Moddiy ehtiyojlar – bu moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar vositasida
qondiriluvchi zaruratdir.
Bular iste’mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy
predmetlarni (ishlab chiqarish va transport vositalari, oziq-ovqat, kiyim-kechak,
turar-joy va h.k.) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, turli bezaklar va
h.k.) o‘z ichiga oladi.
Ma’naviy ehtiyojlar – bu insonning shaxs sifatida kamol topishi,
dunyoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan
nomoddiy ne’mat va xizmatlarga bo‘lgan zaruratdir.
Ular kishilarning bilim va
dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo‘lish, turli
ma’naviy yo‘nalishdagi xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ehtiyojlardan iborat
bo‘ladi.
Ehtiyojlarni iste’mol qilish tavsifiga ko‘ra shaxsiy va ishlab chiqarish
ehtiyojlariga ajratish mumkin.
Shaxsiy ehtiyojlar – kishilarning pirovard iste’moli uchun mo‘ljallangan
mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan zarurat.
Masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak,
uy-ro‘zg‘or buyumlari, shaxsga ko‘rsatiladigan turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlarni
namoyon etadi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari – mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat
ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadida ishlatiluvchi turli iqtisodiy
resurslarga bo‘lgan zarurat.
Ishlab chiqarish ehtiyojlariga xomashyo (neft, paxta
va h.k.), materiallar (po‘lat, yog‘och, tola va h.k.), asbob-uskunalar, ish
mashinalari (yuk mashinasi, ekskavator, buldozer va h.k.), ishchi kuchi va
boshqalarni kiritish mumkin.
Shuningdek, ehtiyojlarni yakka tarzda va
birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar;
birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar; yakka, guruhiy, hududiy, umumjamiyat
ehtiyojlari kabi turlarga ajratish mumkin.
Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab
Dostları ilə paylaş: |