Reja Kriptografik xesh funksiyalar haqida dastlabki ma’lumotlar
2. Standart sifatida foydalanilayotgan xesh funksiyalar va ularning algoritmlari Barcha talablarni qondiruvchi xesh-funksiyalarni ishlab chiqish murakkab vazifa. Bunday talablarga algoritmlar guruhidan bo‘lgan MD va SHA xesh funksiyalar javob beradi.
MD guruhi algoritmlari Ronom Rivest tomonidan ishlab chiqilgan. Nomi “Xabar Dayjesti” ma’nosini bildiradi. Xavfsiz xeshlash algoritmi (SHA – Secure Hash Algorithm) – NIST tomonidan ishlab chiqilgan AQShda axborotni qayta ishlash federal standarti sifatida qabul qilingan. SHA Merkel – Damgard sxemasiga asoslangan.
SHA-1 xesh funksiyasi algoritmi.
Kafolatlangan bardoshlilikka ega bo‘lgan xeshlash algoritmi SHA (Secure Hash Algorithm) AQShning standartlar va texnologiyalar Milliy instituti (NIST) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 1992-yilda axborotni qayta ishlash federal standarti (PUB FIPS 180) ko‘rinishida nashr qilindi. 1995-yilda bu standart qaytadan ko‘rib chiqildi va SHA-1 deb nomlandi (PUB FIPS 180-1). SHA algoritmi MD4 algoritmining tuzilishiga juda yaqin. Bu algoritm DSS standarti asosidagi elektron raqamli imzo algoritmlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan.
MD5 xesh funksiyasi algoritmi
MD5 xesh funksiyasi algoritmi Massachusets texnologiya instituti professori Ronald Rivest tomonidan 1992-yilda ishlab chiqilgan. Bu algoritmda kiruvchi ma’lumot uzunligi ixtiyoriy bo‘lib, xesh qiymat uzunligi 128 bit bo‘ladi. MD5 xesh funksiyasi algoritmida kiruvchi ma’lumot 512 bitlik bloklarga ajratilib, ular 16 va 32 bitlik qism bloklarga ajratiladi va bular ustida amallar bajariladi.
ГОСТ Р 34.11-94 xesh funksiyasi algoritmi
Rossiyaning GOST R 34.11-94 xesh funksiya standarti axborotni kriptografik usulda muhofaza qilish uchun, xususan ГОСТ Р 34.10-94 va ГОСТ Р 34.10-2001 elektron raqamli imzo algoritmlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan. Xesh funksiyaning qiymatini hisoblash jarayonida GOST 28147-89 shifrlash standartidan foydalaniladi.
ГОСТ Р 34.11-94 xesh funksiya standartida chiqish uzunligi belgilangan qadamli xeshlash funksiyasidan foydalanuvchi ketma-ketlik xeshlash usulidan foydalaniladi. Xesh funksiya argumentining uzunligi 256 bit bo‘lgan funksiya bo‘lib, xesh qiymat uzunligi 256 bit bo‘ladi. Xeshlanadigan ma’lumot uzunligi ixtiyoriy bo‘lib, ma’lumot uzunligi 256 bit bo‘lgan bloklarga ajratiladi. Oxirgi blok uzunligi 256 bitdan kichik bo‘lsa, 256 bitgacha nol bilan to‘ldiriladi. Undan tashqari, bu bloklarning oxiriga ma’lumot uzunligining kodini bildiruvchi va nazorat yig‘indisini bildiruvchi yana ikkita 256 bitlik bloklar qo‘shiladi.
O‘z DSt 1106:2006 xesh funksiyasi
O‘zbekiston Respublikasining O‘z DSt 1106:2006 xesh funksiyasi 2006-yilda bir yil sinov muddati bilan qabul qilingan kalitli xesh funksiya bo‘lib, unda kalit uzunligi 128 bit yoki 256 bit bo‘lishi nazarda tutilgan. Chiquvchi xesh qiymat uzunligi ham mos ravishda 128 bit yoki 256 bit bo‘ladi. Ushbu standart ixtiyoriy uzunlikdagi matn uchun xesh funksiyani hisoblash algoritmi va ketma-ketligini aniqlab, axborotlarni kriptografik usullar asosida qayta ishlash va himoyalashda, shu bilan birga axborot-kommunikatsiya tizimlarida ma’lumotlarni uzatish, qayta ishlash va saqlashda, ERI jarayonini ta’minlashda qo‘llashga mo‘ljallangan.
Kalitsiz xesh funksiyalarning kriptografik xossalari