15
Bizning misolimizdagi non mahsulotini ishlab chiqarish uchun ham ushbu
faoliyat sohasiga kerakli resurslar – traktorlar, omochlar,
seyalkalar, kombaynlar,
yuk mashinalari,
tegirmonlar va tandirlar; ularni ishga soluvchi traktorchi,
haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoylar – barchasi taqsimot jarayonidan o‘tadi.
Ular aynan mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv tufayli turli-tuman faoliyat va
jarayonlar bo‘yicha o‘z o‘rnilarini topadilar.
Shuningdek, tayyor bo‘lgan non
mahsulotini sotishdan olingan daromad ham turli kasb egalari – traktorchi,
haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoy o‘rtasida, mulk egalari o‘rtasida
taqsimlanadi. Ular mahsulotdagi o‘z ulushlarini ish haqi yoki foyda, foiz,
renta
ko‘rinishida oladilar.
Taqsimot qancha adolatli va to‘g‘ri bo‘lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga
shuncha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uni rag‘batlantiradi.
Ayirboshlash – jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab
chiqarish natijalari bo‘yicha ma’lum bir o‘lcham (masalan, qiymat miqdori)
asosida o‘zaro almashish jarayoni.
Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh
kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab
chiqarish va yetkazib
berishga ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini sotib,
o‘ziga kerakli bo‘lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Jumladan, bizning
misolimizdagi nonvoy ham o‘z mahsuloti – nonni sotib, tushgan puliga qassobdan
– go‘sht, dehqondan – sabzavotlar, do‘kondordan – kiyim-kechak va boshqa zarur
tovarlarni sotib oladi.
Natijada turli xil yo‘nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat
ko‘rsatuvchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash,
pul orqali oldi-sotdi
jarayoni sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: