Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli . Iqtisodiyot nazariyasida
tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini
taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi.
Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan
birga asosiy ichki zarur qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi.
Masalan, biz pulning iqtisodiy tabiatini o‘rganishda uning tarixiy jihatlari,
jumladan, qiymat shakllarining rivojlanishini ko‘rib chiqamiz. Bu esa, bizdan
tarixga, tovar-pul munosabatlarining dastlabki kurtaklari paydo bo‘lgan jamiyatga
nazar tashlab, o‘sha davrdagi iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilishni taqozo etadi.
Biroq, bu holat o‘tmishdagi barcha iqtisodiy munosabatlarga emas, balki aynan
pulning dastlabki asoslari bilan mantiqiy bog‘langan munosabatlargagina
taalluqlidir.
Pulning kelib chiqish sabablari, shakllanish jarayonlari puxta o‘rganilgandan
keyin mantiq va tafakkurlash kuchi ishga solinib, uning xozirgi davrdagi asl
mazmuni, vazifalari xususiyatlari bilib olinadi. Shundagina pulning keng va
chuqur mazmunga ega bo‘lgan obyektiv tarixiy kategoriya ekanligi ma’lum
bo‘ladi.
Foydalanilayotgan usullar ichida
eksperiment usuli ma’lum o‘rin egallaydi,
iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning
inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish paytida eksperiment alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish, ya’ni ilmiy tajriba,
eksperiment o‘tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo‘nalishlarni
ishlab chiqish talab etiladi. Iqtisodiyot sohasida o‘tkaziladigan eksperimentlarga
erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish, muayyan iqtisodiy tadbirlarni alohida
korxona yoki hududlarda sinovdan o‘tkazish kabilarni misol tariqasida keltirish
mumkin. Jumladan, O‘zbekistonda zarar ko‘rib ishlovchi shirkat xo‘jaliklarini
fermer
xo‘jaliklarga
aylantirish
jarayoni
dastlab
Qoraqalpog‘iston
39
Respublikasining Ellikqal’a tumanida tajribadan o‘tkazilib, keyinchalik boshqa
tuman va viloyatlarda bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini ham iqtisodiy
eksperiment sifatida baholash mumkin.