Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Rahbarlik uslublarining turlanishi



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə72/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

5.4. Rahbarlik uslublarining turlanishi


Rahbarlik uslubi, belgisi va bo‗ysunuvchilarga nisbatan munosabatiga qarab, barcha rahbarlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin: avtokratik rahbar,liberal rahbar, demokratik rahbar.
Ushbu rahbarlarning ijobiy va salbiy xislatlari, ularning ish uslublari to‗g‗risida 7- jadval ma‘lumotlaridan ko‗rishimiz mumkin.
Qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. Hayotda har bir rahbarning ish uslubi har xil bo‗ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi. Turli xil ishlab chiqarish vaziyatlarida har xil xodimga nisbatan rahbarlikning ijobiy tomonlaridan foydalanish zarur. Rahbar haqiqiy ahvolga qarab ish tutishi va bo‗ysunuvchilarning o‗ziga xos shaxsiy xislatlarini hisobga olib muomala qilishi lozim.

7-jadval Rahbarlik uslublarining turlanishi31





Rahbar va qo‗l ostidagilarning o‗zaro
munosabatlari ko‗rsatkichlari




Rahbarlik uslublari

Avtokratik

Demokratik

Liberal

1

Qaror qabul qilish usuli

Masalalarni yakka o‗zi hal etadi

Qaror qabul qilishda avval
qo‗l ostidagilar bilan
maslahatlashadi

Yuqori rahbarni ko‗rsatmasini kutadi
yoki kengash qarorini
kutadi

2

Qarorni ish bajaruvchilarga etkazish usuli

Ko‗rsatadi, farmon beradi, buyuradi

Taklif qiladi, iltimos qiladi

Iltimos qiladi, yalinadi

3

Javobgarlikni taksimlash

O‗z zimmasiga oladi yoki qo‗l
ostidagilarga yuklaydi

Javobgarligini huquqlarga qarab taqsimlaydi

O‗zidan javobgarlikni olib tashlaydi

4

Tashabbusga munosabati

To‗la tashabbusni bostiradi

Rag‗batlantiradi va manfaat uchun ishlaydi

Tashabbusni qo‗l ostidagilarga topshiradi

5

Kadrlarni tanlashga munosabati

Malakali xizmatchilardan
qo‗rqadi, ulardan ozod bo‗lish yo‗llarini izlaydi

Ishbilarmon, o‗qimishli
ishchilarni tanlab
oladi

Kadrlar tanlash bilan shug‗ullanmaydi

6

Shaxsiy bilim etishmasligiga bo‗lgan munosabati

Hamma narsalarni biladi va bajara oladi deb hisoblaydi

O‗z malakasini uzluksiz oshirib
boradi, tanqidga ijobiy qaraydi

O‗z bilimini tuldirib boradi, buni qo‗l
ostidagilarga maslaxat
beradi

7

Aloqa qilish uslubi

Oraliq saqlaydi, muomilaga kirishmaydi

Do‗stlarga munosabatda
muomilani yoqtiradi

Aloqa qilishdan qo‗rqadi, boshqalar
tashabbusi bilan muomila qiladi

8

Tavsifiy qo‗l ostidagilar bilan munosabati

Kayfiyatga qarab

Bir tekis axlok, doimo o‗zini-o‗zi nazorat qiladi

Rasmiyatchilik intizomni talab qiladi

9

Intizomga munosabati

Rasmiyatchilik bilan qattiq intizom tarafdori

Ma‘noli intizom tarafdori,
odamlarga qarab
munosabatda bo‗lish

Xuddi shunday harakat qiladi

10

Qo‗l ostidagilarga ma‘naviy ta‘sir
ko‗rsatishga munosabati

Jazo berishni asosiy tarbiya usuli deb biladi.

Doim turli rag‗batlantirish- larni ishlatadi

Xuddi shunday harakat qiladi

Ko‗pincha rahbar va bo‗ysunuvchilar o‗rtasida masofa bo‗lishi zarur, yaxshi munosabatlar va talabchanlik birga bo‗lolmaydi degan fikr ko‗p uchraydi, ammo g‗arbda rahbariyat va bo‗ysunuvchilar o‗rtasidagi munosabatlarning demokratikligi aslo ishga taxdid solmaydi. Ko‗p firmalarda bunday munosabat mijozlar va buyurtmachilarning qiziqishidan kelib chiqadi. Xizmatchining mijozlar bilan qanday muomala qilishi yollovchilarning unga bo‗lgan muomalasining aks etishidir. Agar firma xodimlari rahbariyatdan rozi bo‗lmasalar mijozlar haqida qayg‗urmaydilar. Faqat jonkuyarlikkina jonkuyarlikni tug‗diradi.
Eng avvalo, vaqt cheklanganligiga qaramay rahbar ishga doir suhbat tashabbusini topishga o‗rganishi darkor. Boshliqning bo‗ysinuvchiga har qanday harakati oddiy bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati sifatida emas, balki hokimiyatga ega bo‗lgan shaxsning boshqa shaxsga harakati sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun rahbarning qaysi bir jamoa a‘zosini xush kurmasligi uning muomalasida ko‗rinmasligi kerak, aks holda ular boshliqning insonni shaxsiy, kasbiy va boshqa hislatlariga berilgan baho deb tushunilishi mumkin. Va aksincha, boshliq va bo‗ysinuvchining shaxsiy do‗stona munosabatlari xizmat munosabatlari sohasiga ta‘sir qilmasligi zarur.
Agar rahbar xizmat munosabatlarini shaxsiy munosabatlar asosida shakllantirsa, hech qachon katta obro‗-e‘tibor va hurmat qozonmaydi. Shuning uchun boshliq o‗z xodimlariga nisbatan faol, og‗ir va vazmin bo‗lishi lozim.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin