Talaba ______________da o‘quv tanushuv amaliyotini o‘tayotganida kundalik yuritiladi, bunda kundalikka bajarilgan ishlar ketma-ketligi, sanasi va soati yozilib boriladi.
Tashkilotdan biriktirilgan ishni boshqaradigan rahbar kundalikka amaliyotchi talaba tomonidan bajarilib yozilgan ishlarni tasdiqlaydi. Filialdan tayinlangan amaliyot rahbari kundalikka yozilgan ishning to‘g‘riligini tekshradi va to‘g‘ri yozish uchun yo‘llanma beradi, amaliyot davrida qilingan ishlari filialdan tayinlangan amaliyot rahbari tomonidan baholab boriladi.
O‘quv tanushuv amaliyoti tugagach, talaba kundalikni filialdan tayinlangan amaliyot rahbariga bajarilgan ishlari hisoboti bilan birgalikda, barcha to‘ldirishi kerak bo‘lgan joylarini to‘ldirgan holda topshiradi.
Kundalik amaliyot himoyasi davrida filial tomonidan maxsus tashkil etilgan komissiyaga taqdim etiladi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabalarining o‘quv-tanushuv amaliyotlari davrida bajarishi zarur bo‘lgan vazifalari to‘g‘risida
ESLATMA
O‘quv-tanushuv amaliyoti boshlanishidan oldin amaliyot rahbaridan amaliyot o‘tadigan tashkilot haqida to‘liq ma‘lumot olish.
Amaliyot davrida amaliyot bazalaridagi tartib-intizom va texnika qoidalariga rioya qilish.
Amaliyot muddati tugagandan so‘ng uning yakuni bo‘yicha barcha hisobot hujjatlarini rasmiylashtirish, hamda belgilangan muddat va qat’iy talab darajasida filialdan amaliyot rahbariga taqdim etish.
Amaliyotchi talaba dasturda ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha bir kunda 6 soat amaliyot o‘taydi.