Iste’mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning
ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni
. Iste’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi
fazasi bo‘lib, bu jarayon orqali jamiyat a’zolarining turli-tuman ehtiyojlari
qondiriladi. Iste’mol ikki turda bo‘ladi: ishlab chiqarish (unumli) iste’moli va
shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi
kuchidan foydalanish
unumli iste’mol
deyiladi. Nonvoy ishlatgan un, ko‘mir yoki
16
tabiiy gaz, o‘simlik moyi – bularning barchasi unumli iste’mol hisoblanadi.
Chunki, bularning barchasi mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Iste’mol buyumlarining ehtiyojlarni qondirish maqsadida o‘z ahamiyati bo‘yicha
pirovard ravishda ishlatilishi
shaxsiy iste’mol
deyiladi. Nonvoy tayyorlagan
nonning odamlar tomonidan sotib olinib, iste’mol qilinishi shaxsiy iste’molni
anglatadi. Mahsulot va xizmatlar shaxsiy iste’molidan so‘ng, ular o‘rniga yana
yangisini ishlab chiqarish zarurati paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to‘xtovsiz
takrorlanib turadigan jarayondir (1.1-rasm):
1.1-rasm
Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish fazalaridagi
harakati
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – ehtiyojlarning cheksizligi va
iqtisodiy resurslarning cheklanganligi hamda ular o‘rtasidagi ziddiyatning hal
qilinishidir.
Bu masalani to‘g‘ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyojning
mohiyatini, uning turlarini bilish zarur.
Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi
uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zarurati iqtisodiyot
nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi.
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy
ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar
kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun turli ne’matlar
hamda xizmatlarga zaruratdan iborat bo‘ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-
iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi.
Taqsimot jarayoni
Ishlab chiqarish jarayoni
Istе'mol jarayoni
Ayirboshlash jarayoni
|