Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə62/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Qayta tayyorlash. Iqtisodiyotda tezkor o‗zgarishlar bo‗layotgan bugungi kunda ba‘zi soha xodimlari uchun ishsiz qolish xavfi kuchaydi. Ishsiz bo‗lib qolishdan qo‗rqqan odamlar, uni kerakli darajada bajarishdan ham yiroq bo‗ladilar.
Shuningdek, ish faoliyatlariga bevosita ta‘sir etadigan boshqa jihatlar: oilaviy mojarolar, alkogolizm yoki ruhiy betoblik bilan kasallanish va boshqalar namoyon bo‗lishi mumkin.
Odamlarni ishdan bo‗shatish va qisqartirish hodisalarining oldini olish borasida ko‗pgina ishlarni amalga oshirish mumkin. Ulardan bittasi — xodimlarga yangi mutaxassislikni o‗rganish uchun kompaniya hisobidan kurslar tashkil etish. Sanoat xodimlari robot va boshqa avtomatlashtirilgan jihozlardan foydalanishni, xizmat ko‗rsatish sohasining menejerlari — sotuvchi bo‗lishni o‗rganib olishlari mumkin bo‗ladi. Ko‗pchilik odamlar o‗zgarishlarga ko‗nikish qiyin deb hisoblaydilar, lekin boshqa ko‗pchilik - o‗z kompaniya yoki iqtisodiyotiga foydali xizmat ko‗rsatishning yana bir imkoniyati sifatida bunday o‗rinishlarni qadrlaydilar. Xodimlar ishlab chiqarishdagi pasayishdan keyin, yangi kasbga ega bo‗lganda, yana yangi kuch bilan ishlashni boshlab, o‗z oldiga yangi maqsadlarni qo‗yadilar.
Ishga yo„naltiruvchi uslublar. Bir bo‗lim yoki ish joyida asoslanishga oid muammolarni boshdan kechirayotgan ma‘lum bir turli xizmatchilar ko‗p bo‗lsa, buning sababini ishning o‗zidan qidirish lozim. Bunday hollarda xizmatchilar xattiharakatini emas, ishning tarkibini o‗zgartirish yo‗llarini qidirish lozim. Bu esa, odatda, boshqaruvning avtoritar uslubini yumshatib, xodimlar o‗zlarini
―komanda‖ning bir bo‗lagi sifatida his etish imkoniyatini berish kerakligini bildiradi.
Bunday maqsadni amalga oshirishning bir usuli — sifat to‗garaklari. Rahbariyat, xizmatchi va menejerlarga o‗z g‗oyalarini erkin ifodalash imkoniyatini berish bilan birgalikda, ularning mehnat faoliyati davomida zarur bo‗ladigan ijodiy quvvatlariga ham yo‗l ochib beradilar. Shu bilan bir qatorda, xizmatchilar faoliyati ko‗lamini kengaytirish va ish joylarini o‗zlashtirish, qulay ish grafigini hamda telekommunikatsiyani joriy etish, ish vaqtini qiskartirish va vazifalarni taqsimlash kabi usullar ham keng qo‗llanishi mumkin. Bu yerda, eng muhimi mehnatning tashkillashtirilishini yaxshilash va qulay ish grafiklarini kiritish bo‗yicha olib borilayotgan tadbirlar, butun kompaniya va xizmatchilarning foydasi uchun qilinishi kerak.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin