12
bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo‘lgan narsaga o‘xshab
ko‘rinadi.
Masalan, bugun hammaga ma’lumki,
kishilar siyosat, san’at, adabiyot, fan,
ma’rifat, madaniyat, ta’lim olish bilan shug‘ullanishdan
oldin birlamchi hayotiy
ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishlari kerak. Shuning uchun har bir kishi,
o‘zining kundalik hayotida bir qator muammolarga, ya’ni kiyim-kechak, oziq-
ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish
kabi ehtiyojlarni qanday
qilib, nima hisobiga qondirish mumkin degan muammolarga duch keladi.
Shu muammolarni echish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar
turli yo‘nalishlarda, sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Demak, insonning turli
faoliyatlari
ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini
ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar
ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir.
Dostları ilə paylaş: