Shuningdek, turizm sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:
turistik biznes sohasida me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan xalqaro me’yorlar va standartlarni joriy qilish;
standartlar va normalarga muvofiqlashtirish, shuningdek, turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish,
iqtisodiy zaxiralarni ko‘paytirish uchun samarali foydalanishni ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
FRANSIYA O‘ZBEKISTONDA TURIZM BO‘YICHA "ONLAYN-TA’LIM"NI YO‘LGA QO‘YISHDA KO‘MAK BERADI
O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarov Parij Turizm akademiyasining hammuassisi va masofaviy ta`limni rivojlantirish direktori Klod Banvar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda "onlayn-ta`lim"ni tashkillashtirish va fransuz masofaviy ta`limini tatbiq etish masalasi muhokama etildi.
Fransiyalik mutaxassis Akademiya faoliyati 2016 yilda Fransiya turizmni rivojlantirish agentligi (Atout France) bilan hamkorlikda tashkillashtirilganini ta`kidladi. Loyihaning umumiy narxi 1 million AQSh dollaridan ortiqni tashkil qilgan. Bugunga kelib ushbu akademiyada 3500 talaba masofadan turib ta`lim olmoqda.
Fransiyaning mashhur universitetlari mamlakatning turizm sohasidagi yetakchi pozitsiyasini inobatga olgan holda ma`ruzalar yozish va sotishga tayyor.
“Beldirsoy-Chimon-Nanay” xalqaro mavsumiy dam olish maskanini tashkil etishga doir loyihani moliyalashtirish to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.
O‘zbekiston-Fransiya hukumatlararo komissiyasining savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha VIII yig‘ilishi o‘tkazildi.
Uchrashuv doirasida Fransiya G‘aznachiligi bilan Fransiyaning “Geode-Manie Lives-Compagnie des” kompaniyalari konsorsiumi tomonidan amalga oshirilgan “Beldirsoy-Chimon-Nanay” “Alp-Patriarx MVK” qurilish loyihasini amalga oshirish uchun 47,9 million yevro miqdorida kredit jalb qilish to‘g‘risidagi shartnomasi imzolandi.
Shuningdek, “Beldirsoy-Chimon-Nanay” xalqaro mavsumiy dam olish maskanini tashkil etishga doir loyihani moliyalashtirish to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.
Respublikamizda turizmni rivojlantirish juda katta iqtisodiy samara berishi hammamizga ayon, chunki u xorijga resurs chiqarmay (paxta, gaz, neft) valyuta olib kirish imkonini beradi. Tahlillar shundan dalolat beradiki, ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda turizmdan keladigan daromad boshqa sohalarga qaraganda ancha ko‘proq valyuta tushumlarini keltiradi. Masalan: Frantsiya yiliga 489 mlrd. dollarlik tovar eksport qilsa, turizm faoliyatidan 58 mlrd. dollardan ortiq daromad oladi. Avstriya, Angliya, Italiya, Ispaniyalarda ham xuddi shunday yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rishimiz mumkin. Mazkur soha kuzatuvchilari sayyohlik va turizm iqtisodiy rivojlanishning drayveri – harakatlantiruvchi kuchi ekani haqida yakdil fikr bildirmoqda.
2016-yilda Fransiyadan O‘zbekistonga 4,7 ming, 2020-yilda esa 20,4 mingga yaqin sayyoh tashrif buyurgan. Ko‘rib chiqilayotgan davrda sayyohlar soni 4,3 baravardan ortiq ko‘paydi.