2
Sh. Shodmonov.
Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – T.: «______________»
nashriyoti, 2020. 788 bet.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani bo‘yicha tayyorlangan mazkur darslik 2002 yilda chop
etilgan o‘quv qo‘llanma va 2005, 2010, 2017 yillarda chop etilgan darslikning qayta
ishlangan va to‘ldirilgan nashri hisoblanadi. Ushbu darslikni tayyorlashda O‘zbekiston
Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va oliy
o‘quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash yangi davlat andozasi talablari hisobga olingan.
Undagi mavzular mazmunini yoritishda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti asarlari,
ma’ruzalari, mamlakatimizda qabul qilingan qonunlar, ayniqsa
keyingi vaqtlarda qabul
qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlardan keng foydalanilgan. Mamlakatimizda
va xorijda nashr etilgan qator darslik va o‘quv qo‘llanmalarning qisqacha tahlili berilgan,
ulardagi ijobiy tomonlardan foydalanilgan va ba’zi bir munozarali jihatlar esa tanqidiy
ravishda o‘rganilib, mualliflarning shaxsiy yondashuvlari bayon etilgan.
Darslik bir-biri bilan mantiqan bog‘langan to‘rt qismdan iborat bo‘lib,
ularda
iqtisodiyotning umumiy asoslari,
bozor iqtisodiyoti, makroiqtisodiyot va jahon
xo‘jaligiga oid mavzular o‘rin olgan. Ayniqsa, hozirgi
zamon rivojlangan bozor
iqtisodiyotining qonun-qoidalariga, moliya, kredit, bank va
pul tizimining roliga katta
e’tibor berilgan.
Ushbu darslikni tayyorlashda “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonida
xarajatlar
miqdorini kamaytirish, tarkibini takomillashtirishning fundamental (nazariy)
asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi OT-F1-155 – raqamli fundamental loyiha bo‘yicha
olib borilayotgan tadqiqot natijalaridan foydalanilgan. Darslikning 20-bobini
tayyorlashda TDIU dotsеnti B.E.Mamaraximovning iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)
dissеrtatsiyasi ishi tadqiqot natijalaridan foydalanildi.
Darslik bakalavriatning barcha ta’lim yo‘nalishlaridagi talabalar uchun
mo‘ljallangan.
Taqrizchilar: akad. S. G‘ulomov
prof. D. Rasulova
dots. B. Xajiyev