Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə343/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

II.
Oraliq kesma.
Y va Y
t
nuqtalar orasidagi mazkur kesma milliy ishlab 
chiqarish real hajmining ko‘payishi narx darajasining o‘sishi bilan birga borishini 
ko‘rsatadi. Bu ishlab chiqarishning to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaganidan, 
korxonalarning ancha eski va kam samarali uskunalardan foydalana 
boshlaganligidan guvohlik beradi. Ishlab chiqarish hajmining kengayib borishi 
bilan qo‘shimcha ishchi kuchi ham ishga jalb qilinadi. Shu barcha sabablarga ko‘ra 
mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlar ortadi, korxonalar ishlab chiqarishining 
rentabelli bo‘lishi uchun tovarlarga ancha yuqori narx belgilaydi. Shu sababli 


448 
oraliq kesmada milliy mahsulot real hajmining ko‘payishi narxlarning o‘sishi bilan 
birga boradi. 
III.
Tik kesma
. U ba’zida «klassik» kesma deb ham atalib, iqtisodiyot 
o‘zining to‘liq yoki tabiiy darajasiga erishganligini ko‘rsatadi. Bunda iqtisodiyot 
ishlab chiqarish imkoniyatining shunday nuqtasida (rasmdagi Y
t
nuqta) 
joylashadiki, bunda qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini yanada 
kengaytirishga erishish mumkin emas. Iqtisodiyot to‘liq quvvat bilan ishlay 
boshlaganligi sababli narxning to‘xtovsiz oshib borishi ham ishlab chiqarish real 
hajmining ko‘payishiga olib kelmaydi. Qisqacha aytganda, bu kesma milliy ishlab 
chiqarish hajmi doimiy bo‘lib qolishi, narx darajasi esa o‘zgarishi mumkinligini 
ko‘rsatadi.
Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar.
Yalpi taklifga narxdan tashqari 
bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi 
yalpi taklifning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Yalpi taklifning narxdan tashqari bu 
omillari bitta umumiy xususiyatga ega: agar ular o‘zgarsa, mahsulot birligiga to‘g‘ri 
keluvchi ishlab chiqarish xarajatlari ham o‘zgaradi. Natijada yalpi taklif egri chizig‘i 
joyini o‘zgartiradi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin