Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli
. Iqtisodiyot nazariyasida 
tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini 
taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. 
Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan 
birga asosiy ichki zarur qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi. 
Masalan, biz pulning iqtisodiy tabiatini o‘rganishda uning tarixiy jihatlari, 
jumladan, qiymat shakllarining rivojlanishini ko‘rib chiqamiz. Bu esa, bizdan 
tarixga, tovar-pul munosabatlarining dastlabki kurtaklari paydo bo‘lgan jamiyatga 
nazar tashlab, o‘sha davrdagi iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilishni taqozo etadi. 
Biroq, bu holat o‘tmishdagi barcha iqtisodiy munosabatlarga emas, balki aynan 
pulning dastlabki asoslari bilan mantiqiy bog‘langan munosabatlargagina 
taalluqlidir.
Pulning kelib chiqish sabablari, shakllanish jarayonlari puxta o‘rganilgandan 
keyin mantiq va tafakkurlash kuchi ishga solinib, uning xozirgi davrdagi asl 
mazmuni, vazifalari xususiyatlari bilib olinadi. Shundagina pulning keng va 
chuqur mazmunga ega bo‘lgan obyektiv tarixiy kategoriya ekanligi ma’lum 
bo‘ladi. 
Foydalanilayotgan usullar ichida 
eksperiment
usuli ma’lum o‘rin egallaydi, 
iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning 
inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish paytida eksperiment alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish, ya’ni ilmiy tajriba, 
eksperiment o‘tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo‘nalishlarni 
ishlab chiqish talab etiladi. Iqtisodiyot sohasida o‘tkaziladigan eksperimentlarga 
erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish, muayyan iqtisodiy tadbirlarni alohida 
korxona yoki hududlarda sinovdan o‘tkazish kabilarni misol tariqasida keltirish 
mumkin. Jumladan, O‘zbekistonda zarar ko‘rib ishlovchi shirkat xo‘jaliklarini 
fermer 
xo‘jaliklarga 
aylantirish 
jarayoni 
dastlab 
Qoraqalpog‘iston 


39 
Respublikasining Ellikqal’a tumanida tajribadan o‘tkazilib, keyinchalik boshqa 
tuman va viloyatlarda bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini ham iqtisodiy 
eksperiment sifatida baholash mumkin.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin