Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning 
yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab 
chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan 
bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, 
iqtisodiy faoliyat deb ataladi. 
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y 
bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) 
asarlarida iqtisodiyot – uy xo‘jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. 
Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom 
diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Lekin, hozirgi 
davrda iqtisodiyot tushunchasi faqat uy, individual xo‘jalik yuritish yoki 
tejamkorlik ma’nosi bilan cheklanmaydi. Balki 
iqtisodiyot
– mulkchilikning turli 
shakllariga 
asoslangan 
xo‘jaliklardan, 
xo‘jaliklararo, 
davlatlararo 
birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, moliya va 
bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan 
iborat o‘ta murakkab iqtisodiy tizimni anglatadi.


13 
Buning ustiga barcha resurslarimiz – tabiiy boyliklar, malakali ishchi 
kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul mablag‘lari va boshqa 
resurslarning barchasi cheklangan miqdordadir. Hattoki, ishlab chiqarishning 
bugungi darajasida insoniyat ixtiyoridagi turli tabiiy boyliklarning taxminan 
qancha vaqtga etishini oldindan bashorat qilish mumkin. Jumladan, insoniyat 2500 
yilga kelib, barcha metall zahiralarini sarflab bo‘lishi bashorat qilinib, bunda temir 
rudasi 250 yilga, alyuminiy 570, mis 29, rux 23, qalayi 35, qo‘rg‘oshin 19 yilga 
etishi taxmin qilinmoqda. Amalda hozir yashayotgan avlod ham ishlab chiqarishda 
qo‘rg‘oshin, qalayi, rux, oltin, kumush, platina, nikell, volfram, misdan 
foydalanish muammosiga duch kelmoqda. Yaqin yuz yil ichida ishlab chiqarishni 
energoresurslar: neft, gaz, ko‘mir bilan ta’minlash muammosi ham alohida 
muammo bo‘lib qolishi ehtimoldan xoli emas
1


Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin