5
va texnologiyalarni, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab, mehnat unumdorligini oshirish
yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi.
“Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi”
1
.
Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga
ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni
bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunib, amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining
roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini
shakllantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini chuqurlashtirish va kengaytirish,
iqtisodiy bilimlarini, madaniyatini oshirish kabi muhim amaliy vazifalarni bajarish
orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani mamlakatimizda yashayotgan hamma
kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot
taraqqiyotiga bog‘liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy
mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri
taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham
o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning
intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi.
Doimiy o‘zgarib turuvchi ichki va tashqi iqtisodiy muhit va uning insonlar,
korxonalar, mamlakatlar va butun dunyoga kuchayib boruvchi ta’sirini kuzatib,
amalga oshirilishi zarur bo‘lgan xatti-harakatlar va iqtisodiy faoliyat jarayonlarini
oldindan sezish va ko‘ra bilish, qisqacha qilib aytganda,
Dostları ilə paylaş: