5.Iqtisodiy mexanizm , Iqtisodiy tanlov qoidasi va Iqtisodiy tizimlar
Iqtisodiy mexanizm iqtisodiy taraqqiyotni ta`minlovchi va bir-birini taqozo etuvchi vositalardir. Iqtisodiy mexanizm universal xarakterga ega, u- hamma erda bor. Mexanizm iqtisodiyotning motori, uni harakatga soluvchi vosita.
Iqtisodiy mexanizm bir necha unsurlarning yaxlitligidan tashkil topadi. Unga iqtisodiy stimullar (rag`bat beruvchi kuchlar), ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste`molni tashkil etish, iqtisodiy faoliyatning ixtisoslashuvi, iqtisodiy faoliyat kooperatsiyasi va xo`jalik aloqalarini o`rnatish usullari kiradi
Iqtisodiy mexanizmning etakchi bo`g`ini iqtisodiy stimullar hisoblanadi.
Iqtisodiy stimullar insonlarning o`z iqtisodiy manfaatlarini yuzaga chiqarishining aniq vositasidir.
Ehtiyoj manfaatni yuzaga keltiradi, manfaat esa stimullar orqali amalga oshadi. Stimulni - yaxshi daromad topishga intilish, - dsb ham ta`riflash mumkin. Manfaatdorlik insonning iqtisodiy xatti-harakatni belgilaydi.
Iqtisodiy manfaat insonning o`zi anglab etgani bois uning xatti-harakatlariga sababchi bo`lgan hayotiy ehtiyojdir.
Iqtisodiy manfaatni uch turga bo`lish mumkin:
a) individual manfaat — ayrim kishining yoki alohida oilaning yaxshi yashashdan iborat manfaati;
b) guruhiy-korporativ manfaat—firmaning umumiy manfaati bo`lib, tobora ko`proq foyda olishdan iborat.
v) umummilliy yoki umumjamiyat manfaati — butun xalqning umumiy manfaatidir. Mazkur manfaatni YAMM ifodalaydi. Chunki, yaratilgan mahsulot qanchalik ko`p bo`lsa, kishilar shunchalik to`q va farovon yashaydilar.
Iqtisodiyot mehnatga tayanadi. Mehnatga undash esa ikki yo`l bilan ta`minlanadi: zo`rlash va moddiy rag`batlantirish orqali. Zo`rlashga tayangan mehnatning unumdorligi past bo`lib, o`zini oqlamaydi. Manfaatdorlikka, ya`ni iqtisodiy stimulga asoslangan mehnat unumli bo`ladi, shu boisdan o`rta asrdayoq Markaziy Osiyoda mehnatga majburlash o`rniga erni hosilbay ijaraga berish, dehqonni qiziqtirish orqali erdan foydalanish yuzaga kelgan.
Iqtisodiy faoliyat ixtisoslashadi, bunga sabab jamiyatda mehnat taqsimotn bor.
Mehnat taqsimoti yagona mehnatning mustaqil ahamiyatga ega bo`lgan mehnat turlariga ajralib borishi, mehnat turlarining to`xtovsiz ravishda yangidan paydo bo`lishidir.
Bir mehnat turini bajarish ayrim kishilarga birkitiladi, natijada kasblar ko`payib boradi. Bir vaqtlar mehnat taqsimotn tufayli deqonchilikdan sanoat ajralib chiqqan. hozir esa sanoatning o`zi yuzlab tarmoqlarga ajralgan har bir tarmoqning o`zida yuzlab korxonalar borki, ularda har xil kasb egalari ishlaydi. Mehnat taqsimlanganidan ishlab chiqarish turli korxonalarni, korxona ichida esa har xil kasb sohiblarini ish yuzasidan hamkorlik qilishini talab qiladi. Chunki, yagona mahsulot yaratishda ko`pchilik mehnati ishtirok etadi. Masalan, bir samolyot ishlab chiqarishda mingdan ortiq korxonalar qatnashib, uning butlovchi qismlarini etkazib beradi.
Mehnat taqsimoti mehnat kooperatsiyasini muqarrar yuzaga keltiradi.
Mehnat kooperatsiyasi ixtisoslashgai mehnat turlarining bir-biriga bog`lanib muayyan turdagi mahsulot yaratishda ishtirok etishidir.
Korxonalar bir-biriga turli zarur mahsulotlar etkazib beradi, bu kooperatsiya aloqalari dsb yuritiladi. Kooperatsiya xo`jalik aloqalarida muntazamlikni talab qiladi.
Ixtisoslashuv korxonalarning ayrim mahsulot yoki uning ma`lum qismlarini tayyorlashga moslashuvini bildiradi. Ixtisoslashuv, birinchidan, mehnat unumdorligini oshiradi, Ikkinchidan, mahsulot sifatini ta`minlaydi.
Iqtisodiy mexanizmning muhim bo`g`ini xo`jalik aloqalarini o`rnatish usuli hisoblanadi, ixtisoslashuv mavjud sharoitda zaruratga aylanadi. Chunki, turli tarmoq va korxonalar o`zaro aloqasiz ishlay olmaydilar. Хo`jalik aloqalari barter yoki bozordagi oldi-sotdi aloqalari shaklini oladi.
Iqtisodiy mexanizm pirovard natijada iqtisodiy sa`y-harakatlarning oqilona bo`lishiga qaratiladi.
Iqtisodiy oqilonalik eng kam resurs sarf qilgan holda eng ko`p iqtisodiy natijaga erishish yo`lini bildiradi.
Inson xatti-harakatlari uning manfaatiga qaratilgani uchun «qaysi biri foydali, qaysi biri zararli ekanligi o`ziga ravshan bo`lgach foydalisini tanlayda va olib o`zlashtiradi, zararlisiii rad etadi.
Muayyan makondagi tabiat resurslari ma`lum miqdordagi jon-zodlarni boqishi mumkin. Bu qoidaning insoniyatga ham aloqasi bor. Ammo resurslar taqchilligi fan-texnika taraqqiyoti tufayli susayadi. Baribir tabiiy resurslar miqdori bilan aholi soni o`rtasida ma`lum nisbat bo`lishi kerak. Resurslar qanchalik ko`p bo`lmasin, ular chegaralangan vaqt davomida ma`lum miqdordagi aholining farovon yashashi uchun kifoya qiladi. Aholi soni ortib, uning ehtiyoji oshgani sari resurslar kamyobligi kuchayadi. Shu sababli aholining ehtiyoji bilan tabiatning imkoni orasidagi tafovut kuchayib boradi.
Tanlash qoidasi shuki, resurslar cheklangan sharoitda ulardan nimani ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan ma`qul bo`lsa, resurslarni shunga sarflash yo`li tanlab olinadi.
Masalan, tikuvchilik fabrikasi imkoniga qarab nima tikishni ya`ni kostyummi, plashmi, paltomi, kurtkami, shu masalani o`ziga ma`qul usulda hal qiladi. Fuqaro hamyonidagi puliga qarab qaerdan qaysi birini xarid etishni o`zi tanlaydi. Iqtisodiyotda hech bir narsa tekinga kelmaydi, - degan qoida ham bor. Shunga ko`ra nimaiki tanlansa, uning xaqi to`lanadi.
Tanlab olish tufayli voz kechilgan iqtisodiy xatti-harakat keltirishi mumkin bo`lgai foyda tanlov xaqi deyiladi, u har xil ne`mat yoki daromaddan iborat bo`ladi.
Хulosa shuki, tanlov naf keltirgandagana unga qo`l urish ksrak.
Iqtisodiy faoliyat ma`lum iqtisodiy tizim sharoitida amalga oshadi. Iqtisodiy tizimga quyidagalar kiradi: a) iqtisodiy resurslar; b) iqtisodiy aloqalar yoki munosabatlar; v) noiqtisodiy mexanizm; g) iqtisodiy siyosat. Iqtisodiy tizimlarni tarixan to`rt turga bo`lish mumkin.
An`anaviy yoki natural iqtisodiy tizim. Bu o`ta ko`hna va qoloq iqtisodiy tizim, uzoq vaqtgacha o`zgarmay qolgani uchun arxaik (eski) tizim deb baholanadi. Bu tizimda qo`l mehnati hukmron, ishlab chiqarish natural xarakterga ega; mehnat unumdorligi va turmush darajasi g`oyat past. Iqtisodiy aloqalar xo`jalikning o`z ichida yuz beradi. Boshqalar bilan oldi-sotti munosabatlari bo`lmaydi. Bu iqtisodiyot davlat siyosati ta`siridan holi bo`ladi. An`anaviy iqtisodiy tizim hali taraqqiy etmagan urug`-aymoqchilik sharoitida yashayotgan ba`zi Afrika xalqlarida uchrab turadi.
Sof bozor iqtisodiyoti tizimi. Bu bozordaga talabni qondirishga qaratilgan,bozor orqali hamkorlikni taqozo etuvchi erkin va demokratik iqtisodiy tizim. U xususiy mulkchilik, bozor uchun ishlash, cheklanmagan iqtisodiy tanlov, naf ko`rish va raqobat kabi tamoyillarga asoslanadi. Bozor tizimida daromad topish chegaralanmaydi, boy bo`lish taqiqlanmaydi, o`ziga to`q, farovon yashovchi odamlarning moddiy tengsizligi mavjud bo`ladi. Bozor tizimi asosida tovar ishlab chiqarish va pul yotadi. Bozor tizimi dunyoning hamma mamlakatlarida bor, lekin uning rivojlanish darajasi bir xil emas.
3. Rejali yoki buyruqbozlik-ma`muriy iqtisodiyot tizimi. Bu to`la-to`kis davlatlashtirilgan iqtisodiy tizimdir. Uning asosi davlat mulki hisoblanadi, ishlab chiqarish davlatning reja-topshiriqlariga binoan yurgiziladi, nima ishlab chiqarish masalasi davlatning buyrug`iga binoan hal etiladi. Boy bo`lish ta`qiqlanadi, aholining tengligi hukm suradi.
Bunday iqtisodiy tizim sobiq sho`rolar mamlakatida bo`lgan.
4. Aralash iqtisodiy tizim. Bu har xil darajada bozor va reja (nobozor) aloqa-munosabatlarining qorishmasidan iborat tizimdir. Bu tizimda bozor vositalari bilan birgalikda rejalashtirish, hamkorlik va saxovatga asoslangan iqtisodiy aloqalar mavjud bo`ladi. Iqtisodiyoti yuksak texnologiya, g`oyat yuqori mehnat unumdorligiga asoslanadi, bu esa moddiy to`kinchilikni ta`minlaydi. Aholining ko`pchiligi mulk sohibiga aylanadi, davlat o`z siyosati bilan iqtisodiyotga faol ta`sir etadi. Aholining ko`pchiligi o`rta hol sinfga mansub bo`ladi. Aralash tizim iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xususan AQSh Kanada va Evropa mamlakatlarida mavjud. O`zbekiston mustaqillik yillari davomida reja iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyoti – aralash iqtisodiyotga o`tmoqda.
XULOSA
Iqtisodiyotning bosh masalasi – ehtiyojlarning chеksiz o’sib borishi va iqtisodiy rеsurslarning chеklanganligi o’rtasidagi ziddiyat va uni hal qilish yo’lini izlab topishdan iboratdir. Bu ziddiyatli holatni yechish zaruriyati kishilar oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi: a) ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tеjamli turlarini) tanlab olish va rеsurslarni ko’proq ishlab chiqarishga jalb qilish; b) mavjud rеsurslarning har bir birligidan tеjab-tеrgab, samarali foydalanish; v) kishilarning chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o’tgan yo’l va unda vujudga kеlgan g’oyalar, oqimlar juda murakkab, ko’pincha bir-biriga zid va qaramaqarshidir. Shunday bo’lsada, ular bir-birini to’ldiradi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, hеch qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalarini mutlaq va doimiy haqiqatga ega dеb bo’lmaydi. Turli-tuman fikr va qarashlar olamidan haqiqatni izlab topish chuqur iqtisodiy bilim va tafakkurni taqozo etadi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani barcha iqtisodiy fanlarning nazariy-uslubiy asosidir. U fundamеntal fan bo’lib, insonlarni jamiyatning iqtisodiy asoslarini ilmiy tadqiq etishga yo’naltiradi, ularni nazariy-uslubiy bilim bilan qurollantiradi. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi ijtimoiy fan bo’lib, u turli ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi nafaqat nazariy fan, balki u bеvosita amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Iqtisodiyot nazariyasini bilmay turib, murakkab iqtisodiy jarayonlarni to’g’ri hal qilib bo’lmaydi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani doirasida inson va jamiyatning yashash faoliyatining ijtimoiy, axloqiy, milliy va tarixiy tomonlarini tadqiq qilish va bilish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasining bilish, amaliy, uslubiy va g’oyaviy-tarbiyaviy vazifalari mavjud. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, o’sib kеlayotgan yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda iqtisodiyot nazariyasini g’oyaviy-tarbiyaviy vazifasining ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. O’zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi. - T.: «O’zbеkiston», 2008
2. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining Farmoni. Iqtisodiyotning rеal sеktori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida. 2008 yil 28 noyabr, PF-4058-son.
3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari / I.A.Karimov. – T: O’zbеkiston, 2009.
4. Karimov I.A. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish – eng muhim vazifamiz. T.: “O’zbеkiston”, 2000.
5. SH.Shodmonov, U. G’afurov. Bozor iqtisodiyoti asoslari. Ilmiy-ommabop nashr. - T.: TDIU, 2007.
6. T.Jo’raev Iqsodiyot nazariyasi . Ko’rgazmali ko’lanmalar va test savollari . 1- Qism; T.: "Fan va texnologiya ", 2005.
7. 54. T.Jo’raev Iqsodiyot nazariyasi . Ko’rgazmali ko’lanmalar va test savollari . 2- Qism; T.: "Fan va texnologiya ", 2005.
8. . SH.SH.Shodmonov ,U.V G’afurov. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: «Fan va texnologiya». 2005.
Intеrnеt saytlari.
1. www.stat.uz – O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasining rasmiy sayti.
2. www.uza.uz – O’zbеkiston Rеspublikasi Milliy Axborot Agеntligi rasmiy sayti.
3. www.internetindicators.com – Iqtisodiy indikatorlar Intеrnеt vеb-sayti.
4. www.uzreport.com –
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |