Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Guruhiy ehtiyoj – bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlashgan



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
Guruhiy ehtiyoj – bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlashgan 
kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. 
Bir oilaning ehtiyoji boshqa biridan, bir 
mehnat jamoasining ehtiyojlari boshqasidan o‘z tarkibi va darajasi jihatidan farq 
qiladi. Masalan, faraz qilaylik, Komilovlar oilasi besh kishidan iborat bo‘lsin. Ota 


19 
shifokor, ona – o‘qituvchi, ikki o‘g‘il – talaba, qiz – maktab o‘quvchisi. 
Zokirovlar oilasi esa olti kishidan iborat: buva va buvi – nafaqada, ota – buxgalter, 
ona – uy bekasi, qiz – talaba va o‘g‘il – maktab o‘quvchisi. Har ikkala oilaning 
tarkibi va faoliyat turlari bir-biridan farq qilganligi sababli, ularning oilaviy 
ehtiyojlari ham o‘z tarkibi va darajasiga ko‘ra farqlanadi. Xuddi shuningdek, 
mebel ishlab chiqaruvchi korxona mehnat jamoasi ehtiyoji tarkibi va darajasi 
jihatdan tikuvchilik fabrikasi mehnat jamoasinikidan boshqacha bo‘ladi.
Hududiy ehtiyoj – bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi 
kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. 
Inson muayyan hududda istiqomat qilganligi 
sababli, uning ba’zi bir ehtiyojlari mazkur hududda istiqomat qiluvchi barcha 
insonlarning umumiy ehtiyojlari sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, har bir 
mahalla o‘zining guzari, unda joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish 
shoxobchalari, bolalar bog‘chasi, dam olish joylari, istirohat bog‘lari va boshqa 
inshootlarga ehtiyoj sezadi. 
Umumjamiyat ehtiyojlari – bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar 
uchun umumiy bo‘lgan ehtiyoj. 
Har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha 
uchun umumiy bo‘lgan ne’matlarga ehtiyoj sezadilar. Masalan, mamlakat 
chegarasining daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligi, yurt 
farovonligi, ekologik toza muhit, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, huquq-tartibot 
ishlarining yuqori darajada amalga oshirilishi va boshqalar. 
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
v) tabiiy-geografik sharoitlar;
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar;
d) aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;
e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin 
emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar mavjud 
bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, keng reklamaning 


20 
ta’siri va savdoning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar o‘zgaradi va ko‘payib boradi. 
Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va 
korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va o‘sib 
borishi tabiiy bo‘lib, uni o‘ziga xos qonun orqali ifodalash mumkin. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin