13
Buning ustiga barcha resurslarimiz – tabiiy boyliklar, malakali ishchi
kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul mablag‘lari va boshqa
resurslarning barchasi cheklangan miqdordadir. Hattoki, ishlab chiqarishning
bugungi darajasida insoniyat ixtiyoridagi turli tabiiy boyliklarning taxminan
qancha vaqtga etishini oldindan bashorat qilish mumkin. Jumladan, insoniyat 2500
yilga kelib, barcha metall zahiralarini sarflab bo‘lishi bashorat qilinib, bunda temir
rudasi 250 yilga, alyuminiy 570, mis 29, rux 23, qalayi 35, qo‘rg‘oshin 19 yilga
etishi taxmin qilinmoqda. Amalda hozir yashayotgan avlod ham ishlab chiqarishda
qo‘rg‘oshin, qalayi, rux, oltin, kumush, platina, nikell, volfram, misdan
foydalanish muammosiga duch kelmoqda. Yaqin yuz yil ichida ishlab chiqarishni
energoresurslar: neft, gaz, ko‘mir bilan ta’minlash muammosi ham alohida
muammo bo‘lib qolishi ehtimoldan xoli emas
1
.
Dostları ilə paylaş: