19
–
shifokor, ona – o‘qituvchi, ikki o‘g‘il – talaba, qiz – maktab o‘quvchisi.
Zokirovlar oilasi esa olti kishidan iborat: buva va buvi – nafaqada, ota – buxgalter,
ona – uy bekasi, qiz – talaba va o‘g‘il – maktab o‘quvchisi. Har ikkala oilaning
tarkibi va faoliyat turlari bir-biridan
farq qilganligi sababli, ularning oilaviy
ehtiyojlari ham o‘z tarkibi va darajasiga ko‘ra farqlanadi. Xuddi shuningdek,
mebel ishlab chiqaruvchi korxona mehnat jamoasi ehtiyoji
tarkibi va darajasi
jihatdan tikuvchilik fabrikasi mehnat jamoasinikidan boshqacha bo‘ladi.
Hududiy ehtiyoj – bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi
kishilarning birgalikdagi ehtiyoji.
Inson muayyan hududda istiqomat qilganligi
sababli, uning ba’zi bir ehtiyojlari mazkur hududda
istiqomat qiluvchi barcha
insonlarning umumiy ehtiyojlari sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, har bir
mahalla o‘zining guzari, unda joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish
shoxobchalari, bolalar bog‘chasi, dam olish joylari, istirohat bog‘lari
va boshqa
inshootlarga ehtiyoj sezadi.
Umumjamiyat ehtiyojlari – bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar
uchun umumiy bo‘lgan ehtiyoj.
Har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha
uchun umumiy bo‘lgan ne’matlarga ehtiyoj sezadilar. Masalan,
mamlakat
chegarasining daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligi, yurt
farovonligi,
ekologik toza muhit, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, huquq-tartibot
ishlarining yuqori darajada amalga oshirilishi va boshqalar.
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
v) tabiiy-geografik sharoitlar;
g) tarixiy-milliy an’analar
va urf-odatlar;
d) aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;
e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin
emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar mavjud
bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, keng reklamaning
20
ta’siri va savdoning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar o‘zgaradi va ko‘payib boradi.
Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni
uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va
korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va o‘sib
borishi tabiiy bo‘lib, uni o‘ziga xos qonun orqali ifodalash mumkin.
Dostları ilə paylaş: