Zamonaviy kompaniyalarda olib borilayotgan kadrlar siyosatining mohiyati qisqartirilgan ish vaqti yoki vaqtincha ishga qoMlash amaliyotini qoMlashdan iborat bulmokda. Inson resurslarini samarali boshqarishda xodimlami to‗g‗ri tanlash va yollash katta ahamiyatga ega. Kadrlar tanlashda ular bilan suhbatlar, testlar o‗tkaziladi. Yangi xodimning samarali ish bajarishi uchun tashkilotda ulami o‗qitish va malakasini oshirish dasturlari amalga oshiriladi.
Xodimlarni boshqarish tizimi deganda, korxonada band bo‗lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal faoliyat ko‗rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo‗yicha o‗zaro bog‗langan iqtisodiytashkiliy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi.
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimida mehnat resurslarini boshqarish juda ham murakkabdir. Chunki ishlab chiqarish va boshqarish masalalarining markazida odamlar-ishchilar, mutaxassislar va rahbarlar turadi. Korxona maqsadiga erishish va rejalarning bajarilishi faqat shular ishtirokida bo‗ladi. Inson omilini hisobga olmaslik, insonga bee‘tiborlik iqtisodda kamsamaralikka va ishlab chiqarish samaradorligini pasayishiga olib keladi.
Mehnat resurslarini boshqarishning asosiy maqsadi ishchilar va xodimlarning qobiliyatlarini, yanada jadal va unumli mehnat qilishga qo‗zg‗atishdir. Inson omiliga e‘tibor, odamlarga nisbatan jiddiy, mas‘uliyat bilan yondashish mehnat resurslarini boshqarishning bosh g‗oyasidir.
Shunday qilib, xodimlarni boshqarishdan asosiy maqsad ularning faoliyatini korxona foydasini oshirishga yo‗naltirishdir.