Reja Kriptografik xesh funksiyalar haqida dastlabki ma’lumotlar
Xesh funksiya deb, ixtiyoriy uzunlikdagi (bit yoki bayt birliklarida) ma’lumotni biror fiksirlangan (qayd qilingan) uzunlikdagi (bit yoki bayt birliklarida) qiymatga o‘tkazuvchi funksiyaga aytiladi. Xesh funksiyalar statistik tajribalarni o‘tkazishda, mantiqiy qurilmalarni tekshirishda, tez qidirib topish algoritmlarini tuzishda va ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning to‘laligini tekshirishda qo‘llaniladi. Masalan, har xil uzunlikdagi ma’lumotlarning katta ro‘yxatidan kerakli ma’lumotni tez qidirib topishda bu ma’lumotlarni bir-biri bilan taqqoslashdan ko‘ra, ularning nazorat yig‘indisi vazifasini bajaruvchi xesh qiymatlarini solishtirish qulayroqdir.
Kriptografiyada xesh funksiyalar quyidagi masalalarni hal etish uchun qo‘llaniladi:
Birinchi talab xesh qiymat berilganda unga mos bo‘lgan ma’lumotni tanlashning murakkab bo‘lishini bildiradi. Ikkinchi talab ma’lumot va uning xesh qiymati berilganda, xesh qiymati shunga teng bo‘ladigan boshqa ma’lumotni tanlash murakkab bo‘lishini bildiradi.
Kalitsiz xesh funksiyalar xatolarni aniqlash kodlari(Modification detection code (MDC) yokimanipulation detection code, message integrity code (MIC)) deb ham yuritiladi. Kalitsiz xesh funksiya – qo‘shimcha vositalar (shifrlash yoki raqamli imzo) yordamida ma’lumotning to‘laligini kafolatlaydi. Bu xesh funksiyalar bir-biriga ishonmaydigan foydalanuvchilar tizimlarida ishlatiladi.
Odatda kalitsiz xesh funksiyalardan quyidagi xossalarni qanoatlantirishi talab etiladi: