Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

merkantilizm
deb atalgan. Bu oqim 
tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik 
savdoda, asosan, tashqi savdoda – muomala jarayonida paydo bo‘ladi, ko‘payadi, 
savdoda band bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir
deb tushuntirib keldilar. Keyinchalik, iqtisodiy bilimlar rivojlanib, takomillashib 
borgan sari, ayirboshlash, ya’ni bevosita savdo jarayonida mahsulot yaratilmasligi, 
faqat ishlab chiqarish va u bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarda (tashish, qadoqlash, 
saralash, saqlash) maxsulotning va binobarin qiymatning ko‘payishi ma’lum 
1
A.Razzoqov, Sh.Toshmatov, N.O‘rmonov. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. T.: «Moliya». 2002, 89-90-bеt. 


24 
bo‘ldi. Ayirboshlashning ekvivalentlik tartibi, ya’ni teng mehnatga teng boylik 
muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi
natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron bo‘lib boradi. Merkantilistlar iqtisodiyot 
nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar 
ishlab chiqishdan iborat deb ta’kidladilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy 
savdo balansiga erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy 
ishlab chiqarish va savdoni o‘z panohiga olishi zarur deb hisoblaydi.
Keyingi oqim 
fiziokratlar
deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli o‘laroq, 
boylik qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani olg‘a surdilar. 
Ularning vakili bo‘lgan F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini
 
(1758) yozdi va 
unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini 
ta’riflab berdi. Bu asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik ta’limotini ilgari 
surdi. Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv 
jarayonida teng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro‘y beradi, tovarlarning 
qiymati bozorga kirmasdan oldin mavjud bo‘ladi. F.Kenening ta’limotida sof 
mahsulot nazariyasi markaziy o‘rin egallaydi. Uning fikricha, yalpi ijtimoiy 
mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. 
F.Kene sof mahsulot bilan qo‘shimcha mahsulotni chalkashtirib, ikkalasini aynan 
bir narsa deb tushunadi. U qo‘shimcha qiymat dehqonlarning qo‘shimcha mehnati 
samarasi sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo‘shimcha 
qiymatni tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi, 
deb tushuntiradi
1
. Bu yerda u o‘zi bilmagan holda qiymat bilan naflilik(iste’mol 
qiymat)ning farqiga bora olmaganligini ifoda etadi. F.Kene ta’limotini A.Tyurgo, 
Dyupon de Nemur va boshqalar davom ettirdi. Fiziokratlarning ta’limoti bo‘yicha 
qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, 
boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin