marksizm deb nomlangan nazariy yo‘nalish o‘zlarining
nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga
kelish, rivojlanish va boshqasi bilan almashish sabablari to‘g‘risidagi ta’limotni
hamda qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar.
Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xo‘jalik yuritishning
bozor tizimi to‘g‘risidagi
marjinalizm deb atalgan yangi bir ta’limotni yaratdi. U
inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, so‘nggi qo‘shilgan degan ma’noni beradi. Uning
asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandalari (K.Menger, F.Vizer,
Bem-Baverk va b.) bo‘lib, ular tomonidan qo‘shilgan tovar nafliligining,
qo‘shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan
nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo‘lgan
talab va uning narxi o‘rtasidagi bog‘liqlik va o‘zaro ta’sirini tahlil qilishda keng
qo‘llanildi.
Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo‘nalishi
neoklassik , ya’ni yangi klassik
deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan biri A.Marshall bo‘lib, u
iqtisodiy jarayonning funksional bog‘lanishi va funksional nisbatlarini ishlab
chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va
taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyandalaridan biri
shveysariyalik iqtisodchi Leon Valras bo‘lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat
modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi Y.Shumpeter «Iqtisodiy
taraqqiyot nazariyasi» (1912) nomli kitobida iqtisodiy tizimlar o‘zgarishining ichki
kuchlarini, ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi kuchini ko‘rsatishga
harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik
degan xulosaga keldi.
Iqtisodiyot nazariyasining hozirgi zamon yo‘nalishlaridan biri