1.5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari
Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predmetining
shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish uslubiyatining qaror topishi,
takomillashib borishi bilan ham bog‘liqdir.
Real iqtisodiy jarayonlarda ilmiy izlanish va tahlillarni amalga oshirish,
respublikamizning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidagi
35
sa’yi-harakatlari va ularning natijalarini baholash uchun ham iqtisodiyot
nazariyasining ilmiy tadqiqot usullari va uslubiyatidan xabardor bo‘lish, iqtisodiy
tafakkurlash imkoniyatlariga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-
qoidalari va aniq hadislaridir.
Bu obyektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi
va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy
tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy
bilish usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda
xususiy bo‘ladi.
Dialektik usul
qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladigan bu tamoyillarning ayrimlari quyidagilardir:
1) iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda,
o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir
jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o‘zgarib
turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo‘ladi;
2) iqtisodiy jarayonning har bir bo‘lagini alohida olib, uning o‘ziga xos
xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy
va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va
makonda o‘rganish;
3) iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha
rivojlanishda, deb qarash. Bu yerda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat
jihatidan o‘zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.
4) ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o‘zaro kurashiga
rivojlanishning manbai sifatida yondashish.
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va
pul mablag‘lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o‘zaro
chambarchas bog‘liq hamda ziddiyatda bo‘ladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi, ular
doimo sifat va miqdor jihatdan o‘zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy
shaklga ega bo‘ladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o‘rniga yangilari paydo
bo‘ladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qo‘llashning
36
qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga,
iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham mavjuddir, ulardan
eng muhimi ilmiy abstraksiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyati o‘zgarishini
o‘rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib bo‘lmaydi,
bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi.
Dostları ilə paylaş: |