Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish

Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona, 
firma va fermer xo‘jaliklarining ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy 
subyektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan 
tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, narx 
tashkil topishining, ish haqi to‘lashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va 
mexanizmlarini o‘rganish markaziy o‘rin tutadi. 
Makroiqtisodiy tahlil makro darajada (mamlakat yoki jahon miqyosida) milliy 
iqtisodiyotning to‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Milliy 
mahsulot yalpi ichki mahsulot dinamikasi narxlar darajasining o‘zgarishi, 
inflyatsiya, ishchi kuchining bandligi masalalari bu tahlil obyekti bo‘lib 
hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o‘zaro bog‘langan va bir-biri 
bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. 
Induksiya va deduksiya
bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro 
bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. 
Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga 
qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga 
tomon harakati deduksiya deb ataladi.
Misol uchun, biz «A» korxonadagi 
ishchilar ish haqining oshirilganligi, boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda, mehnat 
unumdorligining oshishiga olib kelganligining guvohi bo‘ldik, deb faraz qilaylik. 
Bundan, butun iqtisodiy tizim uchun tegishli bo‘lgan «ishchilar ish haqining 
oshirilishi, boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda, mehnat unumdorligining 
oshishiga olib keladi», degan umumiy xulosa chiqarishimiz induksiyadir. 
Aksincha, bunday nazariy qoidani oldindan bilgan holda, uning turli tarmoqlar, 
alohida korxonalardagi amal qilish holatini aniqlashimiz va baholashimiz 
deduksiyani anglatadi.
Iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilishda

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin