218
materiallari narxlarining oshishi uy-joy va ishlab chiqarish binolari taklifini
qisqartiradi.
2.
Ishlab chiqarish texnologiyasi.
Texnologiyalarning
takomillashuvi
mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Resurslarning
mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko‘payadi. Masalan,
paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi
paxta tolasining miqdori va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.
3.
Soliqlar va subsidiyalar darajasi.
Soliqlarning
aksariyat turlari ishlab
chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab
chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga
boj to‘lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha,
davlat qandaydir
tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya (subsidiya – davlat tomonidan
aholi yoki korxonalarga o‘z zararlarini qoplash
yoki boshqa maqsadlar uchun
qaytarilmaslik sharti bilan beriluvchi mablag‘) bersa, bu amalda xarajatlarni
kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: