Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə63/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

4.6. Xodimlar faoliyat ko„lamining kengaytirilishi va ish joylarining

mukammallashtirilishi


Faoliyat ko‗lamining kengaytirilishi — tashkilotda vazifa taqsimlashda, butun ish faoliyatlari uchun xizmatchilarning zimmasiga yuklanadigan ma‘suliyat.
XX asrning boshlarida kam malakali ishchilarning ma‘lum yo‗nalishda ixtisoslashtirilishi ancha samarali bo‗lgan bo‗lsada, hozirgi kunda uning hech qanday ahamiyati qolmadi. Birinchidan, ishning texnik tarafini rahbariyatdan ko‗ra yaxshiroq biladigan, yanada ma‘lumotli bo‗lgan odamlar qoniqtirmay qolgan. Ikkinchidan, ilgari inson tomonidan bajariladigan ba‘zi ixtisoslashtirilgan vazifalar, hozir mashinalar yordamida bajarilmoqda. Ana shunday o‗zgarishlar oldida ko‗pgina kompaniyalar ishni tashkillashtirishning yangi usullarini joriy etish orqali mehnat unumdorligini oshirmoqdalar. Bunday qayta tashkillashtirishning bir turi — bu ishchilarning faoliyat ko‗lamini kengaytirish, ya‘ni bunda, ishning maxsus ixtisoslashtirilishi kam bo‗lib, xizmatchilarga, ular o‗z ish joylarining umumiy tarkibda ahamiyatli ekanligini his etadigan, ma‘suliyatli va muhim vazifalar topshiriladi.
Masalan, Livoniyadagi (Michigan shtati) ―kadillaklar‖ ishlab chiqaradigan korxona rahbarlari, zerikarli ishni qiziqarliga aylantirish uchun ―jamoa kuchi‖dan foydalandilar. Ishchilarga yangi kasblarni egallab, yanada ko‗proq daromad topish va shu asosda, o‗z mutaxassisliklarini kengaytirish uchun qiziqtirish imkoniyatlari berildi. Har haftada bo‗lib o‗tadigan majlislarda esa bu ―komandalar‖ korxona ishi borasida egallagan bilimlarini, ilgari faqat rahbariyat tomonidan hal etiladigan sohalardagi muammolarni echishda ham qo‗llash imkoniyatiga ega bo‗ldilar.
Sperrouz Poynt (Merilend shtati) shahridagi ―Batlehem Still‖ zavodida faoliyat ko‗lami kengaytirilishining o‗zgacha usulini qo‗llashdi. Haftada bir marta butun korxona ishchilariga metall ishlab chiqarishga ta‘sir etadigan iqtisodiy kuchlarni to‗la anglashga yordam beruvchi ma‘lumotlar tarqatiladi. Bundan tashqari, yo‗nalishdagi operatorlarga, vaqti-vaqti bilan ―Batlehem Still‖ mahsulotining xaridorlaridan xabar olib turish vazifasi beriladi.
Ishchilardan biri: ―Endi biz nima ishlab chiqarayotganimizni bilamiz, ilgari esa biz faqat po‗lat quyishni bilar edik xolos‖, - deb gapirdi.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin