qirrali murakkab va muhim bo‘lganligi 
sababli u bir qancha talablarga asoslangan bo‘lishi lozim. Yuqorida ko‘rilgan 
talablarga asoslanib, moliyaviy tahlil korxonalarning moliyaviy holatini tahlil 
qilishda quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilishi kerak: 
1. Korxonalarning moliyaviy darajasini baholash. 
2. Moliyaviy holatning o‘zgarishini aniqlash. 


13 
3. Moliya holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilish. 
4. Korxonalarda qo‘lga kiritilgan moliyaviy holat darajasini ifodalab, bu borada 
hali foydalanilmagan imkoniyatlarni, mavjud zaxiralarni ko‘rsatib berish. 
5. Korxonalarda hali foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish maqsadida 
tavsiyalar, takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish shart-sharoitlarini 
ko‘rsatib berish. 
Bajariladigan vazifalar shuni ko‘rsatayaptiki, moliyaviy holatni tahlil qilish 
korxonalarda 
shakllanayotgan 
boshqaruv 
tizimini 
takomillashtirishda 
katta 
ahamiyatga ega. Moliyaviy tahlil boshlanmasdan tahlilning ob’yektlari va predmetlari 
aniqlanishi lozim. Moliyaviy tahlilning asosiy ob’yekti, xo‘jalik sub’yektlari, alohida 
korxonalar, tashkilotlar hisoblanadi. Lekin moliyaviy holat korxonalar guruhi, ishlab 
chiqarish tarmoqlari miqyosida ham aniqlanishi mumkin. 
Moliyaviy tahlilning predmeti korxona va tashkilotlarning moliyaviy faoliyati, 
ularning moliyaviy resurslaridan foydalanish jarayoni hisoblanadi. Moliyaviy 
tahlilning maqsadi va uning yo‘nalishini e’tiborga olsak moliyaviy tahlil har xil 
shaklda bo‘lishi mumkin; tarmoqlararo, tarmoqda, korxonalar miqyosida, joriy va 
istiqboliy, tezkorlikda tugallangan bo‘lishi mumkin. Tarmoqlararo moliyaviy tahlilda 
tarmoqlararo iqtisodiy aloqalarni nazarda tutgan holda tahlil qilinayotgan 
korxonalarning moliyaviy holati o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi. 
Tarmoq miqyosida o‘tkazilayotgan moliyaviy tahlilda tahlil qilinayotgan 
korxonalarning moliyaviy ko‘rsatkichlari shu tarmoqdagi boshqa korxona hamda 
ilg‘or korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. Bozor munosabatlari davrida 
butun korxona va tashkilotlar mustaqil ravishda faoliyat olib borar ekan, moliyaviy 
tahlilning eng asosiy shakli alohida korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish 
hisoblanadi. 
Tugallangan moliyaviy tahlilda korxonaning butun moliyaviy holati tahlil 
qilinadi, undan tashqari korxonalar moliyaviy holatining alohida yo‘nalishlari, 
shakllari tahlil qilinishi mumkin. 
Tezkor, tahlil korxonalar faoliyatida doimo, uzluksiz bo‘lishi kerak. Unda 
moliyaviy holatning alohida ko‘rsatkichlari kuzatib boriladi va ularning o‘zgarishiga 
qarab boshqaruv tadbirlari ishlab chiqilib amalga oshiriladi. 
Joriy moliyaviy tahlil chorak va yarim yillik moliyaviy hisobotlar bo‘yicha 
o‘tkazilib, moliyaviy holatni yil davomida o‘zgartirib, yaxshilab turish imkoniyatini 
beradi. Faoliyat ko‘rsatayotgan har bir korxona o‘z istiqboliga ega bo‘lishi zarur, bu 
istiqbol tadbirlari esa korxonalar bo‘yicha ishlab chiqilishi kerak. Shu munosabat 
bilan korxonalarning moliyaviy holati istiqbolini ham tahlil qilib turish kerak. 
Moliyaviy tahlilning yo‘naltirilganligi nuqtai nazardan moliyaviy tahlil quyidagi 
shakllarda o‘tkazilishi mumkin: 
- gorizontal tahlilda hisobot davridagi moliyaviy holatni ifodalovchi 
ko‘rsatkichlar o‘tgan davr bilan taqqoslanadi, ya’ni bu ko‘rsatkichlarning dinamikasi 
aniqlanadi; 
- vertikal tahlilda moliyaviy holatga taalluqli bo‘lgan ko‘rsatkichlarning 
tarkibiy-tuzilmasi o‘rganiladi. Masalan, korxona mablag‘larining yoki ularni 
qoplovchi manbalarining hisobot davridagi tarkibi va uni o‘tgan davrga nisbatan 
o‘zgarishi ifodalanadi; 


14 
- nisbiy ko‘rsatkichlar tahlilida moliyaviy holat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi aloqa 
o‘rganiladi. Masalan, korxona mablag‘larining va ularning manbalari o‘rtasidagi 
aloqa, moliyaviy resurslar va ulardan foydalanish o‘rtasidagi aloqa ifodalanadi; 
- taqqoslash tahlilida korxona bo‘yicha moliyaviy holat uning alohida 
bo‘limchalari moliyaviy holati bilan taqqoslandi, bu korxonaning moliyaviy holati 
boshqa korxonalarning moliyaviy holati bilan solishtiriladi; 
- pirovardida, omillar tahlilida korxonaning moliyaviy holatiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar tahlil etiladi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan moliyaviy tahlilning shakllaridan tashqari yana 
amaliyotda ichki va tashqi, moliyaviy va boshqaruvchanlik tahlili shakllari 
qo‘llaniladi. 
Ichki moliyaviy tahlil korxonalarning xodimlari tomonidan o‘tkazilib, shu 
korxonalarning boshqaruv tizimini kelgusida takomillashtirish va moliyaviy holatini 
yaxshilash maqsadida o‘tkaziladi. 
Tashqi moliyaviy tahlil korxonalarning xodimlari tomonidan emas, balki 
organlar, tashkilotlar xodimlari tomonidan o‘tkaziladi. Bu tahlil korxonalarning 
iltimosi bo‘yicha yoki tashqi organ, tashkilot, korxona xodimlari tomonidan nazorat 
sifatida o‘tkazilishi mumkin. 
Bozor munosabatlariga o‘tish bilan moliyaviy va boshqaruvlik tahlilidan keng 
foydalanilmoqda va bu tahlil shakllari katta ahamiyat kasb etayapti. 
Moliyaviy tahlil — korxonalarning ochiq tarzdagi moliyaviy hisobotlarining 
ma’lumotlariga asoslanib o‘tkaziladigan tahlildir. 
Yuqorida ta’kidlanganidek moliyaviy tahlilni korxonalarning xodimlari 
o‘tkazishi mumkin, lekin moliyaviy hisobot ochiq bo‘lganligi uchun bu tahlilni 
boshqa tashqi organlar, korxonalar va tashkilotlar — soliq, moliya, bank va boshqalar 
tomonidan o‘tkaziladi hamda korxonalarning moliyaviy holatiga baho beriladi. 
Boshqaruv tahlil bevosita korxonalar tomonidan o‘tkazilib, u ham ochiq, ham 
yopiq hisobot axborotlariga asoslanadi va bu tahlil yakunlari korxonalar rahbariyati 
tomonidan boshqaruvlikni takomillashtirish uchun foydalaniladi. Bu tahlilda yopiq 
ma’lumotlardan foydalanilganligi uchun bu tahlilni asosan tashqi korxona va organlar 
emas, bevosita korxona xodimlari olib boradilar, chunki bozor munosabatlari davrida 
har bir korxona o‘zining hisob siyosatiga ega. Shuningdek, uning faoliyatida tijorat 
sirlari bo‘lib, ular moliyaviy hisob va hisobotda emas, boshqarma hisob va hisobotida 
ifodalanadi. 
Moliyaviy va boshqaruv tahlil shakllari bir birini inkor qilmaydi, ular bir-biri 
bilan bog‘liq, lekin bajaradigan vazifalari va xususiyatlari har xil. 
Moliyaviy tahlil quyidagi xususiyatlarga ega: 
- moliyaviy tahlilning yakunlari ochiq bo‘lib, ulardan hamma foydalanishi 
mumkin; 
- moliyaviy tahlilning sub’yektlari va bu tahlilning yakunlaridan foydalanuvchi 
organ, korxona, tashkilotlar tarkibi keng; 

moliyaviy tahlil hamma uchun moslangan, nashr etilgan hisobot 
ma’lumotlariga asoslanadi; 
- moliyaviy tahlil korxonalar ichki boshqaruv muammolarini yechish uchun 
o‘tkaziladi; 


15 
- moliyaviy tahlilning yo‘nalishi moliyaviy hisobot ma’lumotlari bilan 
cheklangan bo‘lib, unda chegaralangan aniq bir vazifalar yechiladi. Bu moliyaviy 
mustahkamlik, balans likvidligi, foyda, rentabellik darajasi va boshqalardir. 
O‘z navbatida boshqaruv tahlili quyidagi xususiyatlar bilan ifodalanadi: 
1) korxona tijorat sirlarini saqlash maqsadida boshqaruvlik tahlilning yopiqligi; 
2) 
boshqaruv tahlili o‘tkazilganda foydalanadigan ma’lumotlar tarkibi 
chegaralanmaydi. Bu tahlilda ochiq moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan tashqari, 
birlamchi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari, maxsus tashkil qilib yig‘ilgan 
ma’lumotlaridan foydalaniladi; 
3) boshqaruv tahlilida tahlil yo‘nalishlari, foydalanilayotgan ko‘rsatkichlar, 
bajariladigan vazifalar chegaralanmaydi; 
4) boshqaruv tahlilining yakunlari ichki maqsadlar hamda moliyaviy holatni 
yaxshilash uchun foydalaniladi. 
Ko‘rinib turibdiki, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish keng 
miqyosda va aniq vazifalarni bajarish uchun o‘tkaziladi. Korxonalarni ishlab 
chiqarish, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish uchun an’anaviy, 
qadimdan qo‘llanib kelinayotgan usullar bilan birga, keng tarzda statistika usullari, 
moliyaviy holatni ifodalovchi ma’lumotlarni yig‘ish va umumlashtirish, statistik 
kuzatishlarni o‘tkazish, mutlaq, nisbiy, o‘rtacha, dinamik ko‘rsatkichlardan 
foydalanish, 
dinamik 
qatorlardan, 
iqtisodiy 
indekslar 
tizimidan, omillararo 
korrelyatsiya aloqalarini aniqlash, jadval va chizma tizimidan foydalanish lozim. 
Umuman tahlil qilish usullari, ayniqsa, moliyaviy holatni tahlil qilish usullari 
bozor munosabatlariga o‘tish bilan yanada takomillashtirilishi, korxonalararo 
taqqoslash, raqobatchi va ilg‘or korxonalar bilan taqqoslash hamda korxonalarning 
istiqbol moliyaviy holatini tahlil qilish usullari katta ahamiyatga ega bo‘lib qoladi. 
Moliyaviy tahlil ko‘p qirrali murakkab ish bo‘lib, u o‘z ichiga korxonalarda 
shakllangan moliyaviy holatni, uning alohida yo‘nalish bo‘yicha moliyaviy holatini 
aniqlovchi shart-sharoit, omillarni, korxonalar moliyaviy holatini kelgusida ko‘tarish 
imkoniyatlarini, zaxiralarini, yo‘nalishlarini tahlil qilishni oladi. Demak, moliyaviy 
tahlilni har tomonlama tayyorlab, so‘ng o‘tkazish lozim. Shu sababli moliyaviy 
tahlilni tayyorlash va o‘tkazish bir qancha bosqichlarni o‘ziga olib, ular 
quyidagilardan iborat: 
- moliyaviy tahlilni o‘tkazishning ishchi dasturini tuzish. Dasturda tahlilning 
maqsadi va vazifalari aniqlanadi; 
- tahlilni o‘tkazuvchilarning tarkibini aniqlash, ya’ni tahlil qiluvchilarning 
ro‘yxatini tuzish; 
- tahlil uchun foydalaniladigan iqtisodiy ma’lumotlarni to‘plash; 
- moliyaviy tahlilda foydalanadigan ko‘rsatkichlar tizimini aniqlash; 
- moliyaviy tahlil ko‘rsatkichlarini hisoblash usullarini aniqlash; 
- tahlilda foydalanadigan ko‘rsatkichlarni hisoblash va ularni umumlashtirish; 
- tahlil yakunlarini jadvallar va chizmalarda shakllantirish; 
- moliyaviy tahlil natijasida xotima tayyorlab, unda tahlil yakunlari bo‘yicha 
xulosalar 
chiqarib, 
kelgusida 
korxonaning 
moliyaviy 
holatini ko‘tarishga 
bag‘ishlangan tavsiyalar ishlab chiqish; 
- moliyaviy tahlil yakunlarini maxsus yig‘ilishda muhokama qilish; 


16 
- tahlil yakunlari bo‘yicha muhokama natijalarini e’tiborga olib, korxonaning 
moliyaviy holatini ko‘tarish maqsadida boshqaruv tizimini takomillashtirishga 
bag‘ishlangan tadbirlar ishlab chiqib, ularni korxona rahbariyatining maxsus qarorida 
ifodalash. 
O‘tkazilayotgan moliyaviy tahlilning darajasi va mazmuni foydalanilayotgan 
ma’lumotlar bazasiga bog‘liq iqtisodiy fanlarning rivojlanishi, buxgalteriya hisobi va 
hisobotlarining takomillashtirilishi bilan ma’lumotlar bazasi ham takomillashib 
boradi. Demak, foydalaniladigan ma’lumotlar moliyaviy tahlilning manbalari bo‘lib 
hisoblanadi. Bunday manbalar sifatida korxonalarning yillik va boshqa hisobotlarini 
ko‘rish mumkin. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin