Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti-fayllar.org
3.Iqtisodiy qonunlar va uning turlari Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.Iqtisodiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) kishilar tomonidan o’ylab to’ilmagan balki, real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo’lib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, ka’ital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bo’g’inlari, sohalari, bo’laklari orasidagi bog’liqlikni, ularning biri o’zgarsa, albatta ikkinchisi ham o’zgarishi mumkinligini ko’rsatadi. Iqtisodiy kategoriya - ilmiy tushunchalar esa, iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx o’rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
Shuning uchun, har bir iqtisodiy qonun atrofida ikki yoki bir nechta ilmiy tushunchalar bo’lishi mumkinki, ularni bilmasdan turib iqtisodiy qonunning mazmuniga tushunish va uning tabiatini bilish qiyindir. Masalan, biz yuqorida aytganimizdek, talab qonuni mohiyatini bilib olishimiz uchun narx va talab tushunchalari mazmunini bilishimiz zarur bo’lsa, qiymat qonunini tushunish uchun tovar, ‘ul, qiymat, narx, mehnat, kabi tushunchalarning mazmuni bilan tanish bo’lishimiz lozim.
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, ular bir-birini to’ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.Iqtisodiyot nazariyasi kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga mansub bo`lmasin, yaxlitlikda olib qaraydi, qonunlarni bir tizimda o`zaro ta'sir ostida amal qilishini hisobga oladi. Kategoriya va qonunlar tizimi – iqtisodiyotga xos bo`lgan barcha, birbirini taqozo etuvchi qonunlar va kategoriyalar majmuasidir.Iqtisodiyot nazariyasining tahlil uslublari Iqtisodiyot nazariyasi hodisalarni bilishga bag`ishlangan umumfalsafiy usullarni qo`llaydi. Eng avval iqtisodiyotni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma'lumotlar (faktlar) jamlanib baholanadi. Jamlangan ma'lumotlarga bir qator umumiy tarzda baho beriladi. Natijada dastlabki sinab ko`rilmagan xulosagipoteza olg`a suriladi. Faktlarni tartiblab xulosaga kelishda abstraktsiyalash usuli asosiy usul bo`lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasi tabiiytexnikaviy fan emaski, u o`z gipotezalarini tajribalar yoxud laboratoriya tahlili orqali tekshirib ko`rsa. U ijtimoiy fan, u iqtisodiyotdagi g`oyat ko`p qirrali, chirmashib ketgan aloqabog`lanishlarga duch keladi. Abstraktsiyalash-bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.Iqtisodiyot nazariyasi predmetini o`rganishdagi uchinchi bosqich nazariyani iqtisodiy siyosat bilan bog`lashdir. Nazariya iqtisodiyotga qanday tendentsiyalar xos bo`lishi, uning qanday omillari ta'sirida rivojlanishi, unda qanday o`zgarishlar bo`lishini bashorat eta oladi. Shu sababli nazariya – iqtisodiy siyosatning ilmiy asosi deb aytish mumkin. Siyosat deganda nafaqat davlatning umummilliy, umumjamiyat miqyosidagi siyosatni, balki ayrim korxona, firmaning Seminaroti dasturini, uning qanday xattiharakatga qo`l urishini ham tushunmoq zarur.Nazariyada induktiv va deduktiv usullar ishlatiladi. Induktiv usul deganda empirik bilimdan abstraktsiyaga o`tib, nazariy xulosalar chiqarish, so`ngra ulardan iqtisodiy siyosatga o`tishni tushunish kerak. Deduktiv usuli qo`llanganda nazariyadan iqtisodiy faktlar tahliliga o`tiladi. Bunda olg`a surilgan xulosa qaytadan faktlar asosida tekshirib ko`riladi. Har ikkala usul birbirini to`ldiradi.Nazariy xulosalar ikki - makro va mikro darajadagi iqtisodiy tahlildan kelib chiqadi. Iqtisodiyot o`rganilganda miqdor va sifat tahlili qo`llanadi. Iqtisodiyot nazariyasida qonuniyatlarni bayon etish uchun egri chiziq chizmalari, statistik jadvallar qo`llanadi. Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1.Umumiqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, unumdorlikning o‘sib borishi qonuni va boshqalar;
Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni va taklif qonuni, tovar-pul munosabatlari mavjud bo‘lgan davrlarda mavjud bo‘ladi.
Maxsus o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, sof kapitalizm sharoitidagi qo‘shimcha qiymat qonuni.