6-rasm Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmining o’zgarish dinamikasi28
7-rasmda aniqlangan model grafigi bilan haqiqatda aholini uy joy bilan ta’minlanish darajasining o’zgarishini taqqoslash mumkin bo’lib, iqtisodiy tahlil orqali ko’rinmagan ayrim chetlanishlarni kuzatish imkoniyati paydo bo’ladi va bu o’z-o’zidan ilmiy asoslangan qarorlar chiqarishga yordam beradi.
7-rasm. Aholini uy joy bilan ta’minlanish darajasining o’zgarish dinamikasi29
Namangan viloyati qurilish materiallari bozorini rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarning 2016-2021 yillardagi ko’rsatkichlari bo’yicha tahlil qilinganda, qurilish materiallari bozori faoliyatida tarmoqlar salohiyatini o’sish darajasini ko’rish mumkin. Endi hosil qilingan matematik modellar asosida Namangan viloyati qurilish materiallari bozorini rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarning ko’rsatkichlari kerakli yillargacha prognoz qilish imkoniyati paydo bo’ldi.
8-jadval
Ekonometrik model natijalarining taqqoslama jadvali30
Omillar nomi
|
Matematik modellar
|
Determinatsiya koeffitsienti
|
Aholi soni
|
Y = 1,7071x2 + 41,287x + 2561,2
|
R² = 0,9998
|
Aholi jon boshiga umumiy daromadlar to’g’ri kelishi
|
Y = 38,871x2 + 959,13x + 3712,4
|
R² = 0,9983
|
Qurilish materiallari ishlab chiqarish
|
Y = 20,336x2 - 21,544x + 159,82
|
R² = 0,985
|
Qurilish materiallari chakana savdosi
|
Y = 19,321x2 - 5,1586x + 102,44
|
R² = 0,996
|
Qurilish ishlari hajmi
|
Y = 150,14x2 - 60,897x + 1128,2
|
R² = 0,9912
|
Aholining uy joy bilan ta’minlanish darajasi
|
Y = 0,2929x2 - 1,6271x + 17,48
|
R² = 0,8413
|
Namangan viloyati qurilish materiallari bozorini rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarning 2016-2021 yillardagi ko’rsatkichlari bo’yicha hosil qilingan matematik modellar asosida prognoz ko’rsatkichlarni tahlil qilinib, ularning tarmoqlar tarkibi bo’yicha 8-jadval asosida 2022-2026 yillargacha bo’lgan prognoz ko’rsatkichlari aniqlandi (9-jadval).
Quyidagi 9-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2022-2026 yillarda Namangan viloyati qurilish materiallari bozorini rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy omillarning ko’rsatkichlari o’sib borishi kutilmoqda. Mazkur prognoz ko’rsatkichlaridan Namangan viloyati qurilish materiallari sanoati, qurilish materiallari chakana savdo aylanmasi, qurilish ishlari va aholining uy-joy bilan ta’minlanishiga qaratilgan strategik yo’nalishlarni ishlab chiqishda foydalanigan.
Dostları ilə paylaş: |