33
Bu qonun bozor iqtisodiyotining eng yuqori cho‘qqisi bo‘lgan “kapitalizm”
deb atalmish taraqqiyot bosqichining maxsus iqtisodiy qonunidir.
Aralash
iqtisodiyotga o‘tishi bilan bu qonun so‘na boshlaydi. Iqtisodiy qonunlarning
yuqorida sanab o‘tilgan guruhlarini bir-biridan farqlash uchun quyidagi shartli
rasmdan foydalanamiz (
1.3-rasm).
1
2 3
4 5 …
va hokazo
1.3-rasm
. Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi
Rasmdan ko‘rinadiki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bir necha bosqichlarni
bosib o‘tib, ular 1, 2, 3, … va h.k. tartibida belgilangan. Yuqorida
ta’kidlanganidek, maxsus iqtisodiy qonunlar bu bosqichlarning har biri uchun
alohida
tarzda amal qilib, ular mazmunan bir-biridan farqlanadi. Davriy iqtisodiy
qonunlar esa taraqqiyotining bir necha (bizning rasmda 3 ta) bosqichi uchun
tegishli bo‘ladi va ularda amal qiladi. Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati
taraqqiyotining barcha bosqichlarini qamrab olib, ularning hammasida amal qiladi.
Masalan, takror ishlab chiqarish qonuni, mehnat unumdorligining o‘sib borish
qonuni va hokazo.
Iqtisodiy qonunlarning har qaysisi o‘zicha amal qilmaydi, balki ular bir-birlari
bilan chambarchas bog‘liqlikda amal qiladi, ularning biri ikkinchisini taqozo etadi.
Shuning uchun ularni birgalikda iqtisodiy qonunlar tizimi deb yuritiladi. Iqtisodiy
qonunlar yoki ularning tizimi o‘zgarmas narsa emas, balki ular ma’lum bir tarixiy
sharoitda
vujudga keladi, rivojlanadi va ma’lum sharoitda yo‘q bo‘lib ketadi.
Masalan, qiymat qonuni, talab va taklif qonunlari, natural ishlab chiqarish davrida
amal qilmagan. Tovar ishlab chiqarish va pul orqali ayriboshlash rivojlangan
Dostları ilə paylaş: