Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish .
Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona,
firma va fermer xo‘jaliklarining ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy
subyektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan
tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, narx
tashkil topishining, ish haqi to‘lashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va
mexanizmlarini o‘rganish markaziy o‘rin tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makro darajada (mamlakat yoki jahon miqyosida) milliy
iqtisodiyotning to‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Milliy
mahsulot yalpi ichki mahsulot dinamikasi narxlar darajasining o‘zgarishi,
inflyatsiya, ishchi kuchining bandligi masalalari bu tahlil obyekti bo‘lib
hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o‘zaro bog‘langan va bir-biri
bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Induksiya va deduksiya bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro
bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir.
Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduksiya deb ataladi. Misol uchun, biz «A» korxonadagi
ishchilar ish haqining oshirilganligi, boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda, mehnat
unumdorligining oshishiga olib kelganligining guvohi bo‘ldik, deb faraz qilaylik.
Bundan, butun iqtisodiy tizim uchun tegishli bo‘lgan «ishchilar ish haqining
oshirilishi, boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda, mehnat unumdorligining
oshishiga olib keladi», degan umumiy xulosa chiqarishimiz induksiyadir.
Aksincha, bunday nazariy qoidani oldindan bilgan holda, uning turli tarmoqlar,
alohida korxonalardagi amal qilish holatini aniqlashimiz va baholashimiz
deduksiyani anglatadi.
Iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilishda