Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Keyinchalik iqtisodiyot fanining  klassik maktabi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
Keyinchalik iqtisodiyot fanining 
klassik maktabi
namoyandalari bo‘lmish 
A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina savdoda 
yoki qishloq xo‘jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish 
1
A.Razzoqov, Sh.Toshmatov, N.O‘rmonov. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. T.: «Moliya». 2002, 147-149-bеt. 


25 
va boshqa xo‘jalik sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va 
“hamma 
boylikning onasi er, otasi mehnat”
, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni 
aytish kerakki, A.Smitning «ko‘rinmas qo‘l» prinsipi hozirgi kunda juda ko‘p tilga 
olinmoqda. U o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida 
tadqiqot» (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag‘bat xususiy 
manfaatdir deb ko‘rsatadi. Inson o‘z xususiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni 
foyda olishga intilib, mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat 
turini yaratadi, boshqalarga yetkazib beradi, o‘z kapitalini ko‘paytiradi va shu 
intilishda o‘zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadi deb 
tushuntiradi. U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa resurslarning erkin 
harakatini ta’minlash prinsipini ilgari suradi. Ushbu maktabning «klassik» deb 
nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari sabab bo‘ldi. 
Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o‘rganishga ilmiy yondashuv 
beradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvaffaqiyatli qo‘lladilar. Aynan 
ana shu usullar yordamida ular merkantilistlarning «boylikning manbai – savdo», 
fiziokratlarning “boylik faqat qishloq xo‘jaligida yaratiladi” degan g‘oyalarining 
to‘g‘ri emasligini, cheklanganligini isbotladilar. 
Ikkinchidan, iqtisodiyot to‘g‘risidagi barcha yig‘ilgan bilimlarni klassik 
maktab namoyandalari ma’lum bir ilmiy tizimga keltirdilar. Bu narsaga ular 
birinchi bo‘lib iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va 
iste’mol o‘rtasidagi tizimli aloqani tadqiq etgani sabab bo‘ldi. 
Uchinchidan, ingliz klassiklari iqtisodiy hodisalarning ko‘zga ko‘ringan 
tomonlarini tadqiq qilish bilan cheklanib qolmadilar. Ular ushbu hodisalarning 
mohiyatini, ular o‘rtasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniqladilar, shuningdek
kapitalistik iqtisodiyot qonunlarini ochdilar. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham muhim 
hissasi bor. U kapitalistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson 
baxti yo‘lida sotsial mexanizmni takomillashtirishga qaratilgan fan bo‘lmog‘i 
lozim deb ko‘rsatadi. Kapitalistik iqtisodiy tuzumni tanqid qilish bilan bir qatorda 
undan ko‘ra progressiv bo‘lgan jamiyat qurish g‘oyasi Sen-Simon, Sharl Fure


26 
Robert Ouen kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy 
mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar.
Ulardan keyin 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin