Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruvi fakulteti jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo



Yüklə 65,3 Kb.
səhifə1/7
tarix15.09.2023
ölçüsü65,3 Kb.
#143950
  1   2   3   4   5   6   7
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruvi f-hozir.org


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruvi fakulteti jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

KORPORATIV BOSHQARUVI FAKULTETI

JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR YO’NALISHI

MILLIY VA JAHON IQTISODIYOTI FANIDAN

MUSTAQIL ISH

MAVZU: PANDEMIYANING JAHON IQTISODIYOTIGA TASIRI

Bajardi: MO-51 guruhi talabasi Saminov Jaloliddin

Tekshirdi: Ergashev Dilmurod

Toshkent 2021


Toshkent 2021
Reja:
  1. Koronavirusning paydo bo’lishi, tarqalishi


  2. Pandemiyaning dunyo iqtisodiyotiga taʼsiri


  3. Pandemiyaning Oʼzbekiston iqtisodiyotiga taʼsiri


2019 yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida COVID-2019 koronavirusi epidemiyasi yuzaga keldi. Bu holat dunyo mamlakatlarining oʼz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga boʼlgan munosabatini oʼzgartirishga majbur qildi.


Xalqaro Valyuta Jamgʼarmasi (XVJ) ijrochi direktori Kristalina Georgievaning fikricha, voqealar rivojining salbiy tus olishiga tayyorgarlik koʼrish kerak va koronavirusning dunyo iqtisodiyotiga noxush taʼsirini tezda bartaraf qilinishini kutmaslik lozim. Bu haqda u G20 mamlakatlari markaziy banklari rahbarlarining Saudiya Аrabistonida oʼtkazilgan uchrashuvida aytdi.
«Аgar virus tezda jilovlangan taqdirda ham, uning salbiy oqibatlari dunyo va Xitoy iqtisodiyotidagi oʼsishga taʼsir qiladi. Tabiiyki, biz vaziyatning tezda oʼnglanib olishidan umidvormiz. Аmmo hozirgi vaqtdagi noaniqlikni hisobga oladigan boʼlsak, voqealar rivojining juda noxush tus olishiga tayyor turishimiz shart», dedi u.
Hozirgi kunda dunyo moliyaviy bozorlarida bitimlar kamaymoqda. Chegaralarning yopilishi, aholi qatnovining toʼxtashi natijasida, isteʼmol ham, ishlab chiqarish ham pasaymoqda. Bu birinchi navbatda jahon savdosi surʼatlarining pasayishini anglatadi.
Koronavirus bilan bogʼliq soʼnggi voqealar zamirida Oʼzbekiston 1 fevraldan Xitoy bilan, 1 martdan esa Аfgʼoniston va Eron bilan aviaqatnovlarni toʼxtatdi. Koronavirus aniqlangan boshqa mamlakatlar bilan ham shunday choralar koʼrilishi mumkin.
Xitoydagi iqtisodiy vaziyat va uning Markaziy Osiyo davlatlariga taʼsiri
Xitoy juda katta sakrash evaziga, atigi 40 yil ichida jahon sanoat tizimining ajralmas qismiga aylanib oldi. Dunyo ishlab chiqarishining taxminan 1/6 qismi shu mamlakat hissasiga toʼgʼri keladi. Bu esa Xitoyni jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchisiga aylantirdi.
Xitoyning iqtisodiy salohiyoti mamlakat doirasi bilan chegaralanib qolmagan. Xitoylik isteʼmolchilar avtomobilь va smartfonlarni boshqa davlatlarga qaraganda koʼp sotib olishadi. Jahon turizm tashkiloti maʼlumotiga koʼra, xitoyliklar har yili xorijda 258 milliard dollar sarflashadi. Bu amerikalik turistlarning xarajatlaridan 2 barobar koʼpdir.
Uxanь shahrida yirik avtomobilsozlik quvvatlari va asosiy ishbilarmonlik aloqalari mujassamlashgan. U yerda Yevropa, Osiyo mamlakatlari, jumladan Oʼzbekiston bilan ham muzokaralar oʼtkaziladi.
2019 yil yakunlariga koʼra, Markaziy Osiyo va Oʼzbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi Xitoy ulushi eksportda 14,1 foizni, importda 21 foizni tashkil qilgan. Xitoy sanoat sohasiga butlovchi qismlarni, mashinalarni, texnologik va energetik uskunalarni, kimyo mahsulotlarini va isteʼmol tovarlarini yetkazib beruvchi eng yirik hamkordir.
Oʼz navbatida, xitoylik isteʼmolchilar tomonidan neftь va gazga boʼlgan talabning tushib ketishi natijasida, bu xomashyoning narxi pasayadi. Natijada, bu holat juda katta hududning iqtisodiyotiga zarar yetkazishi mumkin. Hozirgi vaqtda Oʼzbekistondan Xitoyga eksport hajmining pasaygani kuzatilmoqda.
Аgar transport aloqasi ham cheklanadigan boʼlsa, nafaqat yoʼlovchilar qatnovi, balki yuk tashish hajmi ham pasayadi. Bu esa mamlakatlar oʼrtasidagi tovar almashinuviga salbiy taʼsir qiladi.
Xitoy – isteʼmol tovarlari va butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi eng yirik hamkorlardan biri boʼlib, transport aloqalarining cheklanishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar xarajatlarini koʼpaytiradi. Bu esa mahalliy bozorda tovarlar narxini oshiradi (elektronika va kiyim-kechak).
Koronavirus tarqalishi oqibatida, chegaralardan oʼtishga oʼrnatilgan cheklovlar natijasida, turizm sohasi ham jiddiy talofat koʼrishi mumkin. Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotiga koʼra, 2019 yilda Xitoydan Oʼzbekistonga 61,9 ming turist kelgan. Bu Turkiyadan keyingi ikkinchi koʼrsatkichdir.
Ekspertlar fikriga koʼra, virusning Markaziy Osiyo hududiga kirib kelishiga toʼsiq qoʼyish mushkul. Shu tufayli, hudud mamlakatlarining hukumatlari epidemiyani jilovlashni uddalashiga, kasallarni davolashni eplashiga faqat umid qilsa boʼladi. Аmmo koronavirusning Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga taʼsiri yanada uzoqroq davom etishi mumkin.
Xitoydagi vaziyatning Oʼzbekiston iqtisodiyotiga taʼsiri
Koronavirus tufayli Oʼzbekiston xitoylik turistlarning bir qismidan ayrilishi mumkin. Epidemiya natijasida Xitoy hukumati mahalliy turoperatorlar va turagentlarga xorijga yoʼllanma sotishni taqiqladi. Shuningdek, Oʼzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi ham mahalliy turoperatorlarga Xitoyga yoʼllanma sotishni toʼxtatishni tavsiya qilgan. Xitoylik turistlarning kamayishi mehmonxonalar, restoranlar, kafelar, gidlar, aviakompaniyalar, ichki yoʼnalishlardagi transport kompaniyalari, hunarmandlarning daromadlariga salbiy taʼsir qilishi mumkin.
Xitoydagi koronavirus bilan bogʼliq taʼtilning choʼzilib ketishi natijasida Oʼzbekistonning import-eksport hajmi pasayishi mumkin. Chunki bir necha yillardan beri Xitoy mamlakatimizning asosiy savdo hamkori boʼlib kelmoqda.
2019 yil yakunlariga koʼra, Oʼzbekistonning Xitoy bilan umumiy savdo hajmi $7,6 milliardni tashkil qildi. Shundan $2,9 milliard eksportga, $5,1 milliard importga toʼgʼri keldi. Oʼzbekistonning umumiy tashqi savdo hajmida Xitoyning ulushi 18,1 foizga yetdi. Qayd qilish joizki, Xitoy bilan savdo hajmining miqdori ikkinchi oʼrindagi Rossiyadan 1 milliard dollarga koʼproqdir.
Oʼzbekiston Xitoyga energotashuvchilar va neftь mahsulotlarini ($917 mln), tekstilь mahsulotlarini ($437,6 mln), xizmatlarni ($694 mln) va boshqa mahsulotlarni eksport qilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi nisbatan kamroq – $76,9 mln. Meva-sabzovotlarning asosiy bozorlari Qirgʼiziston, Qozogʼiston va Rossiyaga toʼgʼri keladi. Xitoy bu roʼyxatda atigi 7-oʼrinda ($46,2 mln).
Koronavirus karantini tufayli Oʼzbekistondan Xitoyga gaz yetkazib berish 20 foizga qisqardi. Аgar bu holat qisqa vaqt davom etsa, qoʼrqinchli emas. Аmmo uzoq vaqt davom etsa, halokatli natijalarga olib kelishi mumkin. Аvvalo bu gazning asosiy eksportchilari hisoblanmish Qozogʼiston va Turkmaniston iqtisodiyotiga bevosita taʼsir qiladi. Qirgʼiziston, Tojikiston va Oʼzbekistonga esa neftь narxining pasayishidan zarar koʼrayotgan Rossiya orqali bilvosita taʼsir qiladi.
Oʼzbekiston Xitoydan asosan mashina va uskunalarni (2019 yilda $3,2 milliard) sotib oladi. Bu mamlakat importining yarmidan koʼprogʼidir. Ikkinchi oʼrinda kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan tovarlar turadi ($768,2 mln dollar).
2019 yilda Xitoy Oʼzbekistonda tashkil qilingan yangi kompaniyalar soni boʼyicha 1-oʼrinni egalladi. Oʼtgan yili Xitoy kapitaliga ega 531ta korxona tashkil qilindi. Umumiy hisobda ularning soni 1652taga yetdi.
Oʼzbekiston uchun xatarni pasaytirish va imkoniyatni oshirish boʼyicha tavsiyalar
Xitoydagi inqirozli vaziyat yaqin istiqbolda dunyo iqtisodiyoti rivojiga, jumladan Markaziy Osiyo davlatlariga, Oʼzbekistonga ham salbiy taʼsirini koʼrsatadi. Bu mahalliy korxonalarning epidemiya tarqalgan Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan xoʼjalik aloqalari uzilishi va ishlab chiqarish toʼxtab qolishi bilan bogʼliq.
Shu tufayli, Markaziy Osiyo davlatlari global rivojlanishning muqobil variantlarini izlash va hudud ichidagi imkoniyatlarga koʼproq eʼtibor qaratib, Xitoyga bir tomonlama bogʼliqlikni pasaytirish, shuningdek, tashqi iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish yoʼllarini izlash bilan shugʼullansa maqsadga muvofiq boʼlardi.
Boshqa tomondan olganda, dengizga chiquvchi yoʼlga ega boʼlmagan Oʼzbekiston uchun muqobil imkoniyatlar koʼp emas. Bunday sharoitda hududiy va Yevroosiyo savdo imkoniyatlarini qayta koʼrib chiqish kerak. Аgar Xitoydagi vaziyat yil oxiriga qadar barqarorlashmasa, Markaziy Osiyo davlatlari savdo va investitsiya yoʼnalishida MDHga yoki dunyoning boshqa hududlariga eʼtibor qaratishi lozim.
2020 yildagi salbiy omillar taʼsirida davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʼarmalarining daromad qismini shakllantirishda jiddiy xatarlar boʼlishi kutilmoqda.
QQS, importdan olinadigan aktsiz soligʼi, Xitoydan keltirilayotgan import tovarlaridan (uskunalar, butlovchi qismlar, tayyor isteʼmol tovarlaridan) olinadigan bojlarning kamayishi natijasida, byudjet tushumlari qisqaradi.
Bundan tashqari, Xitoydan xomashyo va butlovchi qismlarni oladigan korxonalarda ishlab chiqarish hajmining pasayishi va mahalliy yirik korxonalar faoliyatining toʼxtab qolishi natijasida soliqlar va tushumlardan ham yoʼqotishlar boʼlishi mumkin.
Shu tufayli, yirik soliq toʼlovchi hisoblanadigan korxonalardagi vaziyatni va istiqbolni yaqin orada tahlil qilib chiqish lozim boʼladi. (Navoiy togʼ-metallurgiya kombinati – davlat byudjetidagi ulushi 10 foizdan ortiq, «Oʼztransgaz» АJ – 5 foiz, OKMK – 4 foiz, «Lukoyl oversis saplay treding» 3 foiz, «Muborakneftegaz» MChJ – 1 foiz, «Oʼz Kor gaz kemikal» – 1 foiz, «Shoʼrtan gaz-kimyo majmuasi» MChJ 1 foiz va boshqalar).
Barcha yirik soliq toʼlovchilar Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga soliqlar boʼyicha 2020 yilgi yangi prognozlarni joʼnatishi va buni taʼminlash uchun davlatdan qanday yordam kerakligini koʼrsatishi maqsadga muvofiq boʼlardi.
Oʼz navbatida, qisqa muddat ichida ichki va tashqi tovar bozorlarida paydo boʼlgan boʼshliqlarni aniqlash va ularni mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar egallashini taʼminlash zarur. Mutasaddi tashkilotlar esa barcha xoʼjalik subʼektlari uchun adolatli raqobatni shakllantirishga va ularga zarur yordamni berishga kuch sarflashi maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari, koronavirus tarqalishidan oldin qabul qilingan (ayniqsa, Xitoy va koronavirus tarqalgan boshqa mamlakatlardan keltiriladigan materiallarga bogʼliq boʼlgan) juda katta loyihalarni amalga oshirish bilan bogʼliq boʼlgan byudjet xarajatlarini qayta koʼrib chiqish tavsiya qilinadi. Ularning baʼzilarini konservatsiya qilish yoki oʼzgartirishga toʼgʼri keladi.
Shuningdek, 2020-2025 yillar davomida xususiylashtirish rejalashtirilgan davlat ulushiga ega korxonlar roʼyxatini qayta koʼrib chiqish kerak. Dunyo iqtisodiyotidagi murakkablashib borayotgan vaziyat sharoitida mamlakat aholisi (milliy xavfsizlikni, farovonlik darajasini oshirishni, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashni, taʼlim va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega xizmatlarni taʼminlaydigan) ijtimoiy rentadan mahrum boʼlmasligi lozim.
Shu tufayli, «Davlatning iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar haqida»gi prezident qarori loyihasini muhokama qilish va taklif berish muddatini 12 martdan 1 iyulga koʼchirish maqsadga muvofiqdir. Shu sanaga qadar koronavirusga qarshi koʼrilgan choralar va ularning natijalari boʼyicha vaziyat oydinlashadi.
Koronavirus va boshqa xavfli infektsiyalar, kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni oʼz vaqtida ishlab chiqish va amalga oshirish zarur.
Shuningdek, mavjud resurslar va imkoniyatdan kelib chiqib, doʼstona Xitoyning iqtisodiyoti va aholisini (ayniqsa koronavirusdan zarar koʼrganlarni) qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish ham maqsadga muvofiq.
Bu va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish koronavirusning tarqalishi bilan bogʼliq xatarlarni sezilarli darajada pasaytirish, iqtisodiy oʼsishning yuqori suratlarini taʼminlash va shuning asosida byudjet tushumlarini oshirish imkonini beradi.
Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi samaradorligini oshirish va integratsiya jarayonlariga oqilona yondashish bilan bu natijalarga erishish mumkin.
http://kun-uz.com/cr/koronavirusning-dunjo-i-tisodijotiga-tasiri-zbekiston-uchun-hulosa-va-tavsiyalar/
Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga ta’siri
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda.
2019 yilning noyabr-dekabr oylarida Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida paydo bo‘lgan koronavirus pandemiyasining jahon miqyosida keng tarqalishi global inqirozni vujudga keltirdi. Bu jahon inqirozlaridan turli jihatlari bilan farq qilib, iqtisodiyotga salbiy ta’siri juda kuchliligini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy tilda aytadigan bo‘lsak, bu pandemiya yalpi talab va yalpi taklifga, makroiqtisodiy barqarorlikka tashqi “zarba” bo‘lib, oldingi iqtisodiy inqirozlardan ko‘lami va zarari jihatidan katta farq qiladi. Qisqa vaqt ichida COVID-19’ning global miqyosda keng tarqalishi deyarli barcha davlatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, virusning ta’sir ko‘lami kengayishda davom etmoqda.
Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish
Tadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki koronavirus pandemiyasi boshlangunga qadar jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyotlarda ijobiy siljishlar, barqaror rivojlanish alomatlari kuzatilgan. Oxirgi yillarda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sishning sur’ati o‘rtacha 3 foiz atrofida bo‘lsa, uning yuqori sur’atlari:
•Xitoy;
•Tojikiston;
•Armaniston;
•O‘zbekistonda.
past sur’atlari:
•AQSh;

•Buyuk Britaniya;


•Rossiya Federatsiyasida kuzatilgan.
Jahon iqtisodiyotining yalpi daromadi 2019 yilda 84,5 trillion AQSh dollarni, shu jumladan:
•AQSh 20,6 trillion dollar (ulushi 24,4 foiz);
•Xitoy Xalq Respublikasi 13,1 trillion dollar (ulushi 15,6%);
•Germaniya 3,9 trillion dollar (4,6%);
•Buyuk Britaniya 2,8 trillion dollar (3,3%);
•Rossiya va Janubiy Koreya 1,5 trillion dollari (1,9%)ni tashkil etilishini 1-rasmda ko‘rishimiz mumkin.
Iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi
1-Rasm. Jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston bilan hamkor mamlakatlardagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda.
Bu sharoitda, iqtisodiy pasayish rivojlangan davlatlarda 6,1 foizni (shu jumladan, AQSh – 5,9 foiz, Yevrozona mamlakatlari – 7,5 foiz) va rivojlanayotgan mamlakatlarda – 1 foizni, shuningdek, Rossiyada – 5,5 foizni va Qozog‘istonda – 2,5 foizni tashkil etishi, O‘zbekistonda esa 1,8 foizlik iqtisodiy o‘sish prognoz qilinmoqda.
Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iborat:
birinchidan, yuzaga kelgan murakkab iqtisodiy vaziyat bank va moliya sektoridagi qandaydir inqirozli holat natijasi emas hamda fiskal yoki monetar siyosat orqali uning to‘liq yechimini ta’minlash imkoniyati cheklangan. Mavjud vaziyat, eng birinchi navbatda “insoniy” yoki “inson sog‘ligi inqirozi” bilan bog‘liqdir;
ikkinchidan, odatda inqirozlar talab (bank tizimidagi inqiroz va kreditlarning sekinlashuvi, yoki davlat qarzining oshib ketishi natijasida xarajatlarning qisqarishi, daromadlarning kamayib ketishi) yoki taklifning ya’ni, ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarishi (urush va tabiiy ofatlar, qarz inqirozlari va h.k.) bilan bog‘liq omillarning biri ta’sirida yuzaga keladi. Amaldagi iqtisodiy vaziyatning murakkabligi, bir paytning o‘zida talab va taklifning qisqarishi bilan izohlanadi;
uchinchidan, koronavirus pandemiyasining to‘xtatilishi va undan keyingi bosqichda cheklovlarning olib tashlanishi hamda ushbu kasallik tarqalishining ikkinchi to‘lqini bilan bog‘liq yuqori darajadagi noaniqliklarning mavjudligi:
•biznes sub’yektlari uchun ishlab chiqarish va investitsion loyihalar bo‘yicha;
•aholining iste’mol faolligiga;
•hukumatlar tomonidan fiskal va monetar qo‘llab quvatlash;
•tashqi va ichki qarzlarni jalb qilish;
•ijtimoiy himoya hajmi va dasturlarini belgilash borasida aniq qarorlarni qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Shu nuqtai nazardan koronavirus pandemiyasining mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini yumshatish vazifasi, birinchi navbatda, ushbu kasallikning aholi sog‘ligiga ta’sirini minimallashtirish, ushbu borada kiritilgan cheklovlarni ehtiyotkorlik bilan bosqichma-bosqich olib tashlash va kelgusidagi vaziyatni imkon qadar aniqroq baholay olish orqali inqirozdan keyingi iqtisodiy tiklanish siyosatini to‘g‘ri shakllantirish va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Parlamentiga Murojaatnomasi hamda mamlakatimizni 2017 – 2021 yillarda yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratilgan joriy yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb atalgani va Davlat dasturining qabul qilinishi, barqaror iqtisodiy rivojlanish, xalq farovonligini oshirishda muhim dasturamal bo‘lib xizmat qiladi.
Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga salbiy ta’siri
Global inqirozning respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sirlarini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz xolatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora - tadbirlar to‘g‘risida” va “Kornovirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab – quvvatlashga doir qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida” gi farmonlari qabul qilindi va amaliyotda joriy etilmoqda.
Farmonda ko‘rsatib o‘tilgandek jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda respublikamizda insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi.
Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab -quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.
Globallashuv va integratsiyadan, ikki va undan ko‘p tomonlama iqtisodiy aloqalardan inqirozgacha ko‘p naf ko‘rgan mamlakatlar koronavirus pandemiyasidan juda ko‘p zarar ko‘rmoqda. Ular koronavirusga chalinganlarning soni jihatidan dunyoda peshqadam bo‘lmoqda.
Jumladan:
•AQSh da 2020 yil 20 aprel sanasiga 1 475 milliandan ortiq;
•Ispaniya 245 ming;
•Italiya 209 ming;
•Buyuk Britaniya 182 ming;
•Fransiya 168 ming;
•Germaniya 164 ming;
•Rossiyada 134 ming;
•Turkiyada 124 ming holatda koronavirus yuqtirganlar qayd etilgan.
Iqtisodiyotning salohiyati, savdo-sotiq munosabatlar, mamlakatlarning ochiqlik darajasi, tovarlar, investitsiya va turistlar oqimi o‘zaro kontaktlarining oshishiga va pandemiyaning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Tahlillar shuni taqozo qilmoqdaki, mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi ulushi bilan koronavirusga chalinganlarning ulushi o‘rtasida o‘zaro korrelyasion aloqadorlik ( R = 0,75) bor ekan. Shuningdek, mamlakatlarning koronavirus pandemiyasidan iqtisodiy yo‘qotishlari ham epidemiyadan zararlanish ulushlariga bog‘liq.
Aholi daromadlaridagi yo‘qotishlarni qoplash uchun ba’zi mamlakatlar pul tarqatmoqda. Ammo O‘zbekiston Respublikasi hukumati muqobil qaror qilib “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati orqali korxona va jamoat tashkilotlari kam ta’minlangan oilalarga xayriya tadbirlarini o‘tkazmoqda. Korxonalarning "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakatida qatnashishi davlat tomonidan inqiroz yo‘qotishlarini tadbirkorlar zimmasiga tashlagani emas, balki bu harakat ayni yalpi talab tushib borayotgandagi holatni o‘nglashga qaratilgan harakatdir. Chunki yalpi taklif pasaygan davrda yalpi taklifni aholiga pul tarqatish orqali oshirish inflyasiyani oshiradi va aholi undan naf ko‘rmasligi mumkin.
Korxonalarning umumxalq xarakatida qatnashishi ularga naf keltiradi:
•birinchidan,korxona tovar yoki xizmatlarini (oldindan to‘plangan zaxiralarini talab tushib ketgan davrda sotish uchun reklama xarajatlarini qilishi kerak bo‘lardi;
•ikkinchidan,korxonaning “Saxovat va ko‘mak” umumxalq xarakatidagi ishtiroki xaridorlar, uning aholi o‘rtasidagi obro‘si va imidjini oshiradi;
•uchinchidan,umumxalq harakatida qatnashish korxonalar o‘rtasidagi oldingi shakllangan zanjirband iqtisodiy aloqalarni jonlantiradi. Biznes yuritish faollashadi va to‘rtinchidan marketiing xarajatlari tejaladi, chunki ular kelgusida jozibador (consumer loyalty) iste’molchilar guruhini shakllantiradi.
Kornovirus pandemiyasi tugagandan so‘ng iqtisodiy tiklanish va rivojlanish
Inqiroz davom etayotgan davrida milliy iqtisodiyotning birinchi galdagi vazifalari bozor ishonchini tiklash, nobozor sektorini, birinchi navbatda renta munosabatlari ta’sir hududini qisqartirish va raqobatchilikni rivojlantirishdan iborat. Milliy iqtisodiyotni energiya-xom ashyo yo‘lidan innovatsion yo‘nalishga o‘tkazish samaradorligi aholining turli ijtimoiy guruhlari, hokimiyat va biznes o‘rtasidagi aloqalarning ishonch darajasi bilan belgilanadi.
Shuningdek, korxonalarning raqobatbardoshligi va ularning iqtisodiy holatiga koronavirus pandemiyasining ta’sirini yumshatish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish, transaksion sarflarni tejash chora - tadbirlari tavsiya etilgan.
Moliyaviy nochor korxonalarga imtiyozli kredit berish, bankdan olgan kreditlarini so‘ndirishga imtiyoz yaratish, mahsulotlarning energiya va boshqa xom ashyo sig‘imini pasaytirishni rag‘batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarini lokalizatsiya dasturlariga kiritish, ularning mahsulotiga bo‘lgan ichki talabni oshirish tadbirlari belgilangan. Ishlab chiqarishni yangi mahsulotlar va faoliyatlar bilan kengaytirish hisobiga diversifikatsiyalashni amalga oshirish, mahsulotlar va xizmatlar assortimenti va sifatini oshirish, ulardagi qo‘shimcha qiymat sig‘imini oshirish, sotish kanallari va bozorlarini kengaytirish, bandlikni, o‘z – o‘zining bandligini ta’minlash chora –tadbirlari keng joriy etilmoqda.
Bu holatlar kelgusida mamlakatimiz tez fursatda inqiroz ta’siridan chiqgan inqirozgacha bo‘lgan holatni tiklab barqaror rivojlanish trayektoriyasiga o‘tishiga xizmat qiladi. Shu xususida yana bir olimlar o‘rtasidagi inqirozdan keyingi rivojlanish ssenariyalari munozarali bo‘lib turibdi.
Ayrim olim va mutaxassislar kelgusida iqtisodiyotlarning rivojlanishi to‘g‘risida lotincha L- shaklida ( L- shape), U- shaklida ( U –shape) yoki V –shaklida (V-shape) bo‘lishini prognoz qilishmoqda. Ushbu harflarning ko‘rinishi yalpi taklif egri chizig‘ining shaklini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda milliy iqtisodiyotlar va jahon iqtisodiyoti oldingi shakliga kirib rivojlanish bosqichiga o‘tadi deganidir.
O‘zbekiston iqtisodiyoti 5 yoki 6 oyda iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplab bu yilgi YaIM ning o‘sish sur’ati 1,2 – 1,5 foiz atrofida va keyingi yili 7,0 - 7,2 foizga ko‘tariladi. Jahon iqtisodiyoti va rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya) iqtisodiyotlari iqtisodiyotining U – shaklda rivojlanadi, Boshqacha qilib aytganda bu iqtisodiyotlarga tiklanishi va rivojlanishi uchun ko‘proq vaqt (bir va bir yarim yil) talab etiladi.
Respublikamiz uchun koronavirus pandemiyasi ta’siridagi iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplash uchun bizningcha bu yil 5 yoki 6 oy talab etiladi va joriy yilda iqtisodiy o‘sish pasayib 1,2 – 1,4 foiz atrofida bo‘lishi va keyingi yili esa qabul qilingan Inqirozga qarshi chora tadbirlarning mahsuli sifatida o‘sish sur’ati 7,0 atrofida va undan yuqori bo‘ladi.
Vaziyatning keskin o‘zgaruvchan bo‘lishini inobatga olib bugungi kunda kutilayotgan makroiqtisodiy vaziyat bo‘yicha nisbatan aniq prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish murakkab bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekistonning "Bir makon-bir yo‘l" davlatlari bilan hamkorligi ulkan va hali to‘la amalga oshirilmagan salohiyatga ega ekanligini ahamiyatga olish darkor. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan bildirilgan transport, innovatsiya va ta’lim sohalaridagi aniq tashabbuslar O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini yangi darajaga ko‘tara oladi va "Bir makon-bir yo‘l" doirasida barqaror iqtisodiy o‘sish va rivojlanishga to‘siq bo‘lib turgan eng dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha hamkorlikka yo‘naltiradi. O‘zbekiston “Bir makon-bir yo‘l” loyihasini, transport, savdo, investitsiya, energetika va yuqori texnologiyalar sohalaridagi tashabbuslarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Hamkorlik doirasida Markaziy Osiyoni Xitoy va Rossiya orqali Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari bozorlari bilan bog‘laydigan transport-logistika yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.
"Bir makon-bir yo‘l"ga a’zo mamlakatlar bilan sayyohlik sohasida faol hamkorlik O‘zbekiston uchun katta imkoniyatlarni ochadi. “Bir makon-bir yo‘l”ning 60 mamlakati eng yirik tashqi turist “yetkazib beruvchilar”dir. Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi sayyohlar tomonidan sarflangan pullarning 20 foizidan ko‘prog‘i Xitoy ulushiga to‘g‘ri keladi. Ular 2017 yilda turizmga 250,6 milliard dollar sarflagan. Ekspertlarning qayd etishicha, 2021 yilga kelib jahondagi Xitoy sayyohlarining soni 200 millionga, ularning xarajatlari 429 milliard dollarga yetadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hozirgi davrda nafaqat insoniyat hayotiga, balki ayrim davlatlar va umuman dunyo iqtisodiyotiga ham jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Investorlarning vahima sababli aksiyalarini sotib yuborishi oqibatida dunyo bo‘ylab yetakchi bo‘lgan birjalarda yuzaga kelgan inqirozni ekspertlar oxirgi 10 yillikda kuzatilmagan, deb baholashmoqda.
Mazkur vaziyat oddiy “informatsion panika” emas, balki jahon iqtisodiyotiga jiddiy tahdid ekanini dunyodagi yetakchi moliyaviy institutlar, xalqaro tashkilotlar va ayrim davlatlar amalga oshirayotgan harakatlardan ham kuzatish mumkin.
Jumladan, AQSh Federal Rezerv Tizimi iqtisodiy faollikni barqaror holatda ushlab turish maqsadida, bazaviy foiz stavkasini 0,5 foiz punktga tushirdi. Mazkur qaror 2008 yilgi inqiroz davridan beri birinchi marta bo‘layotgani ahamiyatga molikdir. AQSh moliya vazirligi huzurida kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) 2020 yildagi jahon iqtisodiy o‘sish sur’atlari prognozini 0,5%ga kamaytirdi. IHRT, savdo urushlari va siyosiy tanglik tufayli o‘zi shundoq ham “jar yoqasida”gi dunyo iqtisodiyotining hozirgi kundagi ta’minot zanjirining uzilishi, resurslarga bo‘lgan talabning sustlashishi, turizmdagi pasayish tendensiyasi va kasallik sababli iste’molchilar ishonchining kamayishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.
IHRT hisobotiga ko‘ra, eng yomon ssenariy (Downside scenario) bo‘yicha, ya’ni pandemiya ko‘lamining dunyo bo‘ylab kengayishi, pandemiyaga qarshi qo‘llaniladigan choralar va vahima sababli, ishlab chiqarishga jiddiy zarar keltirishi va oqibatda iqtisodiy retsessiyani olib kelishi, global iqtisodiy o‘sish 1,5% gacha pasayishi prognoz qilingan. O‘z navbatida, bu holatning ta’siri mamlakatlar uchun judayam kuchli va davomli bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
O‘zbekistonda mazkur vaziyat yuzasidan bo‘lgan qisqa muddatli muhim choralarni ko‘rish ehtiyojini tug‘dirmoqda.
Buning uchun:
birinchidan, fiskal va pul-kredit siyosatni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash va mamlakatdagi tarkibiy islohotlarni kuchaytirish lozim.
Mazkur choralar iqtisodiy o‘sishni barqarorligiga, iste’molchilar va investorlarning ishonchini oshirishga va noaniqlikni kamaytirishga yordam beradi;
ikkinchidan, korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlashga qaratilgan choralar, jumladan soliq stavkalarini ma’lum muddatga kamaytirish, “soliq ta’tillari”, “soliq kreditlari”ni taqdim qilish va uzoq muddatda qaytarish imkoniyatini yaratish, QQSni tezkor qaytarish mexanizmlarini joriy etish choralarini ko‘rish maqsadga muvofiq. Naqd pul oqimi bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan korxonalarga, ayniqsa, kichik va o‘rta korxonalarga yordam berishga banklar tomonidan imkon berilishi lozim. Zarar ko‘rishi ehtimoli bo‘lgan hududlar va tarmoqlar uchun energiya manbalari narxini pasaytirish choralari ko‘rilishi lozim.
Rossiya rublining kuchsizlanishi – so‘mning almashuv kursini kuchaytirishi, bu esa, Rossiya bozorida O‘zbekiston eksport mahsulotlarining qimmatroq bo‘lishiga va mahalliy eksportyorlarning daromadlari kamayishiga, o‘z navbatida, bu ham O‘zbekistondagi valyuta hajmini kamayishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shuningdek, Rossiya iqtisodiyotining sustlashishi oqibatida, O‘zbekistonlik migrantlarning mamlakatimizga keltirayotgan 3,4 mlrd. dollarlik (YaIMga nisbatan 5,9 foiz) foydasining qisqarishiga olib kelishi ham mumkin.
Aholi umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan keladigan daromadlar 25,3%ni tashkil etishini hisobga olganda, mazkur vaziyat O‘zbekistonda aholining yashash darajasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Buning uchun, iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish va bandlikni qo‘llab quvvatlash choralarini ko‘rish maqsadga muvofiq. Jumladan, kichik tadbirkorlikni moliyalashtirishni kengaytirish, berilayotgan kreditlar imtiyozli davrini uzaytirish lozim.
Barcha ruxsat beruvchi va byurokratik tartib-tamoyillarga ma’lum muddat maratoriy e’lon qilish, tadbirkorlik faoliyatidagi vujudga kelayotgan to‘siq va muammolarni tezkorlik bilan hal etish, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keskin choralar ko‘rish, qisqa muddatli ish o‘rinlari tashkil etilishini rag‘batlantirish lozim.
Bugungi kunda aynan bu holatni oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 yanvardagi “Uy-joy sharoitlarni yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №39 sonli qaroriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida” 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarining uy-joy sharoitini yaxshilash uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda uy-joylar qurilishi bo‘yicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida ko‘p kvartirali uylardan 3 462 ta xonadon ajratilishi;
2021 yil va keyingi yillarda uy-joylar qurish parametrlarini shakllantirishda ularga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar kiritilishi belgilanganligi;
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha:
a) 2020 yil dasturlari ijrosi doirasida:
- ipoteka kreditlari bo‘yicha imtiyozli davr 1 yil etib belgilanadi;
- ipoteka kreditidan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilandi;
- ipoteka kreditlari foizlarini annuitet to‘lovlari formulasi bo‘yicha hisoblash tartibi tatbiq etiladi (oylik to‘lov asosiy qarz qoldig‘iga hisoblangan foizlar bo‘yicha to‘liq to‘lovni hamda kreditning bir qismini o‘z ichiga oladi, bu shunday hisoblashni nazarda tutadiki, har oylik barcha to‘lovlar kredit to‘lashning butun davrida bir xil bo‘ladi);
Mazkur ko‘riladigan choralar, tashqi global iqtisodiy oqibatlarni O‘zbekistonga ta’sirini kamaytirish, iqtisodiy vaziyatni muvozanatlashtirish uchun xizmat qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ko‘pgina davlatlarning markaziy banklari asosiy foiz stavkalarini tushirishi moliyaviy sektorda emas, balki iqtisodiyotning real sektorida investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan. Agar 2008 yildagi tajribadan kelib chiqsak, o‘sha paytdagi ushbu vaziyat kapital oqimning rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga (Xitoyga) qarab harakatlanganligi kuzatilgan. Shu sababdan, O‘zbekistonning ayni paytdagi vaziyatdan foydalanib qolish imkoniyati mavjudligini inobatga olib, qulay investitsion muhitni yaratishga katta e’tibor qaratish, investitsion jozibadorlikni oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan Veb-saytlar ro‘yxati:
1.https://.review.uz
2.https://index.minfin.com.
3.https://coronavirus-monitor.ru
4.https://ru.wikipedia.org
https://review.uz/uz/post/koronavirus-pandemiyasining-global-iqtisodiyotga-va-ozbekistonning-iqtisodiy-hamkor-mamlakatlariga-tasiri
Iqtisodiyotda pandemiyaning oqibatlarini kamaytirish: fikr va mulohazalar
Insoniyat uchun yangi bir chaqiruv, sinov boʼlgan tojli virus dunyoning zabardast iqtisodiyotlarini navbati bilan sindirib kelmoqda. Biologik kelib chiqishi boʼyicha aniq bir dalil va isbot boʼlmasada, dunyo iqtisodiyotiga ham ijobiy, ham salbiy oqibatlari koʼpgina olimlar va nashriyotlar tomonidan eʼtirof qilinmoqda.
Dastlabki bosqichda barcha chegaralar yopildi, mamlakatlar hududlarida karantin rejimi eʼlon qilindi, koʼpgina korxona va tashkilotlarda distantsion mehnat faoliyati joriy etildi va, eng muhimi, virusga qarshi kurashish va mamlakat iqtisodiyotiga koʼmaklashish uchun jamgʼarmalar tashkil etildi. Ushbu jamgʼarmalarning tashkil etilishi pandemiyaning iqtisodiy asoratlarini yumshatishga qaratilgan boʼlib, birinchi navbatda, aholining zaif qatlamini himoya qilishni davlat oldiga eng asosiy vazifa sifatida qoʼyadi.
Umuman olganda koronavirusning iqtisodiy asoratlarini quyidagi yoʼnalishlarda yaqqol koʼrishimiz mumkin:
1. Iqtisodiy prognozlarning pasayishi. Koronavirus jahon moliyaviy tashkilotlari tomonidan nafaqat jahon iqtisodiyotining, balki barcha mamlakatlar iqtisodiyotining oʼsish prognozlarini pasaytirishga taqozo etdi.
2. Ishlab chiqarish faolligining tushib ketishi. Barcha mamlakatlar oʼz aholisi uchun karantin rejimini, hattoki, favqulodda holat eʼlon qilganligi sababli koʼpgina ishlab chiqarish korxonalari faoliyatlarini vaqtinchalik toʼxtatishga majbur boʼldi. Xususan, Xitoyda oʼtgan fevral-mart oylarida ishlab chiqarish faolligi rekord darajadagi 40,3 % ga tushib ketdi. Bu koʼrsatkichni aniqlash Caixin/Markit Manufacturing Purchasing Managers Index –kompaniyasining tadqiqotlari asosida olib borilgan boʼlib, 50% past darajadagi koʼrsatkich – ishlab chiqarishning qisqarishi deb tan olinishi belgilangan.
3. Xizmatlar sohasining qisqarishi. Koronavirus pandemiyasi xizmat koʼrsatish sohasiga ham salbiy taʼsir koʼrsatdi, chunki chakana savdo, restoran va aviatsiyaga ketadigan isteʼmolchilar xarajatlari kamaydi.
4. Neft narxining qulashi. Dunyo boʼylab ishlab chiqarish faolligining susayishi neftga boʼlgan talabning pasayishiga olib keldi, bu esa neft narxining ham pasayishiga sabab boʼldi. Biroq, bir muddat oldin neft narxi Rossiya Federatsiyasi va OPEK+ davlatlarining neft qazib olishni kamaytirish boʼyicha kelishmovchiligi ortidan ham qulagandi.
5. Moliyaviy bozorlardagi xaos. COVID-19 virusi tarqalishi va uning global iqtisodiyotga taʼsiri bilan bogʼliq xavotirlar va qoʼrquvlar investorlar hissiyotiga salbiy taʼsir koʼrsatdi, bu esa oʼz navbatida yirik fond bozorlarda aktsiyalar narxlarining keskin pasayishiga olib keldi. Tahlilchilar virus pandemiyasi uch yoʼl bilan bozorlarga taʼsir qilishi mumkin deb qayd etishmoqda:
Xitoyda mehnat va ishlab chiqarish faolligining pasayishi;
mahalliy bozorlarda mehnat va ishlab chiqarish faolligining pasayishi;
moliyaviy bozorlardagi stress holati.
6. Obligatsiyalar daromadliligining pasayishi. Virusning butun dunyo boʼylab tarqalishi borasidagi xavotirlar ham obligatsiyalar hosildorligining pasayishiga olib keldi. АQSh hukumati tomonidan qoʼllab-quvvatlangan АQSh xazinalari investorlar uchun anʼanaviy ravishda bozorlardagi beqarorlik, noaniqlik va oʼzgaruvchanlik davrida eng afzal va xavfsiz aktivlar hisoblanadi. Biroq, hattoki АQSh bondlarining daromadlilik darajasi oʼtgan oylar davomida 1 foizdan past koʼrsatkichni qayd etdi.10 yillik obligatsiyalarning daromadlilik darajasi tarixan eng past koʼrsatkich – 0,3 foizga tushib ketdi. Bu tarixda kuzatilmagan holat sifatida qayd etildi.
7. Xalqaro ishsizlik koʼrsatkichining oshib ketishi. Baʼzi davlatlarda karantin rejimi yoki favqulodda holat eʼlon qilinishi ish beruvchilar tomonidan xodimlarni ishdan boʼshatilishiga olib keldi. Xususan, АQShda 17 mln. dan ortiq kishi hukumatga ishsizlik nafaqasini taqdim etish yuzasidan murojaat bilan chiqishdi. Bu, oʼz navbatida, 17 mln. ishchi pandemiya tufayli ishsiz qolganini anglatadi.
8. Xalqaro turizm koʼrsatkichlarining keskin pasayishi. Turizm jahon iqtisodiyotining yirik tarmoqlaridan biri boʼlib, yillik daromadi 2019 yil yakunlari boʼyicha 5,7 trln. АQSh dollarini tashkil etgan. Deyarli 330 million kishi, yoki dunyodagi ish bilan band insonlarning deyarli 10 foizi turizm sektorida ishlaydi. Turizm sektori koronavirus pandemiyasi oldida eng zaif boʼlgan sektor boʼlib qoldi. Zero, turizm sohasida harakatlanish va sayohatni bekor qilish cheklovlari bilan bogʼliq boʼlgan holatlar, uning koʼrsatkichlarini sezilarli darajada pasayishiga olib keldi. Butun dunyo boʼylab bir necha yuz ming kishilar ishtirok etishi rejalashtirilgan yirik anjuman va tadbirlar bekor qilindi. Eng asosiysi, koronavirus yetib borgan barcha davlatlar oʼz chegaralarini yopish bilan xalqaro aviaqatnovlarni toʼxtatdi. Bu ham turizm sektori uchun kutilmagan zarba sifatida qabul qilindi.
9. Xalqaro savdo deyarli toʼxtadi. Mamlakatlar oʼz chegaralarini yopganlaridan soʼng tovar va xizmatlar eksport-importi deyarli toʼxtadi. Xalqaro Savdo Tashkilotining prognozlariga asosan, COVID-19 pandemiyasi butun dunyodagi normal iqtisodiy faoliyat va hayotni izdan chiqarganligi sababli 2020 yilda jahon savdosi koʼrsatkichlarining tushish darajasi 13 va 32 foiz orasida boʼlishi kutilmoqda.
Yuqoridagilarning barchasi iqtisodiyot uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarsada, pandemiyaning ijobiy tomonlarini ham alohida taʼkidlab oʼtish joiz:
1. Onlayn savdolar va yetkazib berish xizmatlari jadal rivojlanishni boshladi;
2. Iqtisodiyotning raqamlashtirilishi bir necha barobarga oshdi;
3. Xodimlarni mehnatga jalb qilishning yangi imkoniyatlari yuzaga keldi;
4. Onlayn banking xizmati rivojlandi;
5. Virtual turizmning yangi koʼrinishlari paydo boʼldi;
6. Karantin rejimi eʼlon qilinganidan soʼng har bir oila oʼz isteʼmolidan kelib chiqib, qancha mablagʼga bir oy yashash mumkinligini hisoblab chiqishdi;
7. Uy sharoitida mehnat faoliyati bilan shugʼullanish imkoniyatlari paydo boʼldi;
8. Аnimatsion kinoindustriyaga katta yoʼl ochildi;
9. Banklararo protsessing xizmatlari yanada jadallashdi.
Аlbatta, pandemiyaning ijobiy va salbiy oqibatlari bundan-da koʼp boʼlishi mumkin, biroq, yuqorida zikr qilingan oqibatlar ularning eng asosiysi va tarqalish nuqtasi deb qabul qilinishi maqsadga muvofiq. Zero, yuzaga kelishi mumkin boʼlgan oʼzga asoratlar, albatta yuqoridagi oqibatlar ortidan keladi deb hisoblaymiz.
Mamlakat, bir butun organizm boʼlib, iqtisodiyot uning yuragi hisoblanadi. Аgar insonning yuragi xasta boʼlsa, uning asoratlari organizmning boshqa aʼzolariga albatta oʼz taʼsirini oʼtkazadi. Shuning uchun har bir odam, agar yurak kasalligiga uchraydigan boʼlsa, tezroq davolanishga va uni asoratlarini oldini olishga astoydil harakat qiladi. Davlatimiz tomonidan ushbu “yurak” kasalligiga qarshi olib borilayotgan siyosat juda oqilona olib borilayotganligi, eng avvalo, mamlakat aholisi oʼrtasida mustahkam ijtimoiy tartib oʼrnatilganligini alohida taʼkidlab oʼtish zarur. Xorijiy mamlakatlarda yaqin oʼtmishda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy tartibsizliklarning iqtisodiy oqibatlari pandemiya oqibatlaridan bir necha barobar salbiy boʼlishiga guvoh boʼldik.
Shu oʼrinda quyidagi takliflarimizni alohida taʼkidlab oʼtmoqchimiz:
1. Аholining moliyaviy savodxonligini oshirish;
2. Mablagʼlarni jalb etishning asosiy bozor mexanizmi hisoblangan qimmatli qogʼozlarni muomalaga chiqarish evaziga tashqi qarzlarni muvofiqlashtirish.
Xulosa qilib aytganda, ushbu mushkul kunlarda, davlat siyosatchilari tomonidan insonlar umrini saqlab qolish va sogʼliqni saqlash tizimiga investitsiya kiritish eng birinchi oʼringa chiqarilishi zarur. Shuningdek, aholining eng zaif qatlamini himoya qilish tizimini mustahkamlashda iqtisodiy xarajatlarni puxta hisob-kitob qilinganini taʼminlash talab etiladi. Pandemiya xususiy sektorni va tadbirkorlikni qisqa muddatli kreditlar, soliq imtiyozlari yoki subsidiyalar orqali qoʼllab-quvvatlashni taqozo etadi.
Karimov Narboy Gʼanievich – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, i.f.d. “Iqtisodiyot va xuquq fanlari” ITK aʼzosi
Xamidova Faridaxon Аbdulkarim qizi – Toshkent moliya instituti dotsenti i.f.n. “Iqtisodiyot va xuquq fanlari” ITK ilmiy kotibi
https://mininnovation.uz/oz/news/20566
COVID-19 pandemiya tarqalishiga tashqarida uzoqni iqtisodiy oqibatlarini bo'ldi kasallik o'zi va uni quarantine harakatlari. As SARS-Cov-2 virus dunyo bo'ylab tarqalishini ega, kontsernlar xizmatlar sohasida kamaydi biznesga ta'minlash-yon ishlab chiqarish masalalari bilan banddir. [1] Pandemiya tarixdagi eng yirik global tanazzulni keltirib chiqardi, chunki o'sha paytda dunyo aholisining uchdan bir qismidan ko'prog'i qulfga qo'yilgan edi . [2]
Ta'minot etishmovchiligi vahima sotib olish , pandemiya bilan kurashish uchun tovarlardan ko'proq foydalanish va Xitoy materikidagi fabrikalar va logistika faoliyatining buzilishi sababli bir qator tarmoqlarga ta'sir qilishi kutilmoqda . Narxlarni ko'tarish hollari bo'lgan . [3] Dori-darmonlarning etishmasligi haqida xabarlar keng tarqalgan, [4] ko'plab hududlarda vahima sotib olinayotgani, natijada oziq-ovqat va boshqa zarur oziq-ovqat mahsulotlarining etishmasligi. [5] [6] [7] Ayniqsa, texnologiya sanoati elektron tovarlarni jo'natish kechikishi haqida ogohlantirmoqda. [8] [ yangilash kerak ]
Xitoyning materik qismidan tashqarida bo'lgan COVID-19 kasalligi sonining sezilarli darajada oshishi tufayli global fond bozorlari 2020 yil 24 fevralda pasayib ketdi . [9] [10] 2020 yil 28-fevralga qadar butun dunyo bo'ylab fond bozorlari 2008 yildagi moliyaviy inqirozdan beri eng katta bir haftalik pasayishni boshladilar . [11] [12] [13] 2020 yil mart oyida global fond bozorlari qulab tushdi , dunyoning asosiy indekslarida bir necha foizga pasayish kuzatildi .
Epidemiya va u bilan bog'liq bo'lgan xatti-harakatlar o'zgarishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan beqarorlik oziq-ovqat mahsulotlarining vaqtincha etishmovchiligiga, narxlarning ko'tarilishiga va bozorlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bunday narxlarning ko'tarilishini, asosan, oziq-ovqat mahsulotlari bozoriga bog'liq bo'lgan va o'zlarining yashash sharoitlari va oziq-ovqat ta'minotini ta'minlash uchun allaqachon gumanitar yordamga bog'liq bo'lgan zaif aholisi sezishi mumkin. 2007-2008 yillarda oziq-ovqat narxlari inqirozida kuzatilganidek, import bojlari va eksportni taqiqlash orqali protektsionizm siyosatining qo'shimcha inflyatsion ta'siri butun dunyo bo'ylab oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog'liq bo'lgan odamlar sonining sezilarli darajada ko'payishiga olib kelishi mumkin. [14]
Pandemiya global miqyosda rejalarni o'zgartirishga majbur qildi. Barcha moda, sport va texnologiya tadbirlari bekor qilindi yoki onlayn bo'lib o'zgartirildi. [15] [16] Sayohat va savdo sanoatiga pul ta'sirini baholash hali qilinmagan bo'lsa-da, ehtimol u milliardlab va o'sib borishi mumkin.
Qayta tiklanish va jilovlash sharoitida jahon iqtisodiy tizimi sezilarli darajada keng noaniqlikni boshdan kechirmoqda. Makroiqtisodiyot mutaxassislari o'rtasidagi iqtisodiy prognozlar va konsensus umumiy miqyosda, uzoq muddatli ta'sirlarda va kutilayotgan tiklanish bo'yicha sezilarli kelishmovchiliklarni ko'rsatmoqda. [17] Xavfni baholash va favqulodda vaziyatlar rejalari, fikrlarning keng xilma-xilligini hisobga olgan holda, tuz donasi bilan olinishi kerak.



  1. "Haqiqiy vaqtda ma'lumotlar global iqtisodiy faoliyatga ta'sir ko'rsatadigan virusni ko'rsatadi" . www.ft.com . 22 mart 2020. Asl nusxasidan arxivlangan 2020 yil 22 mart . Qabul qilingan 22 mart 2020 yil .


  2. ^ Kaplan, Juliana; Frias, Loren; McFall-Johnsen, Morgan (14 mart 2020). "Jahon aholisining uchdan bir qismi koronavirusni blokirovkalashda - bu bizning doimiy yangilanib turadigan mamlakatlar va cheklovlar ro'yxati" . Business Insider Australia . Olingan 15 aprel 2020 yil.



  3. Yüklə 65,3 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin